Mavzu: Mustaqillik yillarida Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi
Download 27.86 Kb.
|
Mavzu Mustaqillik yillarida Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va -fayllar.org
Bunday kaltabinlik dastlab qaraganda beozor ko'rinsa-da aslo bunday emas. Uning zamirida tarixni qaytadan yozishga urinish, patriarxal davrni qo'msashni targ'ib qilish, islomni milliy madaniyat-ning xazinachisi qilib ko'rsatishga urinish yotadi», deb ta'kidlandi yuqoridagi Plenumda. Ana shunday qarashlardan kelib chiqib, Plenum «ideologiya ishidagi mavjud buzilishlar murosasizlik bilan tu-gatilsin, tarixiy o'tmishni idrok qilishda markscha-lenincha metodo-logiyadan og'ish yo'lidagi har qanday urinishlarga zarba berilsin», deb ko'rsatma berdiBunday kaltabinlik dastlab qaraganda beozor ko'rinsa-da aslo bunday emas. Uning zamirida tarixni qaytadan yozishga urinish, patriarxal davrni qo'msashni targ'ib qilish, islomni milliy madaniyat-ning xazinachisi qilib ko'rsatishga urinish yotadi», deb ta'kidlandi yuqoridagi Plenumda. Ana shunday qarashlardan kelib chiqib, Plenum «ideologiya ishidagi mavjud buzilishlar murosasizlik bilan tu-gatilsin, tarixiy o'tmishni idrok qilishda markscha-lenincha metodo-logiyadan og'ish yo'lidagi har qanday urinishlarga zarba berilsin», deb ko'rsatma berdi Ko'rinib turibdiki, Plenum kishilarni vatanparvarlik va inter-natsionalizm ruhida tarbiyalash kabi g'oyalarni ilgari sura turib, o'zi xalqni asl ma'nodagi vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga zid уо'1-yo'riqlar belgilab berdi. Bunday noto'g'ri pozitsiya 1987-yil 17-yanvarda Toshkentda bo'lib o'tgan jamiyatshunos olimlarning respublika Kengashida ham yana bir bor ta'kidlandi. Kengash respublika olimlariga tarixiy voqea va hodisalarga baho berishda partiyaviy, sinfiy prinsiplardan kelib chiqib yondashish kerakligini tavsiya qildi. Biroq, bunday tarixiy haqiqatga zid mafkuraviy yo'l-yo'riq xalq tomonidan ma'qullanmadi, ziyolilarning qarshiligiga uchradi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi bu borada o'zi yo'l qo'ygan xatoni o'zi tuzatishga majbur bo'ldi. O'zKP XXII syezdida (1990-y. iyun) siyosiy ma'ruza qilgan, uning birinchi kotibi LA. Karimov shunday dedi: «Yaqindagina o'zbek adabi-yotining klassigi Boburni baholashda tor sinfiy yondashuv ro'y berdi. Adib ijodining milliy va umuminsoniy ahamiyati kamsi-tildi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining 1986-yilda bo'lgan uchinchi Plenumida Bobur shaxsi tahqirlanib, u «ma'rifatli zolim» deb tilga olindi. Xalqimiz Markaziy Qo'mita va jumhuriyat hukumatining Navoiy, Ulug'bek, Bobur, Mash-rab, Furqat, Qodiriy va xalqimizning boshqa buyuk farzandlari yubileylarini o'tkazish to'g'risidagi qarorini juda ruhlanib kutib olganligi bejiz emas. Ularning merosi O'zbekiston xalqlari umuminsoniy qadriyatlarining ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qiladi. Biz ularning be-baho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz».O'zKP XXII syezdida (1990-y. iyun) siyosiy ma'ruza qilgan, uning birinchi kotibi LA. Karimov shunday dedi: «Yaqindagina o'zbek adabi-yotining klassigi Boburni baholashda tor sinfiy yondashuv ro'y berdi. Adib ijodining milliy va umuminsoniy ahamiyati kamsi-tildi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining 1986-yilda bo'lgan uchinchi Plenumida Bobur shaxsi tahqirlanib, u «ma'rifatli zolim» deb tilga olindi. Xalqimiz Markaziy Qo'mita va jumhuriyat hukumatining Navoiy, Ulug'bek, Bobur, Mash-rab, Furqat, Qodiriy va xalqimizning boshqa buyuk farzandlari yubileylarini o'tkazish to'g'risidagi qarorini juda ruhlanib kutib olganligi bejiz emas. Ularning merosi O'zbekiston xalqlari umuminsoniy qadriyatlarining ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qiladi. Biz ularning be-baho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz». O'zbekiston yangi rahbariyatining bunday pozit-siyasi respublikada ma'naviy poklanish, yangilanish davrining bosh-lanishi, ma'naviy inqirozdan chiqish uchun dadil qadam edi. Download 27.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling