Ishlatilishi mumkinboʻlgan maksimal dozasi 20mg/kg, taʼsiri 60 daqiqa davom etadi. Novokain intoksikatsiyasi roʻy berganda bemorning rangi-roʻyi oʻzgaradi, boshi aylanib, koʻngil behushligi va qusish paydo boʻladi. Yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, arterial qon bosimi tushadi. Bemor notinchlanadi, qoʻrquv va alahsirash, gallyutsinatsiyalar boshlanadi. Ogʻir intoksikatsiya holatlarida bemor hushini yoʻqotadi, harakat qoʻzgʻalishi, tutqanoq tutadi.[1] Trimekain Trimekain (mezokain). Oq yoki sariqroq kukun, suv va spirtda yaxshi eriydi. Trimekainning anestetik samarasi novokainnikiga nisbatan uch marta yuqori, toksikligi esa 1,6 marta baland. Anestetik indeksi — 1,6. Infiltratsion anesteziya uchun 0,5-1 foiz eritmalaridan foydalaniladi. Shilliq pardalar anesteziyasi uchun trimekainning 2-3 foiz eritmalari qoʻllaniladi. Regionar anesteziya trimekainning 1-2 foiz eritmalari yordamida oʻtkaziladi. Peridural anesteziya uchun 2 foiz eritmasidan 20-30 ml yuboriladi. Bir martalik dozasi — 10-12 mg/kg. Ogʻriqsizlantirish taʼsiri 90 daqiqa davom etadi.[1] Lidokain Lidokain (ksikain, ksilokain). Oq, rangdagi, gohida sariqroq tuslanuvchi, taxir mazali kukun. Suv va spirtda juda yaxshi eriydi. Lidokain kuchli anestetiklar qatorida turadi. Novokainga nisbatan 4 marta kuchli, 2,5-3 marta davomli taʼsir etadi. Toksiklik kuchi ancha kam, anestetik indeksi — 4. Infiltratsion anesteziya uchun 0,25-0,5 foiz eritmalari, shilliq pardalarga surtish uchun 4-10 foiz eritmalari qoʻllaniladi. Peridural anesteziya paytida 0,5-2 foiz eritmasidan 50-30 ml miqdorida yuboriladi. Bir marta ishlatish dozasi 15 mg/kg. Lidokainning anestetik taʼsiri 90 daqiqa davom etadi.[2]
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |