Yo’tal paydo bo’lish sabablari quyidagilardir: Nafas yo’llari yallig’lanish kasalliklari: laringit, traxeit, bronxit, bronxiolit, bronxial astma, zotiljam, o’pka abssessi va boshqalar. Organizmga allergenlar(o’simliklar changi, chang hasharotlar, kir yuvish kukuni va h.k.)ning kirishiga immun javob. Mexanik ta’sirlanish sabablari – pnevmokoniozlar, yot jism tiqilib qolishi hisobiga yuzaga keladi. Nafas organlari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni ko’zdan kechirish va parvarishlash 2 yo’nalishda olib boriladi: - Umumiy tadbir – har qanday kasallik bilan kasallangan bemorlarda quyidagi parvarish va kuzatuv chora tadbirlari olib boriladi:
- Bemorni ahvolini ko’zdan kechirish
- Termometriya
- Arterial qon bosimi va puls nazorati
- Harorat varaqasini to’ldirish
- Bemorning shaxsiy gigiyenasiga rioya qilish
- Tuvak tutish
2) Maxsus tadbirlar – bu nafas organlari kasalligi simptomlari (hansirash, yo’tal, qon qusish va og’riq) bilan og’rigan bemorlarni kuzatish va parvarish qilish choralaridir. Nafas olish sonini sanash bolaga bildirilmagan holda o’tkaziladi, ko’krakka yoki qoringa qo’l qo’yib, chaqaloqlar va ko’krak yoshidagi bolalarda – nafas olish sonini bolaning burniga stetoskopni qo’yib (uyqu vaqtida) aniqlash ham mumkin. Sog’lom bolalarda nafas olish soni(daqiqada): Chaqaloqlar – 40-60 ta 6 oy – 35-40 ta 1 yosh 30-35 ta 4-6 yosh – 24-26 ta 10-12 yosh – 18-20 ta 13-15 yosh – 16-18 ta Nafas yo’liga yot jism tiqilganda birinchi yordam 1 yoshdan kichik bolalarda nafas yo’llariga yot jism tiqilganida birinchi yordam ko’rsatish: Bolani qorin sohasi bilan bir qo’lingizga oling. Yuzi sizning kaftingizga qaragan bo’ladi. Bolaning boshi tanasiga nisbatan pastroqda bo’lishi lozim. So’ng ikki kurak oralig’i sohasiga ikkinchi qo’lingiz bilan 5 marotaba kuchli sirpanuvchi harakat bilan uring.
Do'stlaringiz bilan baham: |