Darsning borishi (reja):
Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash.
Dars shiori: Ota — oila ustuni. (Xalq maqoli)
Sinf oʻquvchilari 3 guruhga boʻlinadi hamda I guruh “Mehr”, II guruh “Muruvvat”, III guruh “Oqibat” deb nomlanadi. Oʻquvchilarning dars davomidagi ishtiroki “Ofarin”, “Barakalla”, “Intiling” kartochkalari yordamida baholab boriladi.
Oʻtilgan mavzuni takrorlash.
Oʻtilgan mavzuni takrorlash “Tilsim” koʻrgazmasi orqali amalga oshiriladi.
Oʻqituvchi: “Tilsim” koʻrgazmasi umumiy oʻrta ta’limning DTS talablari bilan belgilab berilgan adabiyot ta’limidan koʻzlangan maqsadni amalga oshiradi. Adabiyot olamidagi har bir adib ijodi — misoli tilsim. Bu tilsim sehrini ochish uchun siz shu adib haqida toʻliq ma’lumotga ega boʻlishingiz, uning mashhur asarlarini bilishingiz lozim.
Aziz oʻquvchilar! Koʻrgazmamizning pastki qismida arxiv-uyachalar boʻlib, unda bir nechta shoir va yozuvchining tugʻilgan yili, joyi, ilk asari, ish faoliyati, asarlari, mukofotlari, eng mashshur asari, vafot etgan sanasi aks etgan tarqatmalar aralash holda joylashtirilgan. Siz oʻrganayotgan sevimli adibimiz ijodiga oid ma’lumotlarni arxiv-uyachalardan olib, koʻrgazmaning asosiy qismiga joylashtirishingiz kerak boʻladi.
Guruhlar baholab olingach, oʻqituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |