Arterial bosimni o‘lchaydigan qurilmaning tuzilishi:
M – manjeta
N - havo haydagich
T – simobli manometr, ya’ni sfigmоmanometr yoki
membranali manometr– sfigmotonometrdan iborat
TEXNIK XAVFSIZLIK BO‘YICHA KO‘RSATMALAR:
1. Sistemadagi bosimni 260 mm. sim. ust.dan oshirib yuborish taqiqlanadi. Bu holat asbobdagi simobni filtr orqali tashqariga chiqarib yuborishi mumkin.
2. Asbobni mustaqil tuzatish man qilinadi.
Ish tartibi:
1. Qo‘lning tirsakdan yuqori qismiga manjetani aylantirilib o‘raladi va ilmoq bilan mahkamlab qo‘yiladi.
2. Noksimon havo yuboruvchi yordamida manjetaga havo yuboriladi va asbobda 160 – 180 mm sim. ust. teng bo‘lgan bosim hosil qilinadi.
3. Fonendoskop membranasini tirsak o‘ymasidagi arteriyaga qo‘yiladi.
4. Noksimon havo yuboruvchi vintini ochib, bosim sekin kamaytiriladi (o‘lchami uchun yetarli tezlik olinadi). Shu bilan bir vaqtda fonendoskopdan tovush eshitilib turiladi.
Ish tartibi:
5. Birinchi tonning hosil bo‘lishi bilan ( qon siqilgan arteriyadan o‘tadi) manometrning shu nuqtasi belgilanadi, bu sistolik bosim – Ps bo‘ladi.
6. Keyingi bosim tushishida asbobda oxirgi tovush (ton) belgilanadi. Bu diastolik bosim Pd bo‘ladi. Olingan Ps va Pd bosimlar jadvalga kiritiladi. (Jadval ilovada keltirilgan)
7. Manjetadagi qolgan havoni tez chiqarib yuborish uchun mufta ajratib yuboriladi.
8. Tajriba uch marta takrorlanadi.
JADVAL:
Natijani quyidagi ko’rinishda yozing:
Nisbiy xatoliklarni quyidagi formula asosida hisoblang:
Mavzu bo’yicha nazorat savollari:
1. Qanday bosim sistolik bosim deyiladi?
2. Qanday bosim diastolik bosim deyiladi?
3. Pul’s to‘lqini deb nimaga aytiladi? Pul’s to‘lqini tezligi nimaga bog’liq?
4. Qonning kinetik energiyasi nimaga teng va u nimaga sarflanadi?
5. Qonning potensial energiyasi nimaga teng va u nimaga sarflanadi?
6. Yurakning ishi nimaga teng?
7. Yurakning quvvati qanday ifodalanadi?
8. Qon bosimini aniqlashning qanday usullarni bilasiz?
9. Fonendoskopning tuzilishini tushuntiring.
10. Ish tartibini gapirib bering.
11. Sun’iy qon aylanish sistemasini, uning ishlash prinsipini gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |