Mavzu: Navoiy hayoti va ijodi. G`azallar tahlili
Download 215 Kb.
|
8-sinf adabiyot 2-chorak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumot QOFIYA
Savol va topshiriqlar
1. O‘qituvchingiz yordamida G‘afur G‘ulomning «Sog‘inish» she’ri yozilishiga sabab bo‘lgan hayotiy faktni bilib oling. 1 Nima deb o‘ylaysiz: agar shoirning o‘z farzandi urushga ketmaganida bu she’r yozilmasligi mumkinmidi? 3. «Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek,
misralarida tasvirlangan manzarani ko‘z oldingizga keltirib, sinfdoshlaringizga aytib bering. 4. Ota o‘g‘lini yilning qaysi faslida urushga kuzatganini aniqlash mumkinmi?
Adabiyotning asosi bo‘lmish badiiy nutqning ikki shakli – she’riy va nasriy ko‘rinishlari mavjudligini bilasiz. Adabiyotshunoslarning ta’kidlashicha, she’riy nutq o‘zining kelib chiqishi jihatidan qadimiyroq hisoblanadi. Buni shu narsa ham isbotlaydiki, barcha xalqlar adabiy yodgorliklarining ilk namunalari she’riy yo‘lda bitilgan. Nasriy asarlar esa nisbatan keyinroq yaratilgan. She’riy asarlar muayyan bir o‘lchov – vazn asosidagi ritm (bir xil takrorlanuvchi ohang)ga ega bo‘ladi. Ular o‘zining musiqiyligi, his-tuyg‘ular bo‘rtma shaklda ifodalanishi bilan o‘quvchiga tez va samarali ta’sir ko‘rsatadi. Lirik asarlarda muayyan bir kayfiyatga alohida urg‘u beriladi, ritmik ohang mazmun bilan uyg‘unlashib ketadi. сBuning yorqin misolini biz G‘afur G‘ulomning «Vaqt», «Sog‘inish» singari she’rlarida ko‘rdik. She’r tuzilishida, uning musiqiyligini kuchaytirishda ohang hosil qiluvchi va uni kuchaytiruvchi qofiyaning katta ahamiyati bor. Misra yakunida so‘z, qo‘shimcha, ba’zan esa, so‘z birikmalarining ohangdosh bo‘lib kelishi she’riy qofiya deyiiadi. Qofiya lirik asarning musiqiyligi, ohangdorligi va ta’sirchanligini kuchaytiradi, asarning yod olinishini osonlashtiradi. She’r o‘qiganingizda, yoddan aytganingizda yoki uni tinglaganingizda qofiya misraning tugaganligidan darak berishini yaqqol his qilasiz: Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt Seni guldek erkalagan chaman uchun, Osmonlarda yurgan bo‘lsang, tuproqqa qayt, Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun? (Iqbol Mirzo) She’riyatda qofiyaning bir necha turlari mavjud: to‘liq (to‘q) va to‘liqsiz (och) qofiya, unlilar yoki undoshlar ohangdoshligiga asoslangan qofiyalar. To‘liq (to‘q) qofiyada qofiyadosh so‘zlarning tovush tarkibi to‘la mos keladi: «bahorim – dildorim», «so‘ralar-mo‘ralar», «yuragimgacha – suyagimgacha» va boshqalar. To‘liqsiz (och) qofiyalarda so‘zlarning tovush tarkibi qisman mos keladi: «dahriy – qahridan», «tutun – Alovuddin» singari. Qofiyalarning tartibi degan tushuncha ham bor. U she’r bandidagi misralarning o‘zaro qofiyalanish tartibini anglatadi. Download 215 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling