Mavzu: Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi reja: mustaqillik yillarida ilm fanning ravnaqi ilm-fan sohasida amalga oshirilgan ishlar mustaqillikning ilm-fanga ta`siri xulosa foydalanilgan adabiyotlar
Download 0.49 Mb.
|
Shoxrux tarix 23-22 (1)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan FAning mavqeyi ortdi. O‘zbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutuqlari nafaqat O‘zbekiston balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi va ko‘pchilik olimlarimiz davlatimiz mukofotlariga sazovor bo‘ldilar va xorijiy davlatlar akademiyalariga ham haqiqiy ham faxriy a’zolikka saylandilar. O‘zbekiston Respublikasining Fanlar Akademiyasi al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin medallarni ta’sis etdi. 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi FAning akademigi H.F. Fozilov tabiiy va texnikaviy sohada katta yutuqlarga erishgani uchun al-Xorazmiy nomidagi oltin medalning birinchi sohibi bo‘ldi. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin medal birinchi bo‘lib shu yili ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida katta yutuqlarga erishgani uchun filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining a’zosi U.I. Karimovga nasib etdi.Mustaqillik yillarida (1996) FAning 40 ga yaqin ilmiy markazi va tadqiqot laboratoriyalarida yirik olimlar faol mehnat qilmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi FA institutlari olimlari xorijiy davlatlar olimlari bilan hamkorlikda ilmiy aloqalarni kengaytirib bormoqdalar. Natijada, 1992-yil dekabr oyida texnika fanlari doktori G‘.G‘. Umarov K.E. Siolkovskiy nomidagi Kosmonavtika Xalqaro akademiyasining a’zosi bo‘ldi. U mazkur Xalqaro Akademiyaning a’zosi bo‘lgan birinchi o‘zbek olimidir. Shuningdek, o‘zbekistonlik M.S. Bulatov, S.M. Sutyagin, I.I. Notkinlar, 1993-yilda Iordaniya Islom Fanlar Akademiyasi a’zoligiga, M.S. Salohiddinov YUNESKO Informatsiya Xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zoligiga, 1994-yil oktabr oyida Xudoyor Olloyorov 1995-yil fevral oyida Azamat Shamsiyev Nyu-York FAning faxriy a’zoligiga, ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zoligiga Z.S.Salimov, A.A. A’zamxo‘jayev, 1997-yil oktabrida U. Tojixonov va Z.Zaripovlar tabiat va jamiyat fanlari Xalqaro akademiyasining a’zoligiga, akademik E.Yusupov esa Turkiya fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandilar.Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling