Pedagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi


Download 0.96 Mb.
Sana08.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1177158
Bog'liq
M.Muminovaning ped.konflik fanidan 2-mavzu taqdimoti

  • NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
  • 70110501 – TA’LIM VA TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI (BOSHLANG’ICH TA’LIM) MUTAXASSISLIGI MAGISTRANTI MUMINOVA MUSLIMANING PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA FANIDAN “PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYANING FANLAR BILAN ALOQADORLIKDA RIVOJLANISHI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
  • TAQDIMOTI
  • Mavzu: Pedagogik konfliktologiyaning fanlar bilan aloqadorlikda rivojlanishi
  • Reja:
  • 1.Pedagogik konfliktologiya fanining paydo bo`lishi va rivojlanishi.
  • 2.Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, ob`ekti, predmeti.
  • 3.Pedagogik konfliktologiyaning maqsad va vazifalari.
  • Pedagogik jarayon o`ziga xos murakkab ijtimoiy tuzilma bo`lib, shaxslararo aloqalarning doimiy jarayonidan iboratdir. Albatta, bu jarayonda ikki sub`ekt o`rtasidagi munosabatlarni ijobiy shakl doirasidan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi.
  • Pedagogik jarayonda shaxslararo munosabatlarning keskinlashuvi natijasi sifatida konfliktlarning yuzaga kelishi kuzatiladi.
  • Konflikt o’zi nima? Bu fan o’rganuvchi ob’ektlar nimalardan iborat? Konfliktlarni kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini o’rganuvchi fan “Konfliktologiya” bo’lib, u lotincha “conflictus” – to’qnashuv demakdir. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o’rganish davlat hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni o’rganishdan boshlangan. Keyinchalik ilmiy qiziqishlarni ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, guruhlararo va shahslararo konfliktlar fan ob’ektiga aylana boshladi. Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan sifatida shakllana boshlagandan so’ng, jamiyatda konfliktning tutgan o’rni o’rganish jamiyat hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni o’rganish, sistematik asosda ularni tahlil qilish va o’zaro to’g`ri echimga kelish zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi.
  • Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi. Hech bir inson konfliktlardan o`zini “kafolatlanganman” deb ishonch bilan ayta olmaydi. Har birimiz bolalik davrlarimizdan konflikt vaziyatlarga tushamiz va bu holatlardan chiqib ketish yo`l va usullarini qidiramiz. Konflikt ijtimoiy xodisa ekanligi haqida. Konflikt rivojidan har bir inson, yaqin qarindoshlar, mehnat jamoasi o`rtasidagi tinch va totuvlikka asoslangan osuda hayot tarzi zarar ko`rishi mumkinligi haqida ma`lumot berish.
  • Pedagogik konflikt – pedagogik jarayonda shaxslararo munosabatlarning keskinlashuvi natijasi sifatida yuzagi keluvchi muammoli vaziyatdir. Pedagogik konfliktlarning quyidagi shakllari yuzaga keladi:
  • Talaba-talaba;
  • 2. Talaba-o`qituvchi;
  • 3. O`qituvchi-o`qituvchi.
  • Pedagogik konfliktologiyaning predmeti - ta`lim jarayonidagi ziddiyatlar haqida faktlar, ularning paydo bo`lish mexanizmi va qonuniyatlari, ularni rivojlanishi va yakunlanishidir.
  • Pedagogik konfliktologiyaning ob`ekt - ta`lim tizimidagi tizimli, vaziyat va natijali ziddiyatlar.
  • Pedagogik konfliktologiya fanini o`qitishdan maqsadi – bo`lajak o`qituvchilarni zamonaviy pedagogik konfliktologiya asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish. Shu bilan birga yoshlarga hayotdagi konfliktlar bo`yicha keng nazariy va amaliy bilimlar berish orqali yoshlarni jamiyatda mustaqil va faol fuqaro sifatidagi ishtiroki uchun zamin yaratish, boshqa insonlar bilan tabiiy bo`lgan turli ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy-ruhiy, psixologik muloqotlarda ular ongi, tafakkuri va axloqida kamtarlik, mehribonlik, halollik, samimiylik, to`g`riso`zlik, vijdoniylik, o`z so`zida turish kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat.
  • Pedagogik konfliktologiya fanining vazifalari:
  • - gumanitar fanlar sohasi sifatida uning ob`ekti va predmetidagi izlanish va asosiy kategoriyalari haqida talabalarda tasavvurlarni shakllantirish;
  • - pedagogik faoliyatning insonparvarlikka yo`naltirilganligini ochib berish;
  • - konfliktlarni bartaraf etish va oldini olish, echimini topishning asosiy shakl va usullarini egallash;
  • - pedagogik konfliktning qonuniyatlari va omillari haqida to`liq tasavvurni shakllantirish;
  • - pedagogik konfliktli vaziyatlarni tahlil qilish va tushunish, umumiy ilmiy yondashishni aniqlay bilishdan iboratdir.
  • Konfliktning o`zi nima?
  • 2. Har bir inson o`zini konfliktlardan doimiy muhofaza qilganman deb ayta oladimi?

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling