Guruhdagi bolalarga oftolmologik karta tuzing.
|
Amaliy mashg‘ulot 5.
Mavzu: “Oziq-ovqatlar”
Ta’limiy maqsad: Mavzu orqali bolalar lug‘at boyligini oshirish, oziq-ovqatlarni xususiyatlari haqida tushuncha berish. Bolalarga mavzu orqali umumlashtirishga, yuz qiyofalarni o‘zgartira olishga o‘rgatish.
Korreksion maqsad: Bolalarni diqqati, tasavvuri, xotirasi, nutqni rivojlantirish. Mayda qo‘l matorikasini, kinestetik sezgisini rivojlantirish. Mavzuga oid so‘zlarni bolalar og‘zaki nutqida faollashtirish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalarni tejamkorlikka, o‘zgalar mehnatini qadrlashga o‘rgatish. O‘z-o‘ziga xizmat qilish malakasini shakllantirish. Bir-birini javobini diqqat bilan tinglashga o‘rgatish.
Jihoz: nonushtada yeyiladigan oziq-ovqat maxsulotlar, rasmi, mulyajlari.
Vaqt: 25-30 daqiqa.
Mashg‘ulotning borishi.
Tashkiliy qism.
Salomlashish.
-Hozir sizlar bilan ajoyib bir she’r o‘rganimiz. Harakatlarni ham birga qilamiz.
Salom oltin quyoshjon,
Salom tiniq osmonjon.
Salom quvnoq shamoljon,
Salom jajji nixoljon.
-She’r yoqdimi. Har doim ertalab turib, yuzimizni yuvamiz, kattalarga salom berib so‘ngra nonushta qilamiz.
II.Asosiy qism.
1.Yangi mavzu bayoni.
-Biz baquvvat, sog‘lom bo‘lib o‘sishimiz uchun turli oziq-ovqatlarni iste’mol qilishimiz kerak. Nonushtaga nimalar yedingiz?
-Juda yaxshi. Demak oziq-ovqat mahsulotlariga qand, shakar, saryog‘, sut, pishloq, go‘sht, tuxum, kolbasa, non, konfet kiradi. Shu oziq-ovqat maxsulotlari bilan nonushta qilar ekanmiz. Bundan tashqari oziq-ovqat mahsulotlariga turli taomlarni tayyorlashda ishlatiladigan maxsulotlar ham kiradi. Bular guruch, mosh, no‘xot, loviya, un, shakar, yog‘, tuz (rasmlar ko‘rsatiladi)
-Bu maxsulotlarimizdan oyijonlarimiz bizga mazali ovqatlar pishirib beradilar. Biz bu ovqatlarni mazza qilib yeb, qolganini uvol qilmasdan sovutgichlarda saqlashimiz kerak (bolalar bilan nonushtaga qanday stol tayyorlanishini birgalikda bajarib ko‘riladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |