Mavzu: musobaqa davrlarida sportchilarni ruhiy tayyorgarligini oshirish


Mashg‘ulotlar jarayonida sportchilarni irodaviy sifatlarini tarbiyalashdagi


Download 51.88 Kb.
bet5/9
Sana02.04.2023
Hajmi51.88 Kb.
#1322021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUSOBAQA DAVRLARIDA SPORTCHILARNI RUHIY TAYYORGARLIGINI OSHIRISH

Mashg‘ulotlar jarayonida sportchilarni irodaviy sifatlarini tarbiyalashdagi xususiyatlari

Mashg‘ulotlar jarayonida sportchilarni irodaviy sifatlarini tarbiyalashda quyidagi xususiyatlarni alohida ko‘rsatib o‘tish lozim:


Sport mashg‘ulotlarida psixik jarayonlarni, sportchi shaxsining holatlari va xususiyatlarini takomillashtirish muammolari hal etiladi.
Sport mashg‘ulotlari yuqori darajadagi psixik zo‘riqish- larni boshdan kechirish va ularga moslashish bilan bog‘liqdir.
Sport mashg‘ulotlari sportchi tomonidan shu paytgacha o‘zi erishgan jismoniy va psixik rivojlanish darajasini izchil oshirib borilishi bilan bog‘liqdir. Bu jarayonda u o‘z-o‘zini еngib borishi lozim bo‘ladi, ayniqsa o‘zining tayyorgarlik darajasini oshirish borasida bu talablar yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi.
Sport mashg‘ulotlari sport faoliyati oldiga qo‘ygan vazifalarga muvofiq ravishda qat’iy intizomni va hayot tartibiga rioya etishni talab qiladi.
Sport mashg‘ulotlarining samaradorligi sportchining mashg‘ulotlar jarayonining turli tomonlariga munosabati va qo‘llanilayotgan motivatsiya tizimlarining mukammalligiga bog‘liqdir.
Sport mashg‘ulotlari maxsus muloqot sharoitlarida kechadi, ya’ni, murabbiy bilan muloqotlarda. Murabbiy oldidagi asosiy vazifalardan biri bu sportchida o‘z imkoniyatlarini oxirigacha ishlatish ishtiyoqini uyg‘otishdan iboratdir.

Mashg‘ulotlarda sportchining yoshi, jinsi va uning jismoniy sifatlariga mos bo‘lmagan yuklamalar natijasida ularda psixik zo‘riqishlarni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Hozirgi zamon mashg‘ulotlari sharoitida shu darajada yuqori jismoniy mashqlar o‘tkaziladiki, aksariyat hollarda sportchilar kuchli psixik irodaviy zo‘riqish holatiga tushib qoladilar. Aslini olganda sportdagi irodaviy psixik zo‘riqish – ijobiy omil, zero u sportchi organizmining barcha funksiyalar va tizimlari faollashganini ko‘rsatadi, yuqori samarali faoliyatni ta’minlaydi. Biroq bunda noxush omillar asosida (uzoq davom etadigan va yuqori darajadagi zo‘riqishlar, jismoniy mashqlar oldidagi qo‘rquv, tevarak-atrofidagilar bilan yomon munosabat, motivatsiyaning еtarli darajada asoslanmaganligi, o‘ziga ishonmaslik va hokazolar) psixik zo‘riqishlar, funksiyalar uyg‘unligini buzishi, sportchi tanasidagi kuch- quvvatning ortiqcha darajada va behuda sarflanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Irodaviy psixik zo‘riqishning u qadar kuchli bo‘lmagan darajasi hech qanday asorat qoldirmaydi va bir necha kundan so‘ng mutlaqo barham topadi.
Irodaviy zo‘riqishlarni uch bosqichga ajratish mumkin. Bular: asabiylik, jizzakilik, asteniklik.

Download 51.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling