3- mavzu Davlat xaridini tashkil etishning milliy va xalqaro huquqiy asoslari
Davlat xaridini tashkil etishning xalqaro huquqiy asoslari
Download 116.5 Kb.
|
3-mavzu Davlat xaridini tashkil etishning milliy va xalqaro huquqiy asoslari
3.4. Davlat xaridini tashkil etishning xalqaro huquqiy asoslari
Hozirda dunyoning turli mamlakatlarida davlat xaridini amalga oshirishga xuquqiy asos sifatida qо‘llaniladigan bir-nechta xujjatlar mavjud. Ushbu xujjatlarni о‘rganib, mazkur mamlakatlarda davlat xaridini о‘ziga xosligini kо‘rsatish mumkin. Yunsitral «Tovarlar va xizmatlarni sotib olish tо‘g‘risida» gi qonuni 1994 yil BMTning xalqaro savdo xuquqi Komissiyasining 27-sessiyasida qabul qilingan bо‘lib, u bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat va jamoat uchun xaridni amalga oshirish bо‘yicha xalqaro tajribani uzida mujassamlashtiradi. Ushbu qonun, bozor iqtisodiyotiga utayotgan davlatlarda, xususan, Sharqiy Yevropa mamlakatlarida davlat buyurtmasini joylashtirish bо‘yicha model sifatida ishlab chikilgan. Yunsitral shakliy qonunidan kuzlangan maqsad raqobatni maksimal darajada rivojlantirish, davlat xaridini amalga oshirishda mol yetkazib beruvchilarga nisbatan adolatli munosabatni ta’minlash, xarid jarayonini ochiqliligi xamda obyektivligini oshirishdan iborat. Mazkur qonun, milliy xavfsizlik va mudofaa sohalaridan tashqari, barcha sohalarda xaridni amalga oshirish uchun qо‘llashni nazarda tutadi. Mazkur xujjatning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: 1.Ochiqlilik va shaffoflik qismida - xarid tо‘g‘risida yozma shakldagi hisobot yuritilishi (hisobotda tanlovni yoki boshqa turdagi xaridni amalga oshiruvchi davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshirilgan barcha chora-tadbirlar о‘z aksini topishi shart), shuningdek, davlat burtmachisining shartnomani tuzishi xaqida ommaviy e’lon qilishi; 2.Kvalifikatsiya qism bо‘yicha - mol yetkazib beruvchilar kvalifikatsiyasiga bulgan talablarni tartibga solish, ular kvalifikatsiyasini о‘rganish jarayoni va tartibi, shuningdek, birlamchi kvalifikatsion tanlovlarni amalga oshirish tartibi; 3.Jaryonni amalga oshirish sifatida - ochiq tanlov xaridni amalga oshirishning asosiy usuli ekanligi; oddiy maxsulotlar uchun, nafakat ochik, balki yopik tanlov yuli bilan, ya’ni kotirovka surovnomasi va yagona mol yetkazib beruvchidan xarid qilish; ikki bosqichli tanlov о‘tkazish, raqobatli muzokara olib borish, murakkab mahsulotni yoki maslahat xizmatlarni sotib olish uchun taklif sо‘rovnomasi; Ochiq tanlov jarayoni: savdo tо‘g‘risida e’lon nashr etish; potensial mol yetkazib beruvchilarga tanlov shartlarini yetkazish; tanlov arizalarini tayyorlash, zaruriy uzgar-tirishlar va tushuntirishlar kiritish; tanlov arizalarini berish; tanlov arizalarini ishtirokchilar oldida ochish; arizani baxolash; arizani qabul qilish va mol yetkazib berish tо‘g‘risidagi shartnomani qonuniy kuchga kirishi; K,onun xaridning boshqa turlarini amalga oshirishni detallashtirgan xolda keltirib utadi (ikki boskichli tanlovlar, taklif surovnomasi va raqobat muzokaralari) Yuzaga keladigan munozaralarni hal etish bо‘limida, mol yetkazib beruvchini davlat buyurtmasini joylashtirishi bо‘yicha yuzaga keladigan nizolarni ma’muriy, sud organlari orqali hal etish mumkinligi aks ettirilgan. Shuni ta’kidlash joizki, Yunsitral namunaviy qonunchligi bо‘lib, u model qonun sifatida juda katta rol о‘ynadi. Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirgiziston va Sharqiy Yevropa davlatlarining davlat xaridini tartibga solish bо‘yicha amaldagi qonunchligi asosida mazkur xujjat tamoyillari yotadi. Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling