Mavzu: Natijalarini loyihalashtirishning nazariy asoslari. Oʻquv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish


Mavzu: Kompyuter va axborot texnologiyalar ta’lim jarayonini loyihalashtirish


Download 87.88 Kb.
bet4/6
Sana08.11.2023
Hajmi87.88 Kb.
#1754500
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Natijalarini loyihalashtirishning nazariy asoslari. O quv

Mavzu: Kompyuter va axborot texnologiyalar ta’lim jarayonini loyihalashtirish
Informatikani zamonaviy vositalar asosida oʻqitishni loyihalashtirish.
Pedagogik texnologiyalar asosida informatika fanlarini o‘qitish metodikasi.
Bugungi kunda ta`lim texnologiyalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
1. An`anaviy
2. Noan`anaviy
An`anaviy ta`lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta`lim jarayoni ko‘’roq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning an`anaviy shakli, metodi va ta`lim vositalarining majmuidan foydalanib ta`lim-tarbiya maqsadiga erishishdir.
Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta`lim jarayoni markazida talaba shaxsi bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy shakli, faol o‘qitish metodlari va zamonaviy didaktik vositalarning majmuini ta`lim-tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishish -ga yo‘naltirishdir.
Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi an`anaviy ta`lim texnologiyasidan farq qilib, talabalarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e`tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega bo‘ladi. Dars tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Noan`anaviy ta`lim texnologiyasi o‘z navbatida uchga bo‘linadi:
- Hamkorlikda o‘rganish
- Modellashtirish
- Tadqiqot (Loyiha)
Hamkorlikda o‘rganish - talabalarning bilimini o‘zlashtirish, singdirish, mustahkamlash bo‘yicha re’roduktiv faoliyatini ta`minlovchi, mahorat va malakani ketma-ketlik bo‘yicha talabaning bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o‘qitish va bilim olishdir. U talabalarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko‘zda tutadigan metodlardan iborat. Bularga kitob bilan ishlash, o‘quv suhbati, davra suhbati, aqliy xujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara kabi metodlarni kiritish mumkin.
Modellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini auditoriyada yaratish va ularda talabalarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta`lim olishini ko‘zda tutadi. Uning asosiy maqsadi talabalarning faqat tinglashi emas, balki bilimlarni o‘zlashtirishda bevosita ishtirokini ta`minlash orqali ta`lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bularga ishbo‘ o‘yinlar va rolli o‘yinlar kabi metodlarni kiritish mumkin.
Quyida ta`lim texnologiyalari bo‘yicha metodlar tizimiga batafsil to‘xtalib o‘tamiz (rasm. 3.5).
Tadqiqot - talabalar tomonidan muammoni tushunish va echish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar yig`indisidan iboratdir.
Tadqiqotning maqsadi dars jarayonida talabalarda savol qo‘yish va ularga javob izlashida qiziqishini uyg`otishga qaratilgandir. Unda o‘qitish talabalarni amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta`minlaydi. Bularga muammoli vaziyat, loyihalash metodi, mustaqil izlanish, yo‘naltiruvchi matn kabi metodlar kiradi.
Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari.
«Informatika» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta`lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo‘shadigan o‘ziga hos xissasi bilan aniqlanadi.
1. o‘quvchilarda informatika xaqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish.
2. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o‘quv ‘redmetlarini o‘qitish jarayonida ishtirok etadi.
3. Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.
o‘quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta`lim olishni davom ettirishga tayyorlash.
Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshirilishi lozim. o‘quvchilar informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish bilangina, o‘quvchilarning informatikani fan sifatida uning o‘ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o‘qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to‘g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to‘g’ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o‘quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko‘rsata oladilar. SHuningdek, amaliy ish o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va uni yangi faktlar bilan boyitishadi, hamda informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to‘liq va mustahkam bo‘lishini ta`minlaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim DTS o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya, ta`lim dasturlari, umumdemokratik printsiplarda tashkiliy – boshqaruv funktsiyalarni rivojlantirish, o‘quvchilarga shaxs sifatida qarash, o‘quv-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy muassa sifatida maktab huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib umumta`lim maktablarining asosiy yo‘nalishlarini aniqlaydi.
Maktabgacha tarbiya, umumo‘rta ta`lim, o‘rta maμsus, kasb-hunar ta`limi va undan keyingi ta`lim bosqichlarini o‘z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta`minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga mo‘ljallangan «Informatika» fani pedagogikamiz uchun yangi bo‘lgan nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:
- kadrning butun «hayotiy tsikli» hisobga olinishi kerak;
- informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta`lim mazmunidagi o‘zgarishlarni aks ettirishi kerak;
- informatika va dasturiy ta`minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga dasturlashni o‘rgatish zaruriyatidan voz kechish lozim;
- informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish didaktik s’iral tamoyili asosida qurilishi kerak;
1-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Informatika darslarida bilim, malakava koʻnikmalarini nazorat qilish tushunchalarini talabalarda shakllantirish.
Identiv oʻquv maqsadlari:
1. Informatika darslarida bilim, malaka va koʻnikmalarini nazorat qilish toʻg’risidagitushunchalarga ega boʻladilar.
2. Informatika darslarida bilim, malaka va koʻnikmalarini nazorat qilish toʻg’risidagitushunchalarni farqlay oladilar.
1-asosiy savol bayoni: Ta`lim mazmunini takomillashtirish oʻqituvchining bilimi, pedagogik texnika va pedagogik texnologiyalarni ta`lim-tarbiya tizimiga qay darajada qoʻllayolish mahorati bilan uzviy bog’liq ekanligini avvalgi mavzularda koʻrib oʻtdik.
Oʻqituvchining kasbiy faoliyati samarasi talabalar tomonidan egallangan bilim, koʻnikmava malakalarda oʻz ifodasini topadi. Talabaning mustaqil faoliyati uning erkin fikri asosidamantiqiy tafakkurning qay darajada rivojlangani bilan bog’liq. Bunda: “oʻquv-bilish jarayonidagi mustaqillik”, “ta`lim-tarbiya jarayonidagi faollik”, “ijodiy qobiliyatning rivojlanganlik darajasi” talaba bilimini nazorat qilish va baholash texnologiyasining asosiy mezoni hisoblanadi. Bu koʻrsatkich talabani boʻlajak oʻqituvchi sifatiga xos boʻlgan shaxsiy va kasbiy xislatlarini ham oʻz ichiga qamrab olishi lozim. Demak, talaba shaxs sifatida vaboʻlajak oʻqituvchi sifatida qay darajada shakllangan hamda uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarida uzaro uyg’unlik bormi, degan savolga javob talaba faoliyatiga qoʻyilgan bahohisoblanadi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash aksariyat hollarda ta`lim jarayoniga xosqaytar aloqa vositasi sifatida qaraladi. Bunda boʻlajak mutaxassisning shaxsiy va kasbiy xislatlari qay darajada shakllanib kelayotganligiga e`tibor berilmaydi. Bu xususiyatlarning nazardan chetda qolishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga boʻlgan e`tiborsizlikka olibkeladi.
Talabalar bilimini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy turlarga boʻlinadi. Nazoratning joriy turi barcha oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilimlarni undan avval oʻzlashtirilgan bilimlar darajasini prognoz qilish bilan bog’liq boʻladi. Oʻquvchi yoki talaba dastur talablari asosida harbir mavzuni oʻz vaqtida oʻzlashtirib bora olishi yoki oʻzlashtira olmasligi joriy nazoratda ma`lum boʻladi. Joriy nazoratning afzalligi ham aynan mana shu joyda koʻrinadi. Demak, joriy nazoratning asosiy vazifasi oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malaka asosida navbatdagi oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilimlarni ilmiy-uslubiy jihatdan aniqlab borish hisoblanadi.
Ta`limning tizimiylik va izchillik qoidasiga muvofiq, oraliq nazoratda yirik mavzular, boblar yoki modullashtirilgan mavzular toʻplamiga oid bilimlar baholanib boriladi.
Har ikkala nazorat turida talabalarning erkin fikr mustaqilligi va faolligiga alohida e`tibor beriladi. Bu jarayonda har bir talaba oʻzini oʻzi nazorat qilish imkoniyatiga ham ega boʻladi.
Dasturda belgilangan soatlar (ya`ni rejadagi barcha mavzular) toʻliq bajarilib boʻlingach, yakuniy nazorat qabul qilinadi.
Yakuniy nazoratda ta`limning ilmiyligi va ta`lim-tarbiyaning birligi printsipiga alohida e`tibor qaratiladi. Talabalar bilimini nazorat qilish va. baholashda B.Blumning pedagogik taksonomiyasiga asoslanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda talabaning qay darajada ta`limiy maqsadni qoʻya olishi va unga erishish yoʻllari, ya`ni talaba bilimlarini qaysi bosqichga muvofiq kelishi aniq boʻladi. Shu bilan birga, talabaning intellektual – ijodiyimkoniyatlari, oʻquv-metodik tajribalari hamda professional tayyorgarligi xususida prognostik malumotlar olinadi. Bunda asosiy e`tibor talabani mustaqil bilim olish ishlariga, shuasosda, zarur koʻnikma va malakalarning nechog’li shakllanib borayotganligi hamda uni kasb amaliyotida qoʻllay olish qobiliyatiga e`tibor qaratiladi. Bular talabaning kasb faoliyatiga qay darajada kirib kelayotganligini baholash texnologiyasi hisoblanadi.
Umumiy oʻrta ta`limda oʻquvchi faoliyatini baholash va unga muvofiq keluvchi reyting tizimi joriy etilgan.
Oliy ma`lumotli bakalavr oʻqituvchi kadrlar tayyorlaydigan DTS talabiga muvofiq ishlabchiqilgan reyting tizimida talabaning bilim sifatini nazorat qilish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
• nazorat turlari (joriy, oraliq. yakuniy);
• nazorat usullari (og’zaki, yozma, pedagogik test);
baxo shkalasi;
• talabaga qoʻyilgan bahoni predmet boʻyicha umumiy baho(ball)ga birlashtirish.
Talabalarning bilimlarini nazorat qilish va baholash texnologiyasi yanada takomillashmog’i zarur. Ta`lim-tarbiyaning faol innovatsion noananaviy yoʻllarini yaratishva ularni amaliyotga tatbiq etish, mustaqil fikrlash asosida ijodiylik muammolilikni talabetadi. Shunga muvofiq, ta`lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish hamkorlik faoliyatiga,yani “sub`ekt-sub`ekt” munosabatiga asoslanadi. Bu munosabatga xos motivlar oʻz-oʻzini baholash va nazorat qilish tizimini yaratishni taqozo etadi.
2-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Baholashning zamonaviy metodlari va vositalari tushunchalarini talabalarda shakllantirish.

Download 87.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling