Mavzu: Muzliklar va ularning ahamiyati. Muzliklar va ularning turlari Muzlik turlari haqida umumiy ma’lumotlar


Download 171.91 Kb.
bet1/4
Sana01.06.2020
Hajmi171.91 Kb.
#112626
  1   2   3   4
Bog'liq
Muzliklar va ularning ahamiyati


Mavzu: Muzliklar va ularning ahamiyati.

1. Muzliklar va ularning turlari

2.Muzlik turlari haqida umumiy ma’lumotlar.

3. Muz qoplash turlari

4. Muzliklarni geologik relefni o’zgarishi.

KIRISH


Muzlik yillab, asrlab qor yigʻilishi uning ablatsiyasidan (erish va sublimatsiya) oshib ketgan yerlarda shakllanadigan doimiy katta muz jismidir. Muzlik yuzasi kamida 0.1 km², qalinligi esa 50 m boʻladi, u bunday vazn ostida asta-sekin deformatsiyalanadi va oqadi, unda darz va teshiklar paydo boʻladi. Muzlik oqishi natijasida kar va morenalar yuzaga keladi. Muzliklar quruqlikda vujudga keladi, suv havzalaridagi katta muz boʻlaklari esa dengiz muzi deyiladi. Muzliklarni oʻrganuvchi fan sohasi glatsiologiya deyiladi. Muzliklar global kriosfera uchun muhimdir.

Muzlik — sharoit qulay joylarda qor toʻplanishidan hosil boʻlib, qiya tomonga siljib turuvchi muz massasi. Qor chegarasidan yuqorida relyefning botiq joyida toʻplanadigan qorning zichlanishidan vujudga keladi. Yer yuzasida hozirgi vaqgdagi M.lar maydoni 16,1 mln. km² dan ortiq (qarang Muzliklar). M.lar joylashgan oʻrni va shakliga koʻra togʻ M. va tekislik M.ga boʻlinadi. M. ni-shab tomonga surilib turadi. 1 ° qiyalikda yerda M. siljishi uchun kalinligi 55–60 m boʻlishi kerak. 45° qiyalikda 1,5–2 m kalinlikdagi muz siljiydi. M.ning siljish tezligi muz temperaturasiga, joyning qiyaligiga va muz qalinligiga bogʻliq. M. kuniga bir necha mm dan 2–3 m gacha siljishi mumkin. Togʻ muzliklari daryolarni suv bilan toʻyintiruvchi manbadir. Baʼzan siljib borib, vodiylarni toʻsib qoʻyadi va suv toshqinlariga sabab boʻladi.[1]

Yer sayyorasidagi muzliklarning 99% i qutb mintaqalarida yotadi, biroq muzliklarni har qitʼadagi togʻlarda va baʼzi baland orollarda ham uchratish mumkin. 35° shimoliy va 35°S janubiy kengliklar orasida muzliklarni faqat Himoloy, And, Sharqiy Afrikadagi baʼzi baland togʻlar, Meksika, Yangi Gvineya va Eronda topish mumkin.[2]

Muzliklar Yerdagi eng katta chuchuk suv zahiralaridir, ulardagi suv dunyo aholisining uchdan bir qismiga yetadi.[3] Aksariyat muzliklar suvni bir fasl davomida saqlab, boshqa faslda erib chiqaradi, bu erigan suv oʻsimlik va hayvon dunyosi uchun kerakli suv manbaidir.


Muzliklar — siljib turadigan tabiiy muz toʻplamlari. Bir sutkada bir necha sm dan oʻnlab m gacha siljiydi. M. koʻp yillar davomida toʻplangan krrlardan paydo boʻladi. Qutb oʻlkalarida (Antarktida, Grenlandiya va shim. orollarda) kalinligi 2 –3 km ga yetadigan muz qatlamlari hosil boʻladi. M. morfologik jihatdan 3 turga: yer usti muzligi, togʻ muzligi va qirgʻokdagi dengizga tomon yastanib yotgan shelf turidagi muzlikka boʻlinadi. Togʻ muzligining yiriklari: Alyaskadagi Bering (170 km), Pomirdagi Fedchenko (77 km), Qoraqurumdagi Siachen (75 km) va boshqa Eng yirik togʻ muzligi Oʻrta Osiyo togʻlarida. Yer yuzidagi M.ning umumiy maydoni 16,1 mln. km² dan koʻproq (quruklikning taxminan 11%), hajmi taxminan 30 mln. km3. Shundan 15 mln. km² kugb muzligi hisoblanadi. Tyanshanda 8622 km², Pomirda 8400 km², Kata Kavkazda 1430 km² , Frans-Iosif yerida 13735 km², Novaya Zemlyada 22423 km². Severnaya Zemlyada 12472 km², Kamchatkada 866 km², Oltoyda 800 km² dan koʻproq muzlik bor.

M. koʻrinishi va xususiyatlari jixatidan ham boʻlinadi. Mas, ostki qavati qattiq muzdan iborat firn muzligi, soʻngan vulkan kraterlarida joylashgan kaldera muzligi, yuqori qismiga qor toʻplanadigan havza, quyi qismi muzlik tilidan iborat vodiy muzligi va X..K. Bulardan tashqari, vodiyda sharsharaga oʻxshab osiliv turgan osma vodiy muzligi, togʻning ikki yon bagʻriga oqib tushgan xurjun shaklidagi muzlik (Pomirdagi Nalivkin muzligi), yassitogʻlarda joylashgan Skandinaviya tipidagi muzlik, materikni qoplab olgan Grenlandiya tipidagi materik muzligi (Arktika va Antarktidada) bor. M. chuchuk suv manbai hisoblanib, ayniqsa, qurgʻoqchil r-nlarda (mas, Oʻrta Osiyoda) katta ahamiyatga ega. Oʻrta Osiyo togʻlarida 7000 gayaqin kattakichik M. bor. Ularda taxminan 2000 km3 suv boʻlib, u Oʻrta Osiyo daryolaridan deyarli 12 yil davomida oqadigan suv miqdoriga teng . Oʻzbekistondagi koʻpgina yirik daryolar, mas, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Soʻx va boshqa M.dan boshlanadi va respublika xalq xoʻjaligidagi shirkat va dehqon fermer xoʻjaliklari yerlarini .suv bilan taʼminlashda katta ahamiyatga ega. M.dagi suv resurelaridan toʻgʻri va ratsional foydalanish uchun muzlik rejimini, tashki va ichki jarayonlarini bilish lozim. Bu ishlar bilan asosan, glyasiologiya fani shugʻullanadi.



1.1.Muzlik turlari haqida umumiy ma’lumotlar.

Qattik atmosfera yog’inlarning (qor) to’planishi va qayta o’zgarishi natijasida yer yuzasida hosil bo’lgan tabiiy kristall moddalarni muz yoki muzlik deb ataladi. Suv faqat suyuq holda emas, balki qattiq - muz holatida ham katta geologik ish bajaradi. Suv singari muz ham yer yuzasi relьefini o’zgartiradi. Bunda o’ziga xos muzlik landshafti va morena yotqiziqlari vujudga keladi.

Hozirgi davrda yer shari yuzasining 10 foyiziga yaqini doimiy muzliklar bilan qoplangan bo’lib, asosiy qismi materik qutbiy o’lkalariga (Grenlandiya, Antarktika), ozrog’i esa baland tog’ muzliklariga to’g’ri keladi. Muz bosish davrlarida yer yuzasining katta qismini muzlar qoplab olgan.

Muz faoliyatini geologik omil sifatida o’rganish yer yuzasining hozirgi holatini ancha to’liq bilib olishga, shu bilan birga u paydo bo’lganidan beri turli davrlarda qanday o’zgarib kelganligini aniqlashga yordam beradi.

Muzlik asosan uch xil geologik ish bajaradi:

- tog’ jinslarini yemiradi.

- yemirilgan jinslarni tashiydi.

- tashib kelinayotgan jinslarni to’playdi.

Ushbu jarayonlarning majmuasini tog’li o’lkalardagi muzliklar faoliyatida ko’rish mumkin.

Tog’ jinslarini bir joydan ikkinchi joyga ko’chiruvchi hamda ularni yotqizuvchi, ya’ni yer yuzasida harakatlanuvchi eng kuchli agentlardan biri muzlikdir. Muzliklar yo baland tog’larda, yoki qutblarga yaqin yerlarda uchraydi. Muzlik odatda qor chizig’idan yuqorida, relьefning yassi va pastkam joylarida vujudga kelishi asosan iqlim sharoitiga bog’liq. Tog’li o’lkalarda muzlikning qalinligi chetlariga qaraganda markaziy qismida katta bo’ladi.



Muzlik doimiy qor chegarasidan pastda bo’lishi ham mumkin, bunda muzlik vodiyga siljib tushgan bo’ladi. Hozirgi vaqtda Yer sharidagi barcha muzliklarning umumiy maydoni quruqlikning 16 million 215 ming km2 ni tashkil etadi. Bu Avstraliya maydonidan ikki marta kattaroqdir. Agar bu muzlik erisa, Dunyo okeanining sathi 50 metrdan ortiqroq ko’tarilar edi.

Muzlik turlari. Yer sharidagi barcha muzliklarniig 99,5% qutblarga va qutb yaqinidagi o’lkalarga (materik qoplama muzligi), faqat 0,5% o’rtacha va tropik mintaqalardagi baland tog’li hududlarga to’g’ri keladi. Yer yuzasidagi barcha muzliklar shakliga va harakatning xarakteriga ko’ra uchta guruhga bo’linadi. Bular - materik muzliklari yoki qoplama muzliklar, tog’ muzliklari hamda vodiy muzliklaridir.

Materik muzliklari - qutb o’lkalarida tarqalgan bo’lib, ular tog’larni ham, tekislik va pasttekisliklarni ham yoppasiga qoplab yotadi. Bunga sabab qutblarda va qutb atrofidagi joylarda haroratning yil bo’yi juda past bo’lishidir. Antarktikani va Grenlandiyani qoplab yotgan muz qalqoni bunga misoldir



Materik muzligi. http://www.segodnya.ua

Download 171.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling