Mavzu: Nanomateriallarni amaliyotda qo‘llash


mashina)lar asosiy rolni o’taydilar


Download 372.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana18.12.2022
Hajmi372.08 Kb.
#1031368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nanomateriallarni amaliyotda qo‘llash

mashina)lar asosiy rolni o’taydilar.



4.Avtomobillarning ishlashini yaxshilash 
uchun nanomateriallarni qo‘llash.

Nanorobot atomlarni qurilish materiali sifatida ishlatib, inson uchun nimaiki lozim bo’lsa barchasini ishlab chiqaradi. 
Ochlik, kasalliklar, atrof muhitning ifloslanishi va shu kabi boshqa barcha illatlar o’tmishga aylanadi. Odamlar dam 
olib, nanorobotlar ish bilan band bo’ladilar. Nanomashina (ularni axborot vositalarida turlicha atashadi: nanobot, 
nanorobot, molekulyar mashina) lar yasash g’oyasi juda va mantiqan benazirdir. Gap shundaki, nanodarajada materiya 
ustida amal bajarishda ishlab chiqaruvchilar uchun «qalin barmoq»lar muammosi tug’iladi. Agar hatto inson soch 
tolasining diametri, bu-bir necha ming nanometr ekanligini nazarda tutsak, unda nanometr bilan operatsiya 
o’tkazuvchi asbob qanday bo’lishini tasavvur qilib ko’ring.

Bugun biz alohida atomlar ustida amallar bajara olamiz, biroq «avtomatlishtirish» rejimiga o’tmay turib, biror 
murakkab matoh (detal)ni yasash amri mahol, chunki atomlar son-sanoqsizdir. Oddiy, lekin boshqariluvchi va yana 
aynan akustik, elektromagnit va boshqa signallar bilan boshqariluvchi-mexanizmlar yaratish orqali o’ziga xos «minni 
yig’uvchi-konveyer» sexini ishga tushirish maqsadga muvofiqdir. 
Nanokompyuterlar boshqaruvchi ostida o’ziga monandlarini va yoki o’zidanda murakkabroq strukturalarni barpo 
qiluvchi nanomashinalarning tabaqalashtirilgan butun boshli oilasi yaratish ishini taxmin qilinmoqda. 
Nanokompyutarlarning yaratilishiga monelik qiluvchi prinsipial yoki fantastik qiyinchiliklar mavjud emas, uning eng
foal elektron elementlari allaqachon laboratoriya sharoitida tayorlanib, ular ustida sinov tadqiqotlari olib borilmoqda. 
Bazi hisob-kitoblar molekulyar robotlarning yaqin o’n yillar ichida paydo bo’lishidan darak bermoqda. Ularning 
yordamida barcha kasalliklarga (eng avvalo qarish jarayoni bilan bog’liq bo’lganlariga) yoki hech bo’lmaganda ularning 
katta qismiga butunlay barham beriladi. Bunda gap-oz emas, ko’p emas individual barhayotlik (yani hech qachon 
o’lmaslik) haqida bormoqda. Turli mulohazalarga ko’ra, bu yigirma birinchi asrning uchinichi yoki to’rtinichi choragida 
yani maksimum 50-75 yildan so’ng sodir bo’ladi deb taxmin qilinmoqda.



Albatta taxmin, bashorat va nazariy baxolashlar o’z yo’li bilan lekin barchani eng avvalo 
Nanotexnologiyalarning bugungi kunda bevosita qo’lga kiritayotgan yutuqlari qiziqtiradi. 
Ehtimolki «birinchi qadam»larning eng yorqin tasuroti-deyarli nanotexnologiya asosida-Intel
va boshqa kampaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan protsessorlar bo’ldi, desak 
adashmaymiz. Keyingi yillar sensorli ishlab chiqarishida – nanometrli texprotsessor, 
grafiklovchi protsessor va xotira mikrosxemalarining o’zlashtirilishi bu soha uchun hal 
qiluvchi ahamiyatga ega. Nanotexnologiyalarning dunyodagi «birinchi qadamlar» ini izchil 
kuzatmoq uchun bu soha bo’yicha yig’ilgan yangiliklarga nazar solaylik.

Nanorobotlarning eng baland parvoz bir orzusi sanalgan-molekulyar masshtabdagi 
motorlarni yasash, birinchi bo’lib, amerikalik olimlar tomonidan ro’yobga chiqarildi. 
Berklidagi Koliforniya universitetining tadqiqotchilari Aleks Uettil va Adam Fenimor eng
kichik elektr uskunasini yaratdilar. Soch qistirgichning o’tkir uchida shunday qurilmaning 
yuz milliontasi joylashadi. U to’rt millimetr kvadrat yuzali – kremniyli chipga 
mahkamlangan. Motorning o’zi ancha kichik bo’lib, uning o’qining diametri 20-40 
nanometrni tashkil etadi, xolos. Rotorning umumiy diametri-taxminan 400 nanometr. Motor 
statistik elektr zaryadlari hisobiga ishlaydi. Uskunaning o’ta muhim, hal qiluvchi elementi 
ichma-ich devorli nanoquvurdir. Bu quvurlar-kokteyl ichish uchun ishlatiladigan uzun, 
ingichka naycha shaklini eslatadi.


Download 372.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling