Mavzu: mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji guruh: pep 22/7 Guruh talabasi: Raximova Zuxra rеja: Mustaqillik yillarida Pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo’nalishlari


Download 0.54 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1584849
  1   2   3   4
Bog'liq
1 mavzu Raximova Zuxra


Mavzu: MUSTAQILLIK YILLARIDA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI
Guruh: PEP 22/7 Guruh talabasi: Raximova Zuxra
RЕJA:
1. Mustaqillik yillarida Pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo’nalishlari
2. Ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish haqida.

Mustaqillik yillarida pedagog kadrlarni tayyorlashning yangi tizimi ishlab chiqilib, uzluksiz ta’limda o‘qitish sifati va samaradorligini bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy, ma’naviy-axloqiy tayyorgarligi belgilab berishi haqidagi qat’i y xulosaga kelindi. Ana shu sababli ham “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi sifatida ta’lim sohasini tubdan isloh qilish uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash belgilab berildi”
Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning boy milliy madaniy-tarixiy an’analar, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy-pedagogik mexanizmlari ishlab chiqildi va ta’limni insonparvarlashtirishning ustuvorligi ta’minlandi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida insonparvar, demokratik xarakterdagi uzluksiz ta’lim tizimi joriy etildi. U birinchi navbatda Shaxsning ma’naviyati, qobiliyati, iqtidori, salohiyatini ro’yobga chiqarish, uni amaliyotga joriy etish uchun zarur Shart-Sharoitlar yaratishga qaratildi. Bu esa pedagogika fanining yangi metodologiyaga tayanilgan holda rivojlanishiga yo’l ochdi, pedagogik tadqiqotlar ko’lamini kengaytirdi, Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim nazariyasini ishlab chiqishga yo’naltirildi. Chunki pedagogika fani uchun ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb etilgan o’quvchi hamda talabalar o’zlashtirgan bilimlar hamda ularning intellektual rivojlanganligigi, axloqiy sifatlarni qay darajada egallaganliklari muhim ahamiyatga ega.
Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining ahamiyati beqiyos. Bunda insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib, tayanch kompetensiyalarni Shakllantirib borish lozim. Bugungi kunda zamonaviy ta’lim modeli jamiyatda erkin fikrlovchi Shaxsni shakllantirishga olib keladi. Bu esa hayotiy maqsadlariga ega va irodali, o‘z qadrini biladigan insonlarni tarbiyalash imkoniyatini beradi. Ta’lim va tarbiya muntazam ravishda zamon talablariga mos holda rivojlanib, yangilanib boraveradi. Shu o‘rinda uzluksiz ta’lim Sharoitida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o‘zligini namoyon qila oladigan kompetent kadrlarni tayyorlash vazifasi ustivorlik kasb etadi. Zamonaviy ta’lim modeliga asoslangan holda Davlat ta’lim standartlari qaytadan ko‘rib chiqildi. Takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlarida ta’lim oluvchilarda tayanch va predmetga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling