Mavzu: Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar. Reja


Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimiga innovatsion yondashuv


Download 30.37 Kb.
bet2/6
Sana15.03.2023
Hajmi30.37 Kb.
#1272133
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqillik yillarida davlat b t a o isr tayyor

2.Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimiga innovatsion yondashuv.
Inson manfaatlarini taʼminlash, odamlar bilan muloqot qilish, xalqning dardu tashvishlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish va hal qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Mazkur tuzilmalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi, shuningdek, joylardagi muammolarni chuqur tahlil etish mexanizmi va davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi masʼuliyatini oshirish, ularning faoliyatini baholash mezoniga aylandi. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portali ishga tushirildi. Fuqarolarga Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga Elektron jamoaviy murojaat berish imkoniyati yaratildi. Murojaatlar bilan ishlash tizimining qonunchilik asoslarini yana-da mustahkamlash maqsadida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi dasturining qoʻshimcha qulayliklarga ega yangi versiyasi ishlab chiqildi.
Shu bilan bir qatorda, Hukumat aʼzoligiga nomzodning sohani rivojlantirish boʻyicha yaqin muddatga va istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilish tartibi joriy etildi; Hukumat aʼzosining oʻz harakat dasturi ijrosini amalga oshirishiga doir masalalar yuzasidan axboroti Oliy Majlis palatalari, ularning qoʻmitalarida muntazam eshitib borilishi amaliyoti yoʻlga qoʻyildi; viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilandi. Qonunchilik palatasida davlat boshqaruvi organlari mutasaddilarining axborotini eshitish boʻyicha “Hukumat soati”ni oʻtkazib borish anʼana tusini oldi. Quyi palatada davlat byudjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati masalalarida, shuningdek, davlat byudjeti ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlashda deputat va senatorlarga professional, mustaqil va xolis axborot tahliliy, ekspertlik xizmati koʻrsatish maqsadida Davlat byudjeti boshqarmasi tashkil etildi. Parlament va ijro hokimiyatining hamkorligi kuchaytirildi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy vakili lavozimi taʼsis etildi va uning huquqiy maqomi belgilandi.
“Onlayn maslahatchi” moduli yaratildi va jami 94 ta davlat tashkilot va idoralari mazkur modulda birlashtirildi. 24 ta davlat xizmatlari elektron shaklga oʻtkazilib, xizmatlar soni 157 taga yetkazildi. Jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil boʻyicha, yaʼni fuqarolarning yashash va yuridik shaxslarning pochta manzilidan qatʼi nazar, respublikaning har qanday hududida olish imkoniga ega boʻldilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5644-son Farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” PQ-4136-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 82-son qarori qabul qilindi.



Download 30.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling