Mavzu: Nabi Jaloliddin. “Ota” hikoyasi: Muallif hayoti va ijodi. “Asarni oʻqishga tayyorlanamiz” bosqichi topshiriqlari bilan ishlash


Download 33.66 Kb.
bet4/6
Sana22.01.2023
Hajmi33.66 Kb.
#1108447
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ Microsoft Word

III. Mavzu jarayoni:
Oʻquvchilarga Nabi Jaloliddin hayoti va ijodi, “Ota” hikoyasini sirtdan oʻrganish boʻyicha tayyorlangan slayd namoyish etiladi.
(Ovoz kuchaytirgich orqali mumtoz musiqa yangrab turadi)
Oʻqituvchi internetdan olingan ma’lumotlar asosida mavzuni tushuntiradi:
Zamonaviy o‘zbek adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri, shoir, yozuvchi va rassom Nabi Jaloliddin 1962-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ota-onasidan erta judo bo‘lgan yozuvchi qishloqdagi rassomchilik maktabinternatida o‘qishini davom ettirishga majbur bo‘ldi. U yoshligidan rasmlar chizishni mashq qildi, she’rlar yoza boshladi. O‘n olti yoshida ilk she’ri tuman gazetasida bosilib chiqdi. Harbiy xizmatdan keyin Nabi Jaloliddin Toshkent davlat universitetida (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) tahsil oldi. Oliygohda o‘qish bilan birga maktabda o‘qituvchilik qildi, so‘ng esa bir qancha nashriyotlarda faoliyat olib bordi.
Proyektor orqali ota haqidagi videolavha oʻquvchilar e’tiboriga havola etiladi.
Shundan soʻng “Ota” hikoyasining bir qismining audiomatni eshittiriladi.
Rolli oʻyinlar” usuli asosida I guruh “Ota-bola suhbati: buyurish”, II guruh “Ota-bola suhbati: javob soʻrash”, III guruh esa “Ota-bola suhbati: iltimos qilish” voqeliklarini sahnalashtirib koʻrsatadi.
Oʻquvchilar sahna ko’rinishini ijro etgandan soʻng ularning mazmunini yoritib beradi.
Oʻyla, izla, top!” usuli orqali oʻquvchilarning adabiyot daftarlariga darslikdagi lugʻat soʻzlar yozdiriladi. Oʻquvchilar bu soʻzlarning ma’nolarini yozishlari kerak boʻladi. Shundan soʻng lugʻat soʻzlar ma’nolari elektron doskada aks ettiriladi va oʻquvchilar oʻz-oʻzini baholash asosida tekshiradilar.
Lugʻat bilan ishlash:
yandi — koyidi
nimcha — “namuncha” demoqchi
jijisiminan — “chaqalog‘i bilan” demoqchi
dilbuzar — “televizor” demoqchi
dilbuzar — “televizor” demoqchi

Download 33.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling