Mavzu: Navoiy hayoti va ijodi. G`azallar tahlili


Download 215 Kb.
bet25/31
Sana05.01.2022
Hajmi215 Kb.
#218912
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
8-sinf adabiyot 2-chorak

Savol va topshiriqlar
1. «Vaqt» she’rida kapalak umri nega g‘uncha ochilguncha o‘tgan fursatga tenglashtirilyapti?

2. «Yashash soatining oltin kapgiri



Har borib kelishi bir olam zamon.

Koinot shu damda о’z kurrasidan

Yasab chiqa olur yangidan jahon...» –

satrlarida ifoda qilingan ilmiy haqiqatni boshqa fanlardan olgan bilimlaringiz yordamida ochib berishga harakat qiling.

3. Shoir «Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram...» deydi. Shu fursat insonni yana ne ko‘ylarga solishi mumkin?

4. «Aziz asrimizning aziz onlari

Aziz odamlardan so‘raydi qadrin», –

degan chaqiriq bugun qanday yangraydi? Siz «bu da’vatning menga ham daxli bor», deb o‘ylaysizmi? O‘ylasangiz, unga javoban nimalar qilmoqdasiz?

5. Umr daftarini bezashi mumkin bo‘lgan shoh satrlar nimalar bo‘lishi mumkin? Sizning umr daftaringizga birorta shunday satr tushdimi?

6. «Vaqt» she’rini o‘qishli qilib turgan eng muhim jihatlar nimalarda aks etgan, deb o‘ylaysiz? Fikringizni misollar bilan tushuntiring-chi.



SOG‘INISH
Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek,

Intizor ko‘zlarda halqa-halqa yosh.

Eng kichik zarradan Yupitergacha

O‘zing murabbiysan, xabar ber, quyosh.


Uzilgan bir kiprik abad yo‘qolmas,

Shunchalar mustahkam xonai xurshid,

Bugun sabza bo‘ldi qishdagi nafas,

Hozir qonda kezar ertagi umid.



Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling