Mavzu: Nashriyot tizimida qo‘llanilarigan dasturi va ularning imkoniyatlari


Microsoft Office Publisher dasturida taqvim tayyorlash


Download 7.13 Mb.
bet3/7
Sana19.11.2023
Hajmi7.13 Mb.
#1786871
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-ma\'ruza

Microsoft Office Publisher dasturida taqvim tayyorlash.
  • 1.MS Publisher dasturini ishga tushiramiz.
  • 2.Muloqot oynasining tayyor Календарь maketini tanlaymiz.
  • 3.Ochilgan oynada Календарlar namunalaridan birini tanlaymiz.
  • 4.Ekranga biz tanlagan ikkita sahifadan tashkil topgan Календар namunasi yuklanadi. Bu hujjatdagi ma’lumot faqat bir oy ya’ni Aprel oyiga tuzilgan.
    • 5.Oynaning chap qismida zarurat tug’ilganda taqvimni oylik va yillik namunasini tayyorlashimiz munkin. Buning uchun Месяц на страницы yoki Год на страницы tugmasini bosamiz. Даты в календаре da oy soni ko‘rsatiladi.
    • Hujjatimizni bosmadan chiqarishimiz uchun Файл menyusidan
    • Печать buyrug’idan foydalanamiz.
    • 3.Adobe Page Maker dasturi.
    • Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli, qulay nashriyot sistemasidir. AQSH firmasining Evropa bo‘limi 1989 yil sentyabr oyida Page Maker dasturining ruscha variantini e’lon qildi. Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Office dasturining to‘liq versiyasi bo‘lishi talab qilinadi. Shaxsiy kompyuterning operatsion sistemasi bilan tanish bo‘lgan foydalanuvchi diskning formatlash, fayl nusxasini hosil qilish, faylni o‘chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta bilishi kerak.
    • Windows muhiti operatsion sistemaning qobig’i hisoblanib, foydalanuvchi uchun operatsion sistemaning barcha imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi.
    • Page Maker dasturi fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kegaytmasi yordamida yoziladi. Boshqa katalogga o‘tish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini tegishli belgiga keltirib (vertikal simvolga) uning chap tugmasi ikki marta bosiladi. Shundan so‘ng ro‘yxatdan kerakli katalog nomi tanlanib, tugmachani ikki marta bosish orqali ishga tushiriladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi amallarni iloji boricha ko‘proq darajada avtomatlashtirishdir. Ularning afzalligi esa nashr sahifasi va uning umumiy ko‘rinishini tayyorlashdagi qulaylik hamda o‘zgartirishlar kiritishning osonligi va vaqt tejalishidir.
    • Nashr sahifasining umumiy ko‘rinishini tayyorlashda xususiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli yoki post skript printeridan foydalanish ma’quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga oldindan kiritilishi lozim. Nashr asosiy elementlarini kompyuterda saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to‘g’ridan-to‘g’ri xarf terish qurilmasiga berish mumkin, shunda matn bilan suratlarni mos joylarga qo‘lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi.
    • Windows muhiti amaliyot tizimning qobig‘i hisoblanib, foydalanuvchi uchun amaliyot tizimning barcha imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi.
    • Windows muhitida ishlash uchun sichqonchadan foydalanish juda qulaydir. Shu sababdan foydalanuvchi sichqonchadan mohirona foydalana bilishi kerak. Sichqoncha yordamida quyidagi 6 ta asosiy harakatni bajarish mumkin:
    • Point) Ko‘rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko‘chirish;
    • (Click) Sichqoncha tugmasini bosib darhol qo‘yib yuborish;
    • (Double click) Sichqoncha klaviaturasini ikki marta tez bosish;
    • (Select) Biror ob’yektni tanlash;
    • tanlab olingan surat, matn qismi yoki dasturning grafik simvolini boshqa joyga ko‘chirish (Drag). Buning uchun tanlab olingan ob’yekt ustiga ko‘rsatkichni olib borib, sichqoncha tugmasi bosiladi va ob’yektni kerakli joyga ko‘chiriladi, so‘ngra sichqoncha tugmasi qo‘yib yuboriladi.
    • matnni sahifaga joylashtirish (Flow).
    • Page Maker dasturida katalog va fayllar bilan ishlaydi. Fayl nomi. pub kengaytmasi bilan yoziladi. Misol uchun: Sample1.PUB. Boshqa katalogga o‘tish uchun sichqoncha yordamida ko‘rsatkichni muloqot oynasidagi «|» belgisi ustiga keltirib va sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosiladi. Chap oynada kataloglar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Kerakli katalog nomini tanlab sichqoncha tugmasini ikki marta bosiladi. Nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi operatsiyalarni iloji boricha ko‘proq avtomatlashtirishdir. Uning afzalligi esa, bu nashr sahifasi va uning umumiy ko‘rinishini tayyorlashdagi qulaylik va o‘zgartirishlar kiritishning osonligi, hamda vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko‘rinishini tayyorlashda shaxsiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli printerdan foydalanish ma’quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga iloji boricha oldinroq kiritilgan bo‘lishi kerak. Nashr elementlarini kompyuterda saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to‘g‘ridan-to‘g‘ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, matn bilan suratlarni mos joyga qo‘lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi.
    • Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko‘rish va unga bosib chiqarilgunga qadar tuzatishlar kiritish mumkin. Barcha kerakli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, asl nusxa maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.

    • Download 7.13 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling