3- mavzu Davlat xaridini tashkil etishning milliy va xalqaro huquqiy asoslari


Download 116.5 Kb.
bet1/5
Sana24.03.2023
Hajmi116.5 Kb.
#1291234
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu Davlat xaridini tashkil etishning milliy va xalqaro huquqiy asoslari


3- mavzu Davlat xaridini tashkil etishning milliy va xalqaro huquqiy asoslari

1.О‘zbekiston Respublikasida Davlat xaridini amalga oshirishning huquqiy asoslari.


2.“Davlat xaridi tо‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishga zarurat.
3.Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni kengaytirish tо‘g‘risidagi qarorni qabul qilinishiga zarurat.
4.Davlat xaridini tashkil etishning xalqaro huquqiy asoslari
5.Xalqaro savdo tashkilotida davlat xaridi bо‘yicha shartnomadan kо‘zlangan maqsad.


3.1 Davlat xaridini tashkil etishning xalqaro xuquqiy asoslari
Davlat xaridini boshqarish borasida О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ajralmas qismi - bu davlat xaridini boshqarish bо‘yicha yangi xuquqiy meyorlarga asoslangan qonunchilikni shakllantirishdan iboratdir.

О‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini boshqarishning mavjud xuquqiy asoslari quyidagilardan tashkil topgan:


1. О‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (4-paragraf «Davlat shartnomalari asosida tovarlar yetkazib berish»).
2. О‘zbekiston Respublikasining qonunlari:

•2000 yil 14 dekabrdagi «Byudjet tizimi tо‘g‘risida»gi;


•1998 yil 29 avgustdagi «Xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-xuquqiy bazasi tо‘g‘risida»gi;


•2004 yil 26 avgustdagi «Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tо‘g‘risida»gi;
va О‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari
3. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Qarorlari:
•2003 yil 3 iyuldagi 302 -sonli «Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadibirlari tо‘g‘risida»gi;
•2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli «Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi;
•2000 yil 8 apreldagi 136-sonli «2000 yil davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan oziq-ovqat asosiy turlari tо‘g‘risida»gi va unga ilova qilingan «Ijtimoiy soha tashkilotlari, maxsus iste’molchilar va davlat zaxirasi uchun asosiy oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibi»;


•1997 yil 26 sentabrdagi 454-sonli «Davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat yetkazib berishni tanlov asosida tashkil etish tо‘g‘risida» va unga ilova qilingan «Davlat ehtiyojlari uchun import oziq-ovqat maxsulotlarini sotib olish tenderlarini о‘tkazish tartibi»;


•2007 yil 20 martdagi 53-sonli qarorga ilova qilingan «О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tо‘g‘risida» gi nizomi;
•1997 yil 14 avgustdagi 397-sonli «Davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat turlarini sotib olish tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida»gi va Vazirlar Maxkamasining boshqa Qarorlari.



Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling