Mavzu: Mustaqillik yillarida qoraqalpog’iston respublikasi


Download 7.9 Kb.
bet2/3
Sana20.11.2023
Hajmi7.9 Kb.
#1787993
1   2   3
Bog'liq
Mavzu

1990 yil 14 dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi suvereniteti eʼlon qilindi. 1991 yil 31 avgustda bu holat "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi Qonunda oʻz aksini topdi. 1993 yil 4 dekabrda davlat madhiyasi tasdiqlandi. Milliy mustaqillik davrida respublika suverenitetining meʼyoriyhuquqiy asoslari mustahkamlandi, yangi maʼmuriy hokimiyat tuzilmalari faoliyati oʻrnatildi. Respublikada 17 shahar va tuman hokimiyati, fuqa-rolarning mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari tashkil etildi, 200 dan ortiq jamoat tashkilotlari ishlab turibdi. Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1995.25.12), "Adolat" Sotsial Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1996.27.02), "Fidokorlar" Milliy Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1999.22.01), Oʻzbekiston Liberal Demokratik partiyasi Qoraqalposhston Respublikasi tashkiloti (2004.23.01) hamda “Ekologik" partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti faoliyat koʻrsatadi.

Qoraqalpogʻiston Qizilqum choʻlining shimoli-gʻarbiy, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida. Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik boʻlib, qator tepa va qumli barxanlar (balandligi 75 m dan 100 m gacha) uchraydi. Alohida togʻ massivlari (eng, yirigi – Sulton Uvays togʻi, choʻqqilari 473 m va 485 m) bor. Sugʻoriladigan yerlar va sugʻorish kanallari, asosan, deltaning oʻng sohilida. Gʻarbida bir nechta botiqli (Borsakelmas, Asakaovdon botiqlarining balandligi 29–101 m) Ustyurt platosi joylashgan. Plato Orol dengizi va Amudaryo deltasiga tik yon bagʻirli jarlik – chinklar hosil qilib tushgan. Ustyurtdan janubi-sharqda Sariqamish soyligining shimoliy chekkasi joylashgan.

Qoraqalpogʻiston hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, qurilish va qoplama toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, sement, kon-ruda va kon-texnika xom ashyosi olinadi. Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud boʻlib, ular quyidagʻilardan iborat: elektroenergetika; yoqilgʻi sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashi-nasozlik va metallsozlik; oʻrmon. yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz; un-yorma va aralash yem; poli-grafiya sanoatlari. Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qoʻshni viloyatlarning elektr energiyasiga bulgan talabini qondiradi (stansiyaning oʻrtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996 yilda Qoʻngʻirot tumanida "Ustyurtgaz" korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilgʻi sanoati vujudga keldi. 2004 yilda respublika buyicha 1697,1 mln. m1gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi. 1993 yilda "Nukuskabel" ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qoʻngirot un zavodi (1993), "Toʻrtkoʻldon" (1997), kichik novvoyxonalar va makaron ishlab chiqarish korxonalari bunyod etildi.


Download 7.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling