Mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja


O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohalarida amalga oshirilgan izchil islohotlar


Download 158.18 Kb.
bet4/7
Sana06.11.2023
Hajmi158.18 Kb.
#1751330
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy

O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohalarida amalga oshirilgan izchil islohotlar.

Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O‘zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlarning ta’lim tashabbusini inobatga olib, ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnik bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Unda shunday deyiladi: “Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va faravonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy hulq-atvorning andozalarini o‘zgartish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir....
Ushbu qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonundan o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra tubdan farq qilar edi. Jumladan, 2003-yilda mamlakatda 9702 umumta’lim maktablarida 6 mln. 272000 o‘quvchiga 500 ming dan ortiq pedagog o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya bergan bo‘lsa, 51 ta akademik litseylarda 30620 o‘quvchi 419 kasbhunar kollejlarida esa 285.685 yigit-qizlar hunar egallaganlar. 1991-yili O‘zbekistonda 52 oliygoh bo‘lgan bo‘lsa, 2010 yilda ularning soni 63 taga etgan. 2014-yilda esa hammasi bo‘lib 380 ta maktab, 160 tadan ortiq kasb-hunar kolleji va akademik litsey tubdan yangilangan. Mazkur maqsadlar uchun qariyb 550 milliard so‘m sarflangan. Ushbu mablag‘larning 120 milliard so‘mdan ortig‘i ta’lim muassasalarini o‘quv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, 133 kompyuter va multimedia vositalari bilan ta’minlash uchun ajratildi –deya qayd etadi Prezident. 2015-2020 yillar oralig‘ida esa 500 ta umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, jumladan, 101 ta yangi maktab barpo etish va 810 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseylarni kapital ta’mirlash rejelashtirilganligi xususida ham mazkur kitobda qayd etildi. Ushbu amalga oshirilayotgan islohotlarni oliy ta’lim tizimi ham mustasno emas albatta.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti qayd etganidek «2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida 19 ta oliy ta’lim muassasasida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha qiymati 230 milliard so‘mlik ishlar bajarildi. 2016-yilga kelib mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarildi. I.A.Karimov: «Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizni birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz». MDH mamlakatlari, jumladan O‘zbekistonda ta’lim darajasi ko‘rsatkichi juda yuqori. O‘zbekistonda ta’lim ko‘rsatkichi 0,99 ni tashkil etsa, ayni paytda dunyoda bu ko‘rsatkich 0,77 ni tashkil qiladi. O‘zbekiston ta’lim ko‘rsatkichi bo‘yicha Evropa ittifoqi tarkibiga kiradigan Malta (0,86), Ruminiya (0,90), Xorvatiya (0,90), Markaziy Amerikaning sanoati eng rivojlangan mamlakati Kosta Rika (0,87) va Xitoy Gonkongidan (0,87) oldinda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston neft hisobidan boyib ketgan Baxrayn va Bruney (0,88), Quvayt (0,87), Qatar (0,86), BAA (0,71), shuningdek iqtisodiy va texnik rivojlanish sohasida katta muvaffaqiyatga erishgan Meksika (0,86) va Malayziyadan (0,84) oldinda turadi7.
Mustaqillik yillarida xalq ta’limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 2004-yil 21-may -O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Ta’limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib borildi:
- ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;
- ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;
- ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi;
- e’tiqodi, dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatlari yaratilganligi;
- ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan holiligi8. O‘zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eskicha tafakkur, e’tiqodidan qutilgan, istiqlol uchun, o‘z ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi bo‘ldi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib, batamom yangi, jahonning ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlari yulidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog‘liq bo‘lib qoldi9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlab o‘tilganidek, «…yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi. Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik. Biz ushbu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog‘chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarishimiz lozim. Ko‘plab ota-onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11 yillik ta’lim qayta tiklandi . Respublikamizda 11 yillik orta talimning joriy etilishi hamda oliy talim qamrovining kengayishi, yoshlarni bosh yurishlsriga orin qoldirmadi. Bu oquvchiga ota ona bagrida bolib ham oqib ham ozi hohlagan hunarni egallashiga imkon beradi. Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi davrda ta’lim-tarbiya tizimini mutloqa yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladigan bir necha muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Prezidentimizning 2017-yil 30-sentyabrda qabul qilingan qaroriga muvofiq, yurtimizda birinchi marta Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Qisqa davr ichida ushbu tizimda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi, 980 dan ortiq bog‘cha qurilib, ishga tushirildi. Davlatimiz rahbarining 2018-yil 30- sentyabrda qabul qilingan «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori maktabgacha ta’lim tizimini yagona uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy dastur va texnologiyalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirishga xizmat qilmoqda. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qoshida Axborot va pedagogika texnologiyalarining innovatsion markazi, Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti, Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injenering kompaniyasi, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 9,7 mingta maktabda 5,2 million o‘quvchi ta’lim oladi, o‘quv-tarbiya va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 17-yul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida o‘qituvchining ijtimoiy mavqeini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi. Dunyo tajribasi ham buni tasdiqlaydi. Misol uchun, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Kanada kabi davlatlarda o‘qituvchining maoshi mamlakatdagi o‘rtacha oylikdan 1,5 barobar ko‘p. Mamlakatimizda esa o‘qituvchining maoshi umumiy o‘rtacha oylikning atigi 79 foizini tashkil etadi. Ta’lim sohasida so‘nggi 2017-2020-yillar ichida amalga oshirilgan muhim islohotlardan yana biri, bu umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohalaridagi tub o‘zgarishlardir. Bu borada 12 yillik majburiy ta’limga o‘tish natijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi bugungi kun talabalariga javob bermasligini va tubdan isloh qilishga muhtoj ekanligini ko‘rsatdi.
Ushbu sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida 2018-yil 25-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimini, tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2019-yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta ijod maktablari ish boshladi. 2019-yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 9,7 mingta maktabda 5,2 milliondan ortiq o‘quvchi ta’lim oldi, o‘quv-tarbiya va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qilmoqda. Ularning moddiy hayoti va jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini oshirish masalalariga ham alohida urg‘u berilgan. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 17-iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida o‘qituvchining ijtimoiy mavqeini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi.


  1. Download 158.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling