Ekspirator harsillash – nafas qisishi sababli olingan havoni tashqariga chiqarilishining qiyinlashuvi. Bu holat nafas yo’llari ichida shilliq bo’lganda kuzatiladi. Issiqdan harsillash – tashqi muhit harorati ko’tarilganida nafas olishning tezlashuvi bo’lib, issiq havo tana haroratini turg’un holda saqlashga xizmat qiladi. Aralash harsillash – nafas qisishi sababli nafas olish va chiqarishning qiyinlashuvi. Bu o’pkada nafas olish yuzasining kichrayib qolishi bilan bog’liq. Nafas qisilishi (grek, asthma – og’ir qisqa nafas) – harsillashning turlicha o’tkir xurujini umumiy nomi. Nafas yo’llari og’rig’i sababli o’pkadagi bo’g’ilish xuruji ro’y berishi (bronxial astma) nafas yo’llari bo’g’ilishi deyiladi. Bemorda nafas qisishi yoki entikib qolish ro’y berganda, hamshira zudlik bilan davolovchi shifokorga bemorning harsillash turini, nafas tezligini, o’zi kuzatgan holatni yetkazib, bemor yengil tortishi uchun chora ko’riladi. Bemor atrofida sokin, osoyishtalik yaratib, bemor va uning atrofidagilar tinchlantiriladi. Bemorga yarim o’tirgan holatida boshini ko’tarib, karavotga suyantirib qo’yiladi. Bemorni siqib turgan kiyimlar bo’lsa, kiyimlardan ozod qilinadi. Xona oynasini qiya qilib ochib qo’yiladi va xona shamollatiladi. Bemorda nafas qisishi yoki entikib qolish ro’y berganda, hamshira zudlik bilan davolovchi shifokorga bemorning harsillash turini, nafas tezligini, o’zi kuzatgan holatni yetkazib, bemor yengil tortishi uchun chora ko’riladi. Bemor atrofida sokin, osoyishtalik yaratib, bemor va uning atrofidagilar tinchlantiriladi. Bemorga yarim o’tirgan holatida boshini ko’tarib, karavotga suyantirib qo’yiladi. Bemorni siqib turgan kiyimlar bo’lsa, kiyimlardan ozod qilinadi. Xona oynasini qiya qilib ochib qo’yiladi va xona shamollatiladi. Nafasi qisgan bemorlarga shifokor tavsiyasiga ko’ra cho’ntak ingalyatori beriladi, nafas yo’lini sun’iy ochish uchun undan qanday foydalanish lozimligi tushuntiriladi. Yo’tal – murakkab reflektor jarayon. Ko’krak bo’shlig’i pardasi va nafas yo’llari retseptorlari qo’zg’alishida vujudga keladi. Yo’tal refleksi nafas yo’llarining turli omillari – shilimshiqlar, bronxlar qisqarishi, siqilishi, og’iz bo’shlig’ining shilliq qatlami qurishi sababli paydo bo’ladi. Yo’tal turtkisi birdaniga qattiq nafas chiqarish natijasida ko’krak qafasi devorining turtilishi yoki tovush boylamlari chuqurchasida tiqilib qolgan nafas to’satdan ho’l balg’am va tana yot jismlari havosi bilan birga og’izdan chiqib ketishini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |