Mavzu: Nabi Jaloliddin. “Ota” hikoyasi: Muallif hayoti va ijodi. “Asarni oʻqishga tayyorlanamiz” bosqichi topshiriqlari bilan ishlash


Download 33.66 Kb.
bet3/6
Sana22.01.2023
Hajmi33.66 Kb.
#1108447
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism

3 daqiqa

Oʻtilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

20 daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

8 daqiqa

Darsni yakunlash

2 daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

2 daqiqa



Darsning borishi (reja):



  1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash.

Dars shiori: Ota — oila ustuni. (Xalq maqoli)
Sinf oʻquvchilari 3 guruhga boʻlinadi hamda I guruh “Mehr”, II guruh “Muruvvat”, III guruh “Oqibat” deb nomlanadi. Oʻquvchilarning dars davomidagi ishtiroki “Ofarin”, “Barakalla”, “Intiling” kartochkalari yordamida baholab boriladi.

  1. Oʻtilgan mavzuni takrorlash.

Oʻtilgan mavzuni takrorlash “Tilsim” koʻrgazmasi orqali amalga oshiriladi.
Oʻqituvchi: “Tilsim” koʻrgazmasi umumiy oʻrta ta’limning DTS talablari bilan belgilab berilgan adabiyot ta’limidan koʻzlangan maqsadni amalga oshiradi. Adabiyot olamidagi har bir adib ijodi — misoli tilsim. Bu tilsim sehrini ochish uchun siz shu adib haqida toʻliq ma’lumotga ega boʻlishingiz, uning mashhur asarlarini bilishingiz lozim.
Aziz oʻquvchilar! Koʻrgazmamizning pastki qismida arxiv-uyachalar boʻlib, unda bir nechta shoir va yozuvchining tugʻilgan yili, joyi, ilk asari, ish faoliyati, asarlari, mukofotlari, eng mashshur asari, vafot etgan sanasi aks etgan tarqatmalar aralash holda joylashtirilgan. Siz oʻrganayotgan sevimli adibimiz ijodiga oid ma’lumotlarni arxiv-uyachalardan olib, koʻrgazmaning asosiy qismiga joylashtirishingiz kerak boʻladi.
Guruhlar baholab olingach, oʻqituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi.

Download 33.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling