Mavzu Narx ustidan nazorat va bozor faoliyati
Download 0.7 Mb.
|
mikro.amal-5
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Bozor talabi- bu..............
- 3. Talab va taklifning muvozanat nuqtasi- bu..........
- 4. Talabning o‘zgaruvchanligi- bu.................
Mavzu-5. Narx ustidan nazorat va bozor faoliyati
1. Bozor talabi- bu.............. a) individual talab; b) o‘zgarmas bozor talabi; c) individual talablarning yig‘indisi; d) bozorda sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori. 2. Taklif egri chizig‘i yuqoriga ko‘tariladi, chunki qanchalik narx ............... bo‘lsa, shunchalik firmalarning tovar ishlab chiqarish va sotish imkoniyati oshadi. a) past; b) yuqori; c) o‘rtacha; d) erkin; 3. Talab va taklifning muvozanat nuqtasi- bu.......... a) talab va taklif egri chiziqlarining kesishishi nuqtasi; b) talab va taklif egri chiziqlarining uzoqlashish nuqtasi; c) ordinata o‘qini kesish nuqtasi; d) talab va taklif egri chizig‘ining tegib o‘tish nuqtasi; ; 4. Talabning o‘zgaruvchanligi- bu................. a) talabning ustuvorligidir; b) hamma omillar doimiy bo‘lgan holda talabning o‘zgarishi; c) talabning omillarga bog‘liq holda tebranishi; d) talab bilan taklifning mos kelishi; 5. Talab o‘zgarmas bo‘lgan holda narxning o‘sishi: a) iste’molchilar xarajatlarining oshishiga olib keladi; b) iste’molchilarga hech qanday ta’sir etmaydi; c) iste’molchilar daromadining oshishiga olib keladi; d) iste’molchilar xarajatlarining kamayishiga olib keladi; №1. Tarvuzga bo‘lgan talab 100 dona bo‘lganda har bir tarvuz narxi 21 so‘mni tashkil qiladi. 160 dona bo‘lganda bir dona tarvuz 19 so‘m bo‘lsin. YOysimon elastiklik koeffitsientini hisoblang? №2. Kalishga bo‘lgan talab 150 dona bo‘lganda, har bir poy kalish narxi 40 so‘mni tashkil qilsin, talab 250 dona bo‘lganda bir poy kalish narxi 37 so‘m bo‘lsin. YOysimon elastik koeffitsientini hisoblang? №3. Talab va taklifning narxga bog‘liqligi . 1 kg go‘shtning narxi 30 so‘m turgandagina qo‘yilgan talab va tovar taklifi miqdoriga teng. 1 kg go‘sht 10 so‘m tursa , tovarning (go‘sht) talabi qanchaga teng, taklifi qancha tonnaga teng? Narx 30 so‘mdan yuqori bo‘lsa, aytaylik 40 so‘m bo‘lsa, bozorda go‘shtga bo‘lgan holat qanday bo‘ladi? №4. Iste’molchining daromadi yiliga 700000 so‘mdan 1 mln.ga oshdi. Makaronga bo‘lgan talab yiliga 3 kg dan 1 kg ga pasaydi. Yog‘ga bo‘lgan talab 5 kg dan 7 kg ga oshdi, daromadga nisbatan va mahsulot xarakteriga nisbatan talab elastikligini aniqlang? №5. Kir yuvish kukunining talab elastikligi – A narxga nisbatan to‘g‘ri 4,5, daromadga nisbatan 0,8. Xo‘jalik sovuni narxiga kesishuvida 2,5. 1) 1% ga oshganda, 2) aholini daromadlari 1% ga oshganda. Agarda: 3) xo‘jalik sovunining narxi 1% ga oshganda, 4) bir vaqtning o‘zida a) ushbu yuvish kukunining narxi 4% pasayganda b) aholi daromadlari 5% pasayganda v) xo‘jalik sovunining 6% pasayganda, ushbu yuvish kukunining talab hajmida qanaqa o‘zgarish ro‘y beradi ? №6. Tovar taklifi qo‘yidagi tenglama bilan izohlanadi As+0,4R. Agarda tovar narxi 50000 so‘mdan 100000 so‘mga o‘zgarganda taklif elastikligi o‘zgaradimi? №7. Agarda daromadlarning 1,1 marotobaga ortishi natijasida choynaklarga bo‘lgan talabning 5 % ga ortishi natijasida choynaklar bo‘yicha olingan daromadlarning elastikligi nimaga teng? Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling