Mavzu: Nanomateriallarni amaliyotda qo‘llash


Uglerod moddasi bir holda oddiygina grafit va boshqa holda esa tabiatning eng qattiq minerali olmos bo’lishi mumkin


Download 372.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana18.12.2022
Hajmi372.08 Kb.
#1031368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nanomateriallarni amaliyotda qo‘llash

Uglerod moddasi bir holda oddiygina grafit va boshqa holda esa tabiatning eng qattiq minerali olmos bo’lishi mumkin. 
Buning sababi olmos atomlarining amalda ideal geometrik figura kub hosil qilib joylashganidadir. 
Malumki tarkibi bir xil, lekin molekulasidagi atomlarning fazodagi joylashuvi har xil bo’luvchi kimyoviy birikma 
(izomer)lar bir-biridan keskin farq qiluvchi turli-tuman xossalarga ega bo’lishadi. Albatta, inson faqat kimyoviy
jarayonlar kechishi uchun lozim bo’lgan sharoitlarni hosil qilish yo’li bilan suniy kimyoviy birikmalarni yaratishga 
erishgan bo’lsada, lekin unda har bir atom ustida bevosita operatsiya (amal) o’tkazish imkoniyati mavjud emas edi. 
Garchi, 1959 yilda nobel mukofoti lauriyati Richard Feyman, «Inson alohida atomlar ustida turli amallar bajarish 
(manipulyatsiyalash)ni o’rganganidan so’ng, o’zi istagan har qanday moddani bemalol sintez qila oladi» deb bashorat 
qilgan bo’lsada, Nanotexnologiyaning paydo bo’lishidagi birinchi amaliy qadam 1981 yilda yaratilgan ko’chirib oluvchi 
(skanerlovchi), tunelli mikroskop bo’ldi. 
IBM ning shveysariya bo’limidagi ikki olim G.Binning va G.Rored 1981 yilda yuzalar mikrorelefeni o’lchash muammolari 
bilan shug’ullanib, materialning yuzasidagi yakka atomlarni ham farqlash qobiliyatiga ega bo’lgan tunelli mikroskopni 
yaratishga sazovor bo’ldilar. Bunda mikroskopning ajrata olish qobiliyati bir necha nanometrni tashkil etadi. Tunelli
mikroskopning o’ziga hos tomoni shundan iboratki, uning kichik kuchlanish beriladigan o’tkir ignali uchi material sirtida 
undan taxminan bir nanometr masofada yurib harakatlanadi. Undan yuzaga elektronlar kvant bo’shlig’i («tunel») orqali 
o’tib qiymati igna va yuza orasidagi masofaga bog’liq bo’luvchi kichik elektr tokini hosil qiladi, bu masofaning o’zgarishi 
esa tokning sezilarli o’zgarishiga sababchi bo’ladi. 


Download 372.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling