Mavzu: Mustaqil davlatlar hamdo’stligi


Download 355.07 Kb.
bet3/3
Sana20.12.2022
Hajmi355.07 Kb.
#1035305
1   2   3
Bog'liq
Mavzu. MDH

O‘zbekiston tomoni MDH davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni O‘zbekistonning mavjud iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanish, shu jumladan, ta’minot va ishlab chiqarish mahsulotlari assortimentini diversifikatsiyasini kengaytirish asosida rivojlantirishdan manfaatdor. O‘zbekiston MDH davlatlari bilan transport va tranzit sohasida, shu jumladan, transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro imtiyoz va preferensiyalar berish, shuningdek, yangi o‘zaro manfaatli transport yo‘nalishlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishga katta ahamiyat beradi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq jahondagi murakkab vaziyatga qaramay O‘zbekiston raisligi davrida bir qator muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ular orasida Hukumat rahbarlari kengashi, iqtisodiy kengash, tashqi ishlar vazirlari kengashi, MDH davlatlari hududlarini o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar importi va tarqalishidan sanitariya muhofazasi muammolariga bag‘ishlangan Muvofiqlashtiruvchi kengash, ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalarda hamkorlik bo‘yicha davlatlararo kengash va boshqalarni alohida ta’kidlash lozim. Xususan, MDHni yanada rivojlantirish bo‘yicha yangilangan Konsepsiya, Hamdo‘stlikni 2030 yilgacha iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi, shuningdek, harbiy va chegara sohasidagi hamkorlik, innovatsiya, transport, madaniyat va sport, turizm va yoshlar hamkorligi sohasidagi 9 dasturiy hujjat qabul qilindi.


Download 355.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling