Mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja


Download 398.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.04.2023
Hajmi398.68 Kb.
#1324105
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9 mavzu maruza



Mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ma’naviy va madaniy 
taraqqiyot. 
Reja: 
1. 
Ma’naviy meros, milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta 
tiklanishi. 
2. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 
ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmatlari. 
3. 
Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni 
ta’minlashdagi o‘rni. 
4. 
Mamlakatimizda 
ma’naviy-ma’rifiy 
ishlar 
tizimini 
tubdan 
takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini 
kuchaytirish masalasi 
5. 
O‘zbekistonda 
millatlararo 
va 
dinlararo 
munosabatlardagi 
barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati. 
Tayanch iboralar
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun, 1991-yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy 
tavalludining 550 yilligining keng nishonlanishi, 1994-yilda Mirzo Ulug‘bek 
tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari, 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida 
“O‘zbekistonning yangi tarixi markazi” tashkil etilishi, YUNESKO qarori bilan 
1996-yil aprelda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan bir 
haftalik xalqaro tantanalarning bo‘lib o‘tishi, “beshta tashabbus”, millatlararo 
munosabatlar. 
1. Ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga 
duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida 
xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar 
bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy 
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy 
merosimiz qadr-sizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy 
yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz 
idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi. 
Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar 
quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida 
O‘zbek xalqining yuzlab iqti-dorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar 
ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini 
xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qildi. 
Mamlakatimizda O‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy 
ahamiyati va o‘rni qayta tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IV-
sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni 
qabul qildi. Qonunda O‘zbek tili O‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning 
ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab 
qo‘yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv 


organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, 
statistika va moliya ishlari o‘z-bek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-
hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarining nomlariga 
yagona milliy shakl berildi va O‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada O‘zbek 
xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqqil davlatimizning qadr-qimmati qayta 
tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 
barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi. 
Mustaqillik tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga 
bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan 
o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘lishga muyassar bo‘ldi. 
Xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo‘lgan buyuk allomalarimizning tavallud 
topgan sanalari YUNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro 
miqyosda keng nishonlandi. Jumladan, 1991-yil – Alisher Navoiy tavalludining 
550 yilligi; 1992-yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 1994-yil – 
Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi; 1996-yil – Amir Temur tavalludining 
660 yilligi; 1997-yil – Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi; 1998-yil – Ahmad al-
Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi; 1999-yil – Alpomish dostonining 1000 yilligi; 
2000-yil – Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi va Kamoliddin 
Behzod tavalludining 545 yilligi; 2001-yil – “Avesto” yaratilganligining 2700 
yilligi keng nishonlandi. Buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz yubileylari 
munosabati bilan ularning o‘nlab nodir va noyob asarlari O‘zbek, ingliz, fransuz, 
nemis, yapon va boshqa tillarda nashr etildi, haykallar o‘rnatildi, ziyoratgoh 
maydonlari, bog‘lar yaratildi. 
1991-yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng 
nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher 
Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. 
Yubiley yilida buyuk “Hamsa”si va “Lison ut-tayr” asarlari nashr qilindi, 
kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991-yil 28-sentabr kuni Toshkent shahrida 
barpo etilgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi 
O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi 
tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi 
astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug‘bek haykali aks ettirilgan pochta 
markalari muomalaga chiqarildi. Shu yil 24-oktabrda Parijda YUNESKOning 
majlislar zalida “Ulug‘bek va temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya 
hamda “Ulug‘bek va an’anaviy san’at” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar 
Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanishiga 
ko‘maklashdi. 
1998-yil 23-oktabrda Farg‘ona shahrida buyuk alloma Ahmad al-
Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi keng nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi 
xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomi bilan ataluvchi bog‘ 
yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi. 
1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va 
jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning yangi tarixi markazi” 
tashkil etildi. 


O‘zbek xalqi va O‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa 
sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari O‘zbekiston Respublikasi 
Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida 
bo‘lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilgan 
“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi. 
Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Misr kabi qadimiy davlatlar qatorida 
turadi. Milliy davlatchiligimiz qadimiy, diyorimiz yirik davlat arboblari bilan 
mashhur. Bobomiz Amir Temur mamlakatimizni jahondagi eng qudratli davlat 
darajasiga ko‘targan. Sobiq Ittifoq davrida ko‘hna tariximizning ana shu qirralari 
berkitilgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida o‘zining asl bahosini oldi. Milliy 
davlatchiligimiz tajribasi, Amir Temur tuzuklari, Forobiy, Alisher Navoiylarning 
odil davlat qurish haqidagi dono fikr-mulohazalari mustaqillik davrida demokratik 
huquqiy davlat qurilishida katta madad berdi. President farmoni bilan 1996-yil 
Amir Temur yili deb e’lon qi-lindi. Shu yili mashhur davlat arbobi va sarkarda 
Amir Temur tavalludining 660 yilligi mamlakatimizda va jahon miqyosida keng 
nishonlandi. YUNESKO qarori bilan 1996-yil aprelda Amir Temur tavalludining 
660 yilligiga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro tantanalar bo‘lib o‘tdi. Toshkent 
shahrida Amir Temurga haykal o‘rnatildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil 
etildi. Samarqand va Shahrisabzda o‘nlab tarixiy obidalar ta’mirlanib, qayta 
tiklandi, yangi inshoatlar qurildi, bog‘lar yaratildi. Ushbu shaharlar markazida 
ko‘rkam Amir Temur maydoni barpo etildi va ulug‘vor haykal o‘rnatildi. Bu 
shaharlarga “Amir Temur” ordeni topshirildi. Amir Temurning shaxsi butun 
ma’rifiy insoniyatning boyligi ekanligi tan olindi. 
1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999-yilda 
vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi 
nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi 
yodgorlik majmuyi barpo etildi. 2002-yuilda Termiz shahrining 2500 yilligi, 2007-
yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi, 2009-yilda Toshkent shahrining 2200 
yilligi, 2006-yil 27-oktabrda Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlandi. 2006-yil 
2-noyabr kuni Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi keng nishonlandi. 
keng nishonlandi. 
Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, 
Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o‘z 
joyiga qo‘yildi, asarlari nashr etildi. Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi 
bilan Toshkent shahrining Bo‘zsuv kanali bo‘yida qatag‘on davri qurbonlari 
xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorligi majmuyi 
bunyod etildi va uning ochilish marosimi 2000-yil 12-may kuni bo‘lib o‘tdi. 
Mazkur majmua qoshida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilib, 2002-yil 
27-avgust kuni foydalanishga topshirildi. Ushbu majmua va muzeyning tarixiy, 
siyosiy ahamiyati shundaki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun qaramlik davrida 
xalqimiz qanday ayanchli kunlarni boshidan kechirgani, mustaqillik tufayli 
yurtimizda adolat, shahid ketganlarning xotirasi tiklanganligi to‘g‘risida tarixiy 
xotira, saboq bo‘lib xizmat qiladi. 


1999-yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga 
qarshi Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini 
abadiylashtirish maqsadida “Xotira maydoni” majmuasi barpo etildi va shu yili 9 
may kuni uning ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublika “Nuroniy” 
jamg‘armasi tashabbusi bilan janglarda halok bo‘lgan 400 mingga yaqin 
vatandoshlarimiz haqida 33 tomlik xotira kitobi tayyorlandi va nashr etildi. Har yili 
9 may kuni “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. Mustaqillik 
yillarida amalga oshirilgan bu tadbirlar xalqimizning o‘zligini anglashiga, tarixiy 
xotirasini tiklashga xizmat qilmoqda. 
Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik 
majmualari jamiyat ma’naviyatini yo’qsaltirishga, milliy ong va milliy g‘ururni 
ko‘tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g‘oyalarini 
shakllantirishga ko‘maklashmoqda. 
O‘zbek xalqiga xos quyidagi jihatlar uning milliy qadriyatlari sifatida 
boshqa xalqlar tomonidan e’tirof etilgan: 
· tug‘ilgan makon va ona yurtiga ehtirom; 
· avlodlar xotirasiga sadoqat; 
· kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; 
· mehmondo‘stlik; 
· bolajonlik; 
· ma’naviyat-axloq-odob-ma’rifat; 
· muomalada mulozamat, hayo, andishalik; 
· og‘ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat va hokazo. 
Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma’no-
mazmun bilan boyitish yo‘lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. 
Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri “Navro‘z” bayramidir. Qaramlik 
yillarida mana shu ardoqli bayramni nishonlash ham taqiqlangan edi. 1990-yildan 
boshlab O‘zbekiston hukumatining qarori bilan 21-mart “Navro‘z” milliy xalq 
bayrami kuni sifatida belgilanib, dam olish kuni deb e’lon qilindi. Xalqimiz 
“Navro‘z” kunlarida hasharlar uyushtirib, dalalarga ko‘chatlar ekish, ko‘chalarni 
tozalash tadbirlarini, turli ommaviy o‘yinlar, poyga musobaqalari, sayllar 
uyushtiradilar, yetim-yesirlarga va nogironlarga yordam berib, marhumlar 
qabrlarini ziyorat qiladilar. 
Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan 
qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z o‘rniga qo‘yildi. 
1993-yil sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 
675 yilligi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi 
Naqshband nomi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, 
uning ijodiga bag‘ishlangan qator risolalar chop etildi. 1998-yil Samarqandda 
buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Shu 
kuni Xartang (Chelak) qishlog‘ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuyi ochildi. 
Yubiley munosabati bilan bobokalonimizning 4 jildlik “Al-Jomi as-Sahih” 
kitobining ko‘p ming nusxadagi nashri O‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi. 
2000-yil 16–17-noyabr kunlari Marg‘ilonda islom huquqining asoschilaridan 
biri Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda 


islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi 
nishonlandi va ular xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari 
ochildi. Burhoniddin al-Marg‘inoniyning islom huquqiga oid “Hidoya” kitobi 
nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Iso at-Termiziyning 
1200 yil-ligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 
yilligi, Xo‘ja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. 
O‘zbekiston Prezidentining 1992-yil 27-martdagi farmoni bilan Ro‘za-
Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Respublika 
musulmonlarining istak va xohishlariga ko‘ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam 
olish, bayram kuni bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Prezidentining 1990-yil 2-iyundagi 
Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish to‘g‘risida”gi farmoniga 
binoan O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har 
yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Mustaqillik 
yillarida 32 ming O‘zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo‘ldilar. 
Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etilmoqda. Qur’oni 
karim sakkiz marta 1 mln. nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar faqat dindorlar uchun 
qilingan marhamatgina emas, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum va 
udumlarining, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uyg‘onishidir. 
Prezidentning 1992-yil 7-martdagi farmoni bilan islom dini omilidan, uning 
ma’naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 
huzurida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro 
islom-tadqiqot instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1000 dan 
ortiq talaba yoshlar ta’lim olmoqdalar. 1999-yilda tashkil etilgan Toshkent Islom 
universitetida 1000 dan ziyod talaba o‘qimoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998-yil 30-aprelda 
yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi 
qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq 
belgilab berildi. O‘zbekistonda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarda quyidagi 
tamoyillarga amal qilinmoqda: 
· dindorlarning diniy tuyg‘ularini himoya qilish; 
· diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb 
tan olish; 
· diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal 
qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib 
qilishga yo‘l qo‘ymaslik; 
· ma’naviy tiklanish, umuminsoniy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish 
ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish; 
· dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini 
e’tirof etish; 
· din va e’tiqodga sig‘inish erkiga qonun bilan belgilangan cheklashlar 
orqaligina daxl qilish mumkin; 
· diniy da’vatlar bilan hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot, 
qonun-chilikka aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 


Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom 
dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqeyi tiklandi, diniy 
ulamolarning qadr-qimmati o‘z joyiga qo‘yildi. 
Qonun ijrosi va amaliyotini qarangki, bugungi kunda O‘zbekistonda 2119 
diniy tashkilot erkin faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari 
idorasi, Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va o‘rta Osiyo Yeparxiyasi, Yevangel 
xristian-baptistlari cherkovi, Rim-katolik cherkovi, To‘la Yevangel xristianlari 
cherkovi, O‘zbekiston Injil jamiyati singari diniy tashkilotlar faoliyatidan turli 
dinlarga mansub fuqarolarimiz birdek manfaatdor ekanliklarini izohlashga hojat 
bo‘lmasa kerak. Bulardan tashqari respublikamizda 2000 dan ortiq musulmonlar 
machiti, 168 xristian cherkovi, 7 yahudiy sinagogasi, 7 bahoiylar uyushmasi, 2 
Krishna jamiyati, 1 budda ibodatgohi mavjud. Diniy ta'limotni puxta 
o‘zlashtirishga xizmat qiladigan 12 ta diniy ta'lim muassasasi qatorida 1 pravoslav 
i 1 xristian protestant seminariysi ham faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yurtimizda islom 
diniga qanday sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, boshqa dinlarga ham xuddi shunday 
emin-erkin ibodat qilish va bu borada hyech bir to‘siqlarsiz faoliyat yuritishlari 
uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan.Har yili minglab musulmonlarimiz 
Haj safarlariga borishgani kabi mazkur diniy tashkilotlarning 120 dan ortiq vakili 
Isroil, Gretsiya va Rossiyadagi diniy ziyoratgohlarga safar uyushtiradilar, xorijga 
e'tiqodiy ziyoratga yo‘l oluvchilar uchun beriladigan imkoniyatlardan 
foydalanadilar. 
Jamiyat ma’naviyatini yangilash va yanada yo’qsaltirish bugungi kunda ham 
mamlakatimiz taraqqiyotinng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib turibdi. Hozirgi 
zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash uchun mafkuraviy kurash 
bo‘layotganligi, ko‘p narsalarni mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar hal 
qilishi mumkinligi, O‘zbekistonda ham ba’zi yoshlarni yo‘ldan chalg‘itadigan 
diniy ekstremizm xavfi mavjudligi hukumatimiz va jamiyatimizni ogohlikka da’vat 
etadi. 80-yillarning oxirla-ririda mamlakatimizga o‘zini “do‘st”, “dindosh”, 

Download 398.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling