Mavzu: nasilchilik ishida chatishtishish va duragaylashning qo‘lanishi reja


Hayvonlarni almashlab chatishtirish


Download 22.78 Kb.
bet5/7
Sana03.02.2023
Hajmi22.78 Kb.
#1155148
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-маъруза

Hayvonlarni almashlab chatishtirish. Almashlab yoki ratatsion chatishtirish sanoat chatishtirishning bir turi bo‘lib, foydalanuvchi gurux hayvonlar olish uchun qo’llaniladi. Bu usulning nazariy asoslari E.A.Bagdanov va D.A.Kislovskiylar tomonidan yaratilgan. Almashlab chatishtirishni sanoat chatishtirishdan farqi, birinchi bug’in duragaylargina olmasdan balki bir necha bug’in duragaylar olib ularda geterozis xususiyati uzoq saqlanadi. Bu usulda bir zotning urg’ochi hayvonlari boshqa zot erkak hayvonlari bilan qochiriladi.
So’ngra duragaylarning urg’ochilari boshlang’ich zot erkak hayvonlari bilan qochiriladi va keyinchalik xar bug’inda erkak hayvonlar xar xil zotlar bilan almashtirilib boriladi.
Bu chatishtirishning muvaffaqiyati xam zotlarni tug’ri tanlash va ularni juftlash ham oziqlantirish va saqlash sharoitini yaxshilashga bog’likdir.
Almashlab chatishtirishda keyingi bug’in duragaylarda genetik farq kamayib ketishi natijasida, geterozis xususiyati pasayadi. Almashlab chatishtirishda zotlarni tug’ri tanlash, urg’ochi va erkak hayvonlarni juftlash va oziqlantirish yoki mollarni yaxshi tarbiya qilish muhim ahamiyatga egadir.
Almashlab chatishtirish tovar xo’jaliklarida qo’llanilib, asosan cho‘chqachilik, parrandachilik va go‘sht yo’nalishidagi qoramolchilikda yaxshi natija bermoqda. V.A.Ektov ma’lumotiga ko’ra yirik, mirgorod va breytov zotlari qatnashgan uch zotini almashlab chatishtirishdan olgan duragaylarda tirik og’irlik 5 – 20%, bola berish 15 – 20%, yiriklik 8 – 10%, sutlilik 20 – 60% ga oshgan. Ba’zi hollarda almashlab chatishtirish yangi zot yaratish uchun xam qo’llanilishi mumkin. Bunda biron bug’inda olingan duragaylar «o‘z - o‘zi» bilan urchitilib boradi. Bu usul yordamida Fransiya yuk tortuvchi ot zoti va Anglo – Normand zotlari yaratilgan.
Qo‘ychilikda ikki va uch zotni almashlab chatishtirishda 4% hayvonlar toza zotli va 96% duragaylar bo’lishi lozim. Duragaylarning erkaklari go‘sht uchun yuboriladi va urg’ochilari nasl uchun qoldiriladi.

Download 22.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling