Mavzu: Natijalarini loyihalashtirishning nazariy asoslari. Oʻquv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish


Mavzu: Bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalashtirish


Download 87.88 Kb.
bet2/6
Sana08.11.2023
Hajmi87.88 Kb.
#1754500
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Natijalarini loyihalashtirishning nazariy asoslari. O quv

Mavzu: Bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalashtirish.
Hamkorlikda, modulli oʻqitishni loyihalashtirish.
1. Informatika darslarida bilim, malaka va koʻnikmalarini nazorat qilish. Ta`lim mazmunini takomillashtirish oʻqituvchining bilimi, pedagogik texnika va pedagogik texnologiyalarni ta`lim-tarbiya tizimiga qay darajada qoʻllay olish mahorati bilan uzviy bog’liq ekanligini avvalgi mavzularda koʻrib oʻtdik.
Oʻqituvchining kasbiy faoliyati samarasi talabalar tomonidan egallangan bilim, koʻnikma va malakalarda oʻz ifodasini topadi. Talabaning mustaqil faoliyati uning erkin fikri asosida mantiqiy tafakkurning qay darajada rivojlangani bilan bog’liq. Bunda: ‘oʻquv-bilish jarayonidagi mustaqillik’, ‘ta`lim-tarbiya jarayonidagi faollik’, ‘ijodiy qobiliyatning rivojlanganlik darajasi’ talaba bilimini nazorat qilish va baholash texnologiyasining asosiy mezoni hisoblanadi. Bu koʻrsatkich talabani boʻlajak oʻqituvchi sifatiga xos boʻlgan shaxsiy va kasbiy xislatlarini ham oʻz ichiga qamrab olishi lozim. Demak, talaba shaxs sifatida va boʻlajak oʻqituvchi sifatida qay darajada shakllangan hamda uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarida o‘zaro uyg’unlik bormi, degan savolga javob talaba faoliyatiga qoʻyilgan baho hisoblanadi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash aksariyat hollarda ta`lim jarayoniga xos qaytar aloqa vositasi sifatida qaraladi. Bunda boʻlajak mutaxassisning shaxsiy va kasbiy xislatlari qay darajada shakllanib kelayotganligiga e`tibor berilmaydi. Bu xususiyatlarning nazardan chetda qolishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga boʻlgan e`tiborsizlikka olib keladi.
Talabalar bilimini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy turlarga boʻlinadi. Nazoratning joriy turi barcha oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilimlarni undan avval oʻzlashtirilgan bilimlar darajasini prognoz qilish bilan bog’liq boʻladi. Oʻquvchi yoki talaba dastur talablari asosida har bir mavzuni oʻz vaqtida oʻzlashtirib bora olishi yoki oʻzlashtira olmasligi joriy nazoratda ma`lum boʻladi. Joriy nazoratning afzalligi ham aynan mana shu joyda koʻrinadi. Demak, joriy nazoratning asosiy vazifasi oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malaka asosida navbatdagi oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilimlarni ilmiy-uslubiy jihatdan aniqlab borish hisoblanadi.
Ta`limning tizimiylik va izchillik qoidasiga muvofiq, oraliq nazoratda yirik mavzular, boblar yoki modullashtirilgan mavzular toʻplamiga oid bilimlar baholanib boriladi.
Har ikkala nazorat turida talabalarning erkin fikr mustaqilligi va faolligiga alohida e`tibor beriladi. Bu jarayonda har bir talaba oʻzini oʻzi nazorat qilish imkoniyatiga ham ega boʻladi.
Dasturda belgilangan soatlar (ya`ni rejadagi barcha mavzular) toʻliq bajarilib boʻlingach, yakunny nazorat qabul qilinadi.

Download 87.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling