Mavzu: Narkoz uchun vositalar va mahalliy anestetiklar klinik farmakologiyasi. 508-b guruh Abduganiyev Abdulloh


Download 432.43 Kb.
bet2/5
Sana05.05.2023
Hajmi432.43 Kb.
#1432196
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdulloh . Narkoz vositalari [Автосохраненный]

Kuchli narkotik bo‘lib, ta'sir kengligi katta, kam zaharli. U bilan chaqiriladigan narkoz oson boshqariladi. Lekin bemorlarning efir ta'siriga sezuvchanligi turlicha. Odatda nafas yo‘llariga kirayotgan havoda efirning konsentrasiyasi 2-12 hajm % bo‘lganda narkoz rivojlanadi.

FTOROTAN (galotan)- 50mlli flakon tarkibida ftor atomi bo‘lgan alifatik birikma bo‘lib, narkotik ta'siri efirnikidan 3-4 marta kuchli, narkotik kengligi efirnikidek. Narkoz 3-5 daqiqadan keyin boshlanadi.

ENFLURAN- tarkibida ftor bo‘lgan karbon suv, ta'siri va xususiyatlari bo‘yicha ftorotanga o‘xshash. Lekin narkotik faolligi yuqori.

ENFLURAN- tarkibida ftor bo‘lgan karbon suv, ta'siri va xususiyatlari bo‘yicha ftorotanga o‘xshash. Lekin narkotik faolligi yuqori.

MeTOKSIFLURAN- ham xuddi shunday, farqi buyrak faoliyatini buzadi. Ftorotan, enfluran, metoksifluran alangalanishdan xavfsiz. Xloroform, xlor etil zaharliligi yuqori, narkotik kengligi tor bo‘lganligidan hozirda narkoz uchun ishlatilmaydi.

GAZSIMON NARKOTIK VOSITALAR .

GAZSIMON NARKOTIK VOSITALAR .

AZOT (I)-OKSI suyuq, 10 ml li metall ballonda. Rangsiz, hidsiz gaz bo‘lib, mahalliy qitiqlovchi xususiyati yo‘q, zaharsiz modda hisoblanadi. Narkotik kuchi sust. Narkoz rivojlanishi uchun uni nafas yo‘llariga 94 hajm % miqdorida kiritish kerak, lekin bunda gipoksiya vujudga keladi. Agar 80-86% miqdorda berilsa, yuzaki narkoz rivojlanadi (“shodlantiruvchi gaz”). Anesteziologiyada 80% azot (I)-oksidi va 20% kislorod aralashmasidan foydalaniladi.

SIKLOPROPAN suyuq, 1-2mlli po'lat ballonda. Azot (I)-oksididan narkotik va og‘riqsizlantirish kuchi yuqoriligi bilan farq qiladi. Narkotik ta'sir kengligi katta.Tez yuzaga chiquvchi (3-5 min), chuqur, qo‘zg‘alish bosqichi juda sust va qisqa bo‘lgan narkoz chaqiradi. Bunda skelet mushaklari yaxshi bo‘shashadi, narkozni boshqarish yengil, narkozdan uyg‘onish qisqa (bir necha daqiqa).


Download 432.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling