Bobur shaxsi va tilshunoslikka doir qarashlari
Download 49.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqBobur shaxsi va tilshunoslikka doir qarashlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Түйін сөздер
BOBUR SHAXSI VA TILSHUNOSLIKKA DOIR QARASHLARI Kaxramonova Parizoda Sherzod qizi Farg‘ona davlat universiteti o‘zbek tili yo‘nalishi 2 bosqich talabasi kaxramonovap@gmail.com Аннотация Бұл мақалада ұлы патша, классик ақын, лингвист Захируддин Мұхаммед Бабыр және оның қасиеттері, сондай-ақ әлем тарихшылары мен мемлекет қайраткерлерінің Бабыр туралы пікірлері берілген. Сонымен қатар, «Бобурнома» еңбегінде берілген Бабырдың тіл, тіл білімі туралы пікірлері де автор тарапынан сипатталған. Аннотация В данной статье представлены великий царь, поэт-классик, языковед Захируддин Мухаммад Бабур и его качества, а также мнения мировых историков и государственных деятелей о Бабуре. Кроме того, автором описываются взгляды Бабура на язык и языкознание, приведенные в «Бобурноме». Түйін сөздер: Ренессанс, мемуар, салыстырмалы лингвистика, ономастика, этнонимия. Ключевые слова: Ренессанс, мемуар, сравнительное языкознание, ономастика, этнонимика. “Har bir xalqning tarixi undan yetishib chiqqan buyuk kishilarga qarab baholanadi”, - deb yozgan edi fransuz adibi Viktor Gyugo. Bundan kelib chiqadiki, tarix har bir xalqning, har bir millatning ma’naviy ko‘zgusidir. Bu ko‘zguda ana shu xalqning, ana shu millatning kimligi aks etadi, ilm dunyosi namoyon bo‘ladi, shuningdek, kelajagi zuhurlanib turadi. Bu borada, albatta, Yaratganning o‘zi bizni xo‘b va ko‘p siylagan: o‘zbek tuprog‘idan o‘nlab alloma-mutafakkirlar, yuzlab shoir-u fozillar yetishib chiqdiki, bu yurtdoshlarimiz qalbida cheksiz faxr uyg‘otadi, o‘zbek xalqining jahon xalqlari o‘rtasidagi mavqeyini va o‘rnini belgilab beradi, xalqimizning, millatimizning ma’naviy, ruhiy imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi. Ana shunday ulug‘ siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. Zahiriddin Muhammad Bobur san’at, adabiyot, tilshunoslik, tarix va umuman ilm-fanning barcha sohalari bilan qiziqqan, sinchkovlik va iste’dod bilan hayotni kuzatgan ulug‘ inson. Bobur - buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, tilshunos, san’atshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida ko‘pqirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina “Boburnoma” asari uning yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqanligiga yaqqol misoldir. Buyuk tarixiy siymo sifatida Bobur shaxsi Yevropa va AQSH sharqshunos-tarixchi olimlari diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etgan. Ingliz tarixchisi Eduard Holden, avvalo, Boburni mashhur Yuliy Sezar bilan qiyoslashni lozim topadi: “Bobur fe'l-atvoriga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan”. Hindistonning buyuk donishmand farzandi, davlat arbobi Javoharla’l Neru o‘zinining “Hindistonning ochilishi” va “Jahon tarixiga bir nazar” asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga to‘liq ushbu fikrlarni izhor etgan: “Bobur - dilbar shaxs. Uyg‘onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam bo‘lgan. Bobur o‘ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U mazhabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi... Bobur san’at va, ayniqsa, adabiyotni sevardi”. Boburning bolalik va o‘smirlik yillari haqida yozilgan “Boburnoma” romanining ingliz tarjimoni Uilyam Erskin Boburni Osiyo podshohlariga qiyosan shunday baholaydi: “Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”. Yangi Dehlidagi milliy muzeyning mutasaddisi G.N.Pant “Indiya” jurnalining 1984-yil 4-sonida Bobur va “Boburnoma” haqida shunday yozadi: “...Uning shirali til, ohangdor vazn bilan bitilgan tarjimai holini (“Boburnoma”) o‘qir ekansiz, muallif badiiy didining naqadar nazokatliligi, aql-u zakovati teranligi, bilimi naqadar cheksizligining guvohi bo‘lasiz. Bobur tabiatni jonidan yaxshi ko‘rgan. Ayniqsa, tog‘larni, daryolarni, bog‘larni, yaylovlarni ko‘rganda zavq-shavqi tug‘yon urib, misoli bulbuligo‘yo bo‘lib ketgan. U imoni komil musulmon bo‘lib,...so‘zamol notiq, iste’dodli sarkarda, or-nomusi kuchli inson bo‘lgan”. Keltirilgan fikrlardan ko‘rinadiki, Bobur har qanday jamiyatning insonga, shaxsga qo‘yadigan talabidan ustunroq va buyukroq turgan. Zahiriddin Muhammad Boburning memuar - esdalik asari hisoblangan “Boburnoma” uning vafotidan to‘rt yuz to‘qson uch yil o‘tib hamki, kitobxonlar, adabiyot ixlosmandlari qo‘lidan tushgani yo‘q. Mazkur asarda Boburning yigirmadan ortiq sohaga qiziqqani namoyon bo‘ladi. Ya'ni voqealar rivojini faqatgina bayon etish bilan cheklanmasdan, geografiya, etnografiya, tilshunoslik, hayvonot, nabotot olami sohalari bo‘yicha qimmatli ma'lumotlar keltirib o‘tadi. Bobur o‘zining ushbu memuar asari bilan siyosatshunoslikda ilk bor muayyan hudud, davlatlarning siyosiy tarixini yaratishga muvaffaq bo‘ldi1; tabiat va jamiyatni, ijtimoiy voqelikning bir necha sohasini o‘zaro uyg‘unlikda, uzviy aloqadorlikda tadqiq etdi; geograflar uchun bir talay yangilik va o‘ziga xoslikni kashf etdi; sistematik biolog olim, tilshunos olim sifatida namoyon bo‘ldi; atamashunoslik, etnonimika, adabiyotshunoslik sohalarida o‘ziga xos sahifa yaratdi. Garchi Bobur til haqida maxsus asar yaratmagan bo‘lsa-da, qomusiy asar - “Boburnoma”da til va tilshunoslikka oid o‘z mulohazalarini bayon etadi, tilshunos olim sifatida namoyon bo‘ladi. “Agar X asrda Mahmud Koshg‘ariy bir oilaga mansub yigirmata tilni qiyosiy jihatdan o‘rganib, qiyosiy tilshunoslikka asos solgan bo‘lsa, Mirzo Bobur “Boburnoma”da uch oilaga kiruvchi bir necha tilni solishtirib o‘rganishning ajoyib namunasini ko‘rsatib, dunyo tilshunosligida yangi nazariyaning asoschisi sifatida maydonga keldi”, - deb yozadi filologiya fanlari doktori B.To‘ychiboyev2. Bobur uch oilaga kiruvchi bir necha tilni solishtirib o‘rganishning ajoyib namunasini ko‘rsatib, dunyo tilshunosligida yangi nazariyaning asoschisi sifatida maydonga kelar ekan, hind-yevropa tillari oilasiga mansub bo‘lgan hind, fors va afg‘on, xom-som tillari oilasiga mansub arab tillarini turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tili bilan qiyoslab o‘rganadi. Masalan, Bobur fors-tojik tiliga xos bo‘lgan “pos” so‘zini izohlar ekan, sutkaning sakkizdan bir qismini, ya’ni uch soatni bildirishini, posbon so‘zi esa posdan xabar beruvchilar ekanligini izohlaydi. Bobur so‘zlar etimologiyasi sohasida ham o‘ziga xos yo‘l tutgan olim. Jumdalan, uning Kashmir nomini izohlashi o‘ta diqqatga loyiq: “Bu tog‘ elini Kas derlar. Xotirg‘a yettikim, Hinduston eli “shin”ni “sin” talaffuz qilur. Chun bu tog‘da mo‘tabar shahar Kashmirdur... bu jihattin bo‘la olurkim, “Kashmir” demish bo‘lg‘aylar”3. Demak, “kas” aslida “kash” bo‘lib chiqadi va Kashmir shu tog‘dagi qabila nomi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, Bobur nutq tovushlari tahlili sohasida ham yangi fikrlarni aytgan. U tillardagi tovush xususiyati, ularda bo‘ladigan eng kichik jarayongacha jiddiy e’tibor bergan. Shuning uchun norgil daraxti haqida gapirar ekan, arab tilida uning norjil tarzida talaffuz qilinishini yozadi. Haqiqatan, arab tilida “g” tovushi mavjud emas. Shunga ko‘ra, arab tilida bu tovush “j” ga o‘tadi. Bobur uslubiyat va so‘z ma'nolari xususida ham alohida yo‘l tutgan. U asarlarini sodda tilda yozdi va boshqalarni ham shunday yozishga chaqirdi. “Boburnoma” memuar asar maqomida O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston xalqlari kechmishida qanchalik qimmatli manbaa sanalsa, asarda tilga olingan ismlar, joy nomlari nomshunoslik uchun ham o‘zbek, tojik, afg‘on, pushtu, fors, arab, hind va boshqa tillarning o‘tmishi va hozirgi rivojini tadqiq qilish uchun ham muhim ashyoviy dalil vazifasini o‘taydi4. Boburning, podshohi qobilning yaxshilig‘larini aytgan bilan va bitgan bilan tugangay. Lekin mujammal bukim, sekkiz sifati asil aning zotig‘a muttasil erdi: birisi bukim, najhati baland erdi; ikkimchisi, himmati arjumand erdi; uchumchisi, viloyat olmog‘; to‘rtumchisi, viloyat saxlamog‘; beshumchisi, ma'murlig‘; oltimchisi, rafohiyat niyati Tengri taolo bandalarig‘a; yettimchisi, cherikni ko‘nglini qo‘lg‘a olmoq; sekkizimchisi, adolat qilmoq5. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, o‘tmishni unutganning kelajagi bo‘lmaydi. Bu lo‘nda iborada tafakkur va da’vat mavjud. Toabad insoniyat shunday tafakkur va da’vatga rioya qilib yashamog‘i kerak. Shunda uning umri boqiy, kelajagi porloq bo‘la boradi, insoniyligi ham saqlanib qoladi. Zero, ajdodlarini unutib, o‘tmishini unutib umr kechirgan avlod uzoqqa borolmaydi. Download 49.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling