Mavzu: Nafas olish organlari kasalliklari va ularning oldini olish choralaari Reja


Download 16.2 Kb.
bet3/4
Sana13.03.2023
Hajmi16.2 Kb.
#1265758
1   2   3   4
Bog'liq
4-ma\'ruza

Etiologiyasi. Kasallikni kelib chiqishiga kokklar, viruslar sabab bo’ladi.
Klinikasi. Tomoq yo’llarida og’riq paydo bo’ladi, bodomcha bezlari shishadi, qizaradi, limfa tugunlari kattalashadi, bezillaydi tana t° si ko’tariladi.
Profilaktikasi. Chiniqtirish, angina bo’lgan bolalarni ajratib qo’yish. Bolalar muassasalarida tomoq yo’llarini har kuni muntazam kuzatib boorish kerak.
Surunkali tonzillit.
Anginaning ko’p marta qaytalishi natijasida bodomcha bezlari gipertrafiyaga uchraydi, kattalashadi, yiringli yallig’lanish paydo bo’ladi. Maxalliy belgilarga nisbatan umumiy zaxarlanish ko’proq kuzatiladi. Bu holat surunkali infeksiya o’chog’I sifatida turli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Profilaktikasi. Chiniqtirish usullarini o’tkazish. Jarrohlik yo’li bilan murtak bezlarini olib tashlash kerak.
Sinusitlar. Yordamchi burun oldi bo’shliqlarini yallig’lanishi (gaymor bo’shlig’I, g’alvirsimon bo’shliq – gaymorit, frontit).
Klinikasida og’riq paydo bo’ladi. Burundan yiringli shilimshiq oqadi, t° si ko’tariladi.
Profilaktikasi. Yuqori nafas yo’li kasalliklarini vaqtida davolash, chiniqtirish kerak.
Allergiya. Organizmni tashqi muhit faktorlariga nisbatan sezuvchanlikni oshirish (ximiyaviy moddalar, mikroblar, oziq – ovqatlar va boshqalar). Aholini 10% dan ortig’I hozirgi vaqtdaallergiya bilan kasallangan. Allergiya ekzogen va endogen (tashqi va ichki) allergiyaga bo’linadi.

  1. Biologik allergiyalarga mikroblar, viruslar, zamburug’lar, vaksinali preparatlar, zardoblar kiradi.

  2. Dorili allergiyalarda har bir dori preparatidan allergiya kelib chiqishi mumkin.

  3. Maishiy allergiyalar uy change, sochlar, hayvon juni nafas yo’li allergiyasini keltirib chiqaradi.

  4. Changli allergiyalarga o’simlik changlari kiradi.

  5. Ovqat allergiyalariga ovqat mahsulotlari, tuxum qulupnay, shokolad va hokazolar kiradi.

  6. Fizik allergiyalarga issiq, sovuq va boshqalar natijasida organizmda ma’lum bir moddalar ishlab chiqarilib, shu moddalar allergiyalarga sabab bo’ladi.

Davo ishlari allergolog vrach tomonidan olib boriladi.

Download 16.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling