Yevropa Ittifoqining boshqaruv tuzilmasiga tavsif


Download 27.53 Kb.
bet1/4
Sana20.04.2023
Hajmi27.53 Kb.
#1367588
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishiga tayyorgarlik


Yevropa Ittifoqining boshqaruv tuzilmasiga tavsif
Yevropa Ittifoqini boshqarishda Yevropa Kengashi muhim ahamiyatga ega. Evropa kengashining a’zolari davlat, hukumat rahbarlari, Yevropa Komissiyasi raisidan tarkib topgan. Evropa kengashi yarim yilda bir marta o’tkazilib turiladigan sessiyaga yig’lib turadi. Ushbu sessiyalarda eng muhim ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi qarorlar qabul qilinadi.
YeIning Oliy qonun chiqaruvchi organi Yevropa parlamenti hisoblanadi. U 650ga yaqin deputatlardan tashkil topgan. Bu deputatlar umumiy saylovlarda 5 yil muddatga a’zo mamlakatlar aholisi soniga qarab saylanadi (eng ko’p deputat GFRdan saylanadi - 99 ta). Yevropa parlamenti o’zining umumiy majlislarini oyda bir marta bir hafta davomida Fransiyaning Strasburg shahrida o’tkazadi. Parlamentning muhim huquqi - YeI byudjetini tasdiqlashdir.Yevropa Ittifoqi kengashi a’zo davlatlarning hukumat vazirlaridan tashkil topgan. Bu tashkilotning qarorlari ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi, bu esa mamlakatlarga ma’lum bir kvotalar berishni talab qiladi. Masalan, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniya har biri 10 tadan, Avstriya va Shvetsiya 4 tadan, Daniya, Irlandiya va Fransiya 3 tadan, Lyuksemburg 2 ta ovozga ega. Vazirlar tarkibi majlis mavzusiga qarab o’zgarib turishi ham mumkin. Kengash o’z faoliyatida doimiy vakillar qo’mitasiga tayanadi. Bu qo’mita YeIda akkreditatsiyadan o’tgan 27 ta elchidan tashkil topgan.
Yevropa Ittifoqida Yevropa komissiyasi oliy ijrochi organ bo’lib, doimiy ravishda faoliyat yuritadi. Yirik davlatlar komissiyada ikkitadan, kichik davlatlar esa bittadan ovozga ega. Barcha qarorlar ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
YeI tuzilmasining ahamiyatga ega bo’lgan yana bir tashkiloti bo’lib Yevropa sudi hisoblanadi. Sud a’zo - davlatlarning umumiy roziligiga ko’ra olti yilga saylanuvchi sudya va prokurordan tarkib topgan. Sud ittifoqning a’zolari, YeIning alohida institutlari o’rtasidagi bahslarni hal etishda qatnashadi.
YeIning ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy qo’mitasi integratsion jarayonlarning YeIda rivojlanishida o’ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu qo’mita maslahat beruvchi organ bo’lib, u ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy faoliyatning turli sohalarining vakillaridan iborat bo’lgan 222 ta a’zosini birlashtirgan. Qo’mita tarkibida uchta guruh (ish beruvchilar, ishchilar va boshqa ijtimoiy qatlamlar – fermerlar, iste’molchilar va boshqalar) faoliyat ko’rsatadi. Bu tuzilma mavqei jihatidan yuqorida ko’rsatib o’tilgan organlarga tenglasha olmasada, YeI Kengashi va Yevropa komissiyasi ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy sohadagi qarorlar chiqarishidan oldin qo’mita bilan maslahatlashadi.
Yevropa Ittifoqining tashkiliy-institutsional tuzilmasida 1975 yilda YeIning barcha daromad va xarajatlarini tekshirish maqsadida tashkil etilgan auditorlar palatasi (Hisob palatasi), Valyuta ittifoqining yangi institutlari bo’lgan Markaziy banklarning Yevropa tizimi (MBYeT), Yevropa markaziy banki (YeMB), Iqtisodiy va moliyaviy kengash (IMK) kabilar ham muhim o’ringa ega.
Ittifoqi rivojlanishining eng asosiy muammolaridan biri bu tashkilotning bundan keyingi kengayishi deb qayd etish lozim. Yuqorida aytib o’tganimizdek, YeI tarkibiga kirmoqchi bo’lgan davlatlar soni yildan – yilga ortib bormoqda. Biroq, ushbu davlatlarning YeI tarkibiga kirishiga asosiy to’siq bo’lib turgan muammolardan biri milliy xo’jaliklarning nisbatan past darajada rivojlanganligi va bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonlarining to’liq yakunlanmaganligi bo’lsa, ikkinchidan, Yevropa parlamenti vakolatlarini kengaytirish va YeI Kengashi nufuzini asta-sekinlik bilan cheklash alomatlari kuzatilayotganligidir.
Kapital – bu qo‘shimcha qiymat olishda foydalaniladigan moddiy, intellektual va moliyaviy vositalar yig‘indisi.

• Subsidiya – davlat yoki boshqa biron-bir muassasa tomonidan boshqa davlat, muassasa, alohida shaxsga ko‘rsatiladigan moliyaviy yoki moddiy yordam.


• Restrukturizatsiya – bu qarz yoki kreditni to‘lash shartlarini qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish.
XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan kapital, tovarlar, xizmat ko‘rsatish va ishchi kuchining erkin harakatlanishi G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida rivojlanish va yashash darajasini bir-biriga yaqinlashtirdi.
• Ishchi kuchlarining rivojlangan mamlakatlarga mavsumiy yoki shartnoma asosida ishga borishi kam rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik muammosini hal qilishga ko‘maklashdi.
• Qoloq mintaqalarni rivojlantirish umumyevropa dasturlari ham bu mintaqalarning iqtisodiy o‘sishiga yordam berdi.
Integratsiyalashuv jarayonlari va ularning natijalari
• 1990-yillardan boshlab Yevropa integratsiyasining keyingi rivojlanishi ikki yo‘nalish bo‘yicha bordi.
• 1. Yangi a’zolarni ko’paytirdi 1996-yili a’zolar soni 15 taga yetdi.
• 2002-yili Kopengagenda (Daniya) bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yevroittifoqqa yangi a’zolar – Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya qabul qilindi.
• 2. Integratsiyaning chuqurlashuvida Yevropa mamlakatlarida o‘zaro siyosiy munosabatlar sohasini ham qamrab olish yo‘lidan bordi. Yevropa parlamentining maqomi oshdi, Yevroparlamentga to‘g‘ridan to‘g‘ri savloylar o’tkazildi.
Integratsiyalashuv jarayonlari va ularning natijalari
• 1987-yili Yevropa Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotini YIga aylantirish bilan u «ichki chegaralarsiz makon» bo‘lib qoldi.
• 1993-yili yagona Yevropa fuqaroligini ta’minlagan Maastrixt kelishuvlari kuchga kirdi.
Integratsiyalashuv jarayonlari va ularning natijalari
• 2002 yili Yevropada (Buyuk Britaniyadan tashqari) yagona valuta – yevro joriy qilindi.
• Yagona tashqi va mudofaa siyosati olib borilmoqda.
• Yevropa Ittifoqiga amalda konfederatsiya tipidagi yagona davlat tuzilmasi sifatida qarash mumkin bo‘ldi.
YIga kiruvchi bir qator davlatlar qarzining haddan oshib ketishi katta muammolarni keltirib chiqardi.
• 2015-yilgi saylovlarda Gretsiyada hokimiyatga kelgan A.Sipras boshchiligidagi so‘llar hukumati mamlakatning qarzini kreditorlar qo‘ygan shartlar bo‘yicha uza olmasligini e’lon qildi.
• Gretsiya hukumati qarzlarning bir qismidan voz kechishlarini talab qildi. Gretsiya qarzini restruk turizatsiya qilish to‘g‘risida Yevrokomiss iya kelishuvg a erishgan bo‘lsa-da, Yevropa markaz iy banki va Xalqaro valuta fondi bilan muzokaralar yana davom etdi.

Italiya va Ispaniyaning ham qarzlari juda katta miqdorni tashkil qiladi.


• Ayni paytda YIda iqtisodiy jihatdan yetakchilik qilayotgan Germaniya va Fransiyaning siyosiy bosimidan ham norozilik kuchayib bormoqda.
Buyuk Britaniyada 2016-yil iyunda o‘tkazilgan referendum bo‘lib, unda ishtirok etgan aholining yarmidan ko‘pi mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun ovoz berdi.
• 2016 yil sentabrda Bratislava shahrida bo‘lib o‘tgan YI rahbarlari yig‘ilishida ilk bor Buyuk Britaniya bosh vaziri qatnashmadi.
• GFR kansleri A. Merkel YI og‘ir inqirozda ekanligini tan oldi
2017-yil oktabr oyida Ispaniyaning Kataloniya avtonom viloyatida o‘tkazilgan referendum bo‘ldi.
• Kataloniya mustaqilligi e’lon qilindi.
• Madriddagi markaziy hokimiyat referendum natijalarini tan olmadi, Kataloniya hukumati a’zolarini qamoqqa oldi.
• «Sovuq urush» yakunlanib, kommunizm xavfi bartaraf qilingandan so‘ng AQSH bilan YI o‘rtasidagi munosabatlarda ham o‘zgarish yuz berdi.
• 1990-yili YI va AQSH o‘rtasida Deklaratsiya – Transatlantik xartiya imzolandi.
2007-yili YI va AQSH Transatlantik iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi va Transatlantik iqtisodiy kengash joriy qildi.
• 2000-yillar davomida tomonlar o‘rtasidagi aloqalarning turli xususiy jihatlarini tartibga solishga qaratildi.
AQSH va YI dunyoda eng yirik energiya iste’molchilari bo‘lib, ular atmosferaga eng ko‘p zaharli moddalarni chiqaradi.
• 2000-yillar boshlarida ikki tomon energetika samaradorligi, xavfsizlik va iqlim o‘zgarishi to‘g‘r isida bayonot, Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida BMTning Parij konvensiyasini imzoladi
YI va AQSH munosabatlari.
• AQSH bilan YI o‘rtasidagi munosabatlarda ma’lum kelishmovchiliklar mavjud. Bu kelishmovchiliklar ayniqsa xalqaro muammolarni hal etishdagi yondashuvlarning farqida keskin ko‘zga tashlanmoqda.
• AQSH xalqaro mojarolarni hal qilishda kuchga tayanish tarafdori, YI esa diplomatik imkoniyatlardan oxirigacha foydalanish lozim deb hisoblaydi.
• AQSH va YI o‘zaro siyosiy, harbiy-strategik va iqtisodiy hamkorlik manfaatlari orqali bir-biri bilan uzviy bog‘langan.

Davlat qarzi YaIMning 60 %dan yuqori bo’lmasligi;


- narxlarning yuqori darajadagi barqarorligiga erishish. Bu ko’rsatkich oxirigi 12 oy bo’yich inflyatsiya darajasi bilan o’lchanadi. Bundan tashqari u YeIning kamida 3 ta narxlari eng barqaror davlatlari bo’yicha olingan o’rtacha barqarorlik darajasidan 1,5%dan ko’pga farq qilmasligi lozim;
- a’zo mamlakatning YeI doirasida erishgan “yaqinlashish” dinamikasi. Bu ko’rsatkich uzoq muddatli foiz stavkalari darajasida o’z aksini topadi. O’z navbatida bu daraja esa oxirgi 12 oylik foiz stavkalari orqali aniqlanib, YeIning kamida 3 ta narxlari eng barqaror davlatlari bo’yicha olingan o’rtacha ko’rsatkichdan ko’pi bilan 2%ga farq qilishi mumkin;
- valyuta kursining tebranishi belgilangan chegaralardan baland bo’lmasligi va boshqalar.

Jahon xo’jaligida rivojlanishning zamonaviy tendensiya lari globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlarida namoyon bo’lmoqda. Xozirgi kunda dunyoda 20 dan ortiq integratsion birlashmalar faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ular jahonning barcha mamlakatlarini o’z ichiga qamrab olgan. Ushbu integratsion birlashmalar ichida Yevropa Ittifoqi eng katta yutuqlarga erishgan.O’tgan asrning 50-yillaridan so’ng ro’y bergan tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy voqealar G’arbiy Yevropada integratsion guruhlarning tarkib topishiga zamin yaratdi.


Yevropa Ittifoqini tashkil topishida 1951 yilning aprelida Ko’mir va po’lat bo’yicha Yevropa birlashmasini (KPYeB) ta’sis etish haqida Parij shartnomasi imzolanishi muhim bosqich bo’ldi. 1957 yilning martida Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatini (YeIH) tashkil etish to’g’risidagi Rim shartnomasining imzolandi.
YeIHga olti mamlakat – Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, GFR, Fransiya va Italiya a’zo bo’lib kirdi. 1969 yilda Gaaga shahrida (Niderlandiya) bo’lib o’tgan majlis YeI tarixida ikkinchi bosqich tugab, uchinchi bosqich boshlanganligidan dalolat beradi.
Yevropa Ittifoqini tashkil topishida 1986 yilda imzolangan yagona Yevropa Akti (YaYeA) ham muhim rol o’ynadi. Yevropa hamjamiyatiga a’zo 12 davlat rahbarlari tomonidan inson resurslari va ishlab chiqarish tovarlarining, kapital va axborot vositalarining erkin harakatlanishi uchun davlat chegaralarini 1993 yil 1 yanvardan ochish to’g’risidagi bitimi imzolandi.
1991 yilda Gollandiyaning Maastrixt shaxrida Yevropa kengashinig sessiyasida Yevropa Ittifoqini to’g’risida Maastrixt shartnomasining matni ma’qullandi va u 1992 yilning 7 fevralida a’zo mamlakatlar tomonidan imzolandi.
Bu shartnoma 1993 yilning 1 noyabridan kuchga kirdi va YeIH Yevropa Ittifoqi (YeI) degan nom oldi. Hozirgi kunda YeI o’z tarkibida 27 ta davlatni birlashtirgan. YeIga a’zo 27 ta davlatda jahon mamlakatlari aholisining 10-15 %i is’teqomat qiladi, ya’ni 470 mln. kishidan ortiq aholi, jahon savdosining esa 35-40%i to’g’ri keladi.
Yevropa Ittifoqi boshqaruv tuzilmasining asosiy institutlari bo’lib Yevropa kengashi, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa sudi hisoblanadi. Yevropa Ittifoqida yagona valyuta tizimining shakllanishi 1992 yilda imzolangan Maastrixt shartnomasida o’z aksini topdi. Valyuta ittifoqi tomon harakat uch bosqichda (1990-1993 yillar tayyorgarlik, 1994-1998 yillar tashkiliy ishlar, 1999-2002 yillar yakuniy) amalga oshirildi. 2002 yilning o’rtalariga kelib G’arbiy Yevropaning 12 ta davlati o’z milliy valyutalarini emissiya qilishni to’xtatdi.
YeIning zamonaviy bosqichi G’arbiy Yevropada iqtisodiy ittifoqni yaratishga qaratilgan bo’lib, u XX – XXI asrlar bo’sag’asiga to’g’ri kelgan edi.
Yevropa Ittifoqining integratsiyalashuv strategiyasini o’rganish va tahlil qilish boshqa integratsion birlashmalar (erkin bozor iqtisodiyotni barpo etishga xarakat qilayotgan mamlakatlar), shu jumladan O’zbekiston uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Yevropa Ittifoqi doirasida integratsion jarayonlar nafaqat chuqurlashib bormoqda, balki ayni bir vaqtda uning tarkibi ham tobora kengayib, rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiy integratsiya jarayonlarida jahon mamlakatlarining keng ishtirok etishi milliy xo’jaliklarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki ushbu jarayonlar a’zo-mamlakatlarning mintaqaviy hamkorligini hamda o’zaro savdo-iqtisodiy va investitsion munosabatlarining kengayishiga ko’maklashadi. Shu sababli, boshqa milliy davlatlar singari O’zbekistonda ham mintaqaviy integratsion jarayonlarda keng ishtirok etishga bo’lgan e’tibor kattadir. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda Yevropa Ittifoqi singari katta tajribaga ega bo’lgan integratsion guruhning rivojlanish xususiyatlarini va zamonaviy tendensiya larini o’rganish hamda uning ijobiy tomonlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 27.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling