Mavzu: Muxammas janri tahlili


Download 15.15 Kb.
Sana26.02.2023
Hajmi15.15 Kb.
#1232713
Bog'liq
Muzammas janri tahlili


Mavzu: Muxammas janri tahlili
Muxammas (ar. – “beshlik”) – har bandi 5 misradan iborat she’r shakli, a-aa-a-a, b-b-b-b-a, d-d-d-d-a... tarzida qofiyalanadi. Muxammas yaratilish xususiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) tab’i xud – mustaqil muxammas; 2) taxmis – g‘azalni beshlantirish asosida yaratiladigan muxammas. Tab’i xud muxammasda barcha misralar bir shoirning o‘zi tomonidan yaratiladi. Bunda ijodkor o‘zga shoir she’rini asos qilib olmaydi, balki o‘zi mustaqil ravishda beshlik yaratadi. Turkiy adabiyotda tab’i xud muxammasning ilk namunalari Hofiz Xorazmiy va Yusuf Amiriy ijodida uchraydi. Eykim, ko‘runur la’li labing shahd ila shakkar,
So‘z birla labi la’ling erur qandi mukarrar,
Santak sanamo yo‘qturur ruhi munavvar,
Ko‘ngul olg‘uchi qadi chu (sihiy) sarvu sanavbar
Kim, bo‘lsa sochi sunbulu yuzi guli ahmar.
Ey sarvi sumansoqki, shirin dahaning bor,
Gulning tanitak nozuku zebo badaning bor.
Gasht etgali jonimning ichinda chamaning bor,
Gul yuzunga bulbul biki zore chu maning bor
Aylama gul avroqi bikin xotirim abtar (Hofiz Xorazmiy)
Taxmisda muallif o‘zga shoir yoki ba’zida o‘z g‘azalini asos – zamin qilib olib, shu mavzuni davom ettirgani holda, vazn, qofiya va radifni saqlab qolib beshlik yaratadi. Bunda asos qilib olingan g‘azaldagi har baytning yuqori qismiga uch misra qo‘shiladi. Maqta’ bandda taxmis bog‘layotgan shoirning taxallusi ham keltiriladi. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritilgan 10 ta muxammasidan barchasi taxmis shaklida bo‘lib, ulardan 3 tasi “malik ul-kalom” Lutfiyga, qolgan 7 tasi esa o‘zining mashhur g‘azallariga bitilgan. O‘zga shoir g‘azaliga taxmis bog‘langanda muxammasning so‘nggi bandida g‘azal muallifi va uni beshlantirayotgan shoir taxalluslari keltiriladi. Masalan, Alisher Navoiyning Lutfiy g‘azali asosida yozilgan muxammasining birinchi va oxirgi bandi quyidagicha:
Sharbati yuhyil izom erni mayi nobindadur,
Surai “vashshams” tafsiri yuzi bobindadur,
Sharhi “mozog‘ulbasar” nargislari xobindadur,
Laylatul me’rojning sharhi sochi tobindadur,
Qoba qavsayn ittihodi qoshi mehrobindadur…
Har gado egnida bo‘lsa eski to‘n yo choki jayb,
Bilmay asli niyatin qilmoq g‘alatdur shakku rayb,
Ey Navoiy, chun sanga ma’lum emastur sirri g‘ayb,
Lutfi(y)ni mayxonada oshufta ko‘rsang, qilma ayb
Kim, bu majnun ixtiyori zulfi qullobindadur.
O’zbek adabiyotida Uvaysiy, Nodira, Ogahiy, Amiriy kabi shoirlar taxmischilikka munosib hissa qo’shdilar. Musaddas (ar. – oltilik) – har bandi 6 misradan iborat she’r shakli, a-a-a-aa-a, b-b-b-b-b-a, d-d-d-d-d-a... yoki a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-a-a... tarzida qofiyalanadi. Musaddasning ikkinchi usulda qofiyalanishi ko‘pincha so‘nggi ikki misraning naqarot tarzida har bir band oxirida takrorlanib kelishi bilan bog‘liq (mutakarrir musaddas). Musaddas ham muxammas singari yaratilish xususiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: tab’i xud – mustaqil musaddas va tasdis – g‘azalni oltilantirish asosida yaratiladigan musaddas.
Download 15.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling