Mavzu; Navoiy viloyati aholi statistikasining 2021-2022-yillardagi
Download 35.75 Kb.
|
Navoiy
Mavzu; Navoiy viloyati aholi statistikasining 2021-2022-yillardagi tahlili va viloyat holati. Reja:
Kirish. Asosiy qism. 1. Navoiy viloyati demografiyasi. 2. Navoiy viloyati haqida. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Navoiy viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1982-yil 20-aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992-yil boshida qayta tiklandi. Maydoni 111,0 ming km². Navoiy viloyati Oʻzbekiston Respublikasi hududining oʻrta qismida joylashgan boʻlib, Qizilqum sahrosining kattagina qismini egallaydi. Uning maydoni 110,8 ming km² ga teng, bu jihatdan u eng katta viloyat hisoblanadi. Navoiy viloyati gʻarbda Qoraqalpogʻiston, shimolda Qozogʻiston, sharqda Jizzax, janubda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari bilan chegaralanadi. Navoiy viloyatining hududi tabiiy sharoitiga koʻra, 3 qismga boʻlinadi: viloyatning shimoli-gʻarbiy qismini Qizilqum choʻli egallagan — bu yerda berk botiqlar (Karaqota, Moʻlali, Mingbuloq), eol qumli tekisliklar va qoldik togʻlar (Ovminzatogʻ, Yetimtogʻ, Boʻkantov, Tomditov va h.k.) bor; janubi-sharqiy qismini Nurota togʻ tizmalarining gʻarbiy qismi past va oʻrtacha balandliklardagi togʻlar (Qoratogʻ, Oqtogʻ va boshqalar) hamda togʻlararo botiqlar (Nurota botigʻi va boshqalar) egallagan; Zarafshon daryosi vohasining oʻrta qismida viloyatning paxtachilik zonasi oʻrnashgan. Sanoatining yetakchi tarmoqlari energetika, konchilik (oltin va boshqa metallar qazib olish), metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalaridan iborat. Yirik korxonalari: Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, „Navoiyazot“ ishlab chiqarish birlashmasi, „Qizilqumsement“, „Elektrkimyo“, „Nurotamarmar“ korxonalari, mahalliy sanoat konserni. Toʻkma kon chiqindilaridan oltin ajratib oluvchi "Zarafshon-Nyumont" oʻzbek-amerika qoʻshma korxonasi samarali faoliyat koʻrsatyapti. Ulardan tashqari „Agama“, „Zerispark“, „Bentonit“ va boshqa qoʻshma korxonalar ishlab turibdi. Jami 20 dan ortiq qoʻshma korxona bor. 730 ga yaqin kichik korxona, 30 shirkat korxonasi, 10 mingdan ziyod kichik va oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda. Kichik korxonalardan „Ittifoq“, „Navoiy“ (qurilish materiallari ishlab chiqaradi), „Edem“ korxonalarining hissasi salmoqlidir. Eksport qilinadigan mahsulotlarning aksari qismini paxta tolasi, ammiak selitrasi, kimyoviy tola, sulfat, ammoniy, ortoaminofenol tashkil qiladi. Chetdan xalq isteʼmoli mollari, kalsiy karbid, kaustik soda, tiomochevina, tikuv uskunalari, tibbiy texnika, yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar va ularga ehtiyot qismlar, xoʻjalik uskunalari keltiriladi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — paxtachilik, gʻallachilik; shuningdek, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, pillachilik, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachiligi koʻp tarmoqli. 228 ming donadan ziyod qorakoʻl terisi tayyorlanadi (2003). Navoiy viloyati qorakoʻl teri tayyorlash boʻyicha respublikada 1-oʻrinda turadi. Bundan tashqari matolar, xususan yuqori navli baxmal ishlab chiqarilishi bilan mashhur. Transport yoʻllarning uzunligi — 390,7 km, avtomobil yoʻllarniki— 4,1 ming km (shu jumladan, qattiq qoplamalisi — 3,3 ming km). Toshkent— Buxoro — Turkmanobod, Toshkent — Uchquduq — Nukus yoʻnalishlaridagi temiryoʻl tarmoqlari viloyat hududidan oʻtadi. Navoiy, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida zamonaviy aeroportlar bor. Havo yoʻllari Navoiy shahrini Toshkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan bogʻlaydi.
Download 35.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling