Vodiy muzliklari – tog’ tizmalari orolig’idagi vodiylarni egallab, tog’lardagi eng katta muzliklarni vujudga keltiradi. Ular daryo vodiylarining yuqori qismlarida joylashadi. Vodiy muzliklari oddiy (alьp tipida) va murakkab yoki sertarmoq, (Himolay tipida) bo’ladi. Oddiy vodiy muzliklari bitta yaxlit muzlik oqimidan iboratdir (153-rasm). Ba’zan bir qancha muzliklar bir - biriga qo’shilib sertarmoq yoki daraxtsimon muzliklarni tashkil etadi. Bunda ikkita tog’ tizmasi orasidagi asosiy muzlikka har ikki yondan kichik muzliklar kelib qo’shiladi. Sertarmoq tog’ muzliklariga dunyodagi eng katta vodiy muzliklaridan Qoraqar tog’ligidagi Siachen muzligi (uzunligi 75 km), Pomir tog’idagi Fedchenko muzligi (98 km), Tiyon-SHon tog’laridagi Inilchik muzligi (uzunligi - 80 km) misol bo’laoladi. Ba’zan vodiy muzliklarining bir qismi pastga tushib keladi.
Tog’ muzliklari Yer yuzida muz bilan qoplangan barcha hududning salkam 2% ni egallaydi. Tog’ tepalarining yassilanib qolgan joylarida paydo bo’ladigan muzliklar o’ziga xos tog’ muzligini tashkil etadi.
Vodiy muzligi. http://www.segodnya.ua
|
Do'stlaringiz bilan baham: |