Mavzu: Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar. Reja


Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga muvofiq


Download 30.37 Kb.
bet4/6
Sana15.03.2023
Hajmi30.37 Kb.
#1272133
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqillik yillarida davlat b t a o isr tayyor

Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga muvofiq:

  • Davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida masofaviy taʼlim texnologiyalarini oʻz ichiga olgan davlat boshqaruvida menejment va “aqlli” boshqaruv prinsiplari bosqichma-bosqich joriy etiladi;

  • Boshqaruv kadrlari portali” yaratilib, 2020-yil 1-martga qadar ishga tushiriladi. Portal foydalanuvchilarining yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilab borish, shuningdek ularning kasbiy va shaxsiy oʻsishiga koʻmaklashuvchi masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish Portalning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi;

  • 2019-yil 1-dekabrdan boshlab Toshkent viloyati Boʻka tumani va Angren shahrida tajriba-sinov tariqasida rahbar kadrlar faoliyati samaradorligiga doimiy ravishda baho berib borish tizimi joriy etiladi va ushbu tizim 2020-yil 1-avgustga qadar amalga oshiriladi. Tajriba-sinov yakunlari boʻyicha ushbu tizim keyinchalik butun respublika hududida joriy etiladi;

  • 2020-yil 1-fevralga qadar davlat organlarining “Xalqqa – koʻmakchi, tadbirkorga – biznes hamkor” sifatida faoliyat koʻrsatishini kengaytirish maqsadida maxsus elektron platforma yaratiladi va ishga tushiriladi.


3.Boshqaruvda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar.
Mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga va boshqa muhim sohalarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish, ilgʻor xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda sifatli investitsiya jarayonlarini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investorlar kengashi tuzildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5646-son Farmoni hamda 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4142-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda yangi Energetika vazirligi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi etib yoqilgʻi-energetika tarmogʻida yagona davlat siyosatini amalga oshirishdan iboratligi hamda yoqilgʻi-energetika tarmogʻini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5647-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4143-son qarori qabul qilindi. Unga muvofiq Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi negizida yangi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi. Vazirlik avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda transport va yoʻl xoʻjaligi sohasidagi tashkilotlar faoliyatini normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, litsenziya va ruxsatnomalar berish, sertifikatlashtirish, samarali texnik va tarif siyosatini amalga oshirish yoʻli orqali davlat tomonidan tartibga solish vazifasini amalga oshiradi.

Download 30.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling