Mavzu: navoiyazot aj atsetilen ishlab chiqarish texnologiyasi Reja


Download 24.78 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi24.78 Kb.
#1490511
Bog'liq
navoiy azot


Mavzu: navoiyazot aj atsetilen ishlab chiqarish texnologiyasi
Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanishi ko‘p jihatdan ustuvor sohalarni, jumladan kimyo, biokimyo, gaz va neft-kimyo sanoati haqidagi qaror



  1. "NAVOIYAZOT" AKSIYADORLIK JAMIYATI



  1. Atsetilen ishlab chiqarish texnologiyasi


KIMYO SANOATI KORXONALARINI YANADA ISLOH QILISH VA MOLIYAVIY SOG‘LOMLASHTIRISH, YUQORI QO‘SHILGAN QIYMATLI KIMYOVIY MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanishi ko‘p jihatdan ustuvor sohalarni, jumladan kimyo, biokimyo, gaz va neft-kimyo sanoati (keyingi o‘rinlarda — kimyo sanoati) taraqqiyotiga bevosita bog‘liqdir.
So‘nggi yillarda sohada yaratilgan poydevor kimyo sanoati salohiyatini yaqin 3 — 5 yil davomida barqaror o‘sish dinamikasini ta’minlay oladi. Biroq, kimyo sanoatining barcha yo‘nalishlarini uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga mustahkam zamin yaratish uchun sohani transformatsiya qilish jarayonlarini, eng ilg‘or xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda jadallashtirish zarurligini taqozo etmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilishning yangi sharoitida kimyo sanoatini rivojlantirishning strategik qayta shakllantirilishi maqsadida:
1. Kimyo sanoatini transformatsiya qilishning quyidagi uzoq muddatli asosiy muhim yo‘nalishlari belgilansin:
texnologik transformatsiya — mahalliy xomashyodan yarim tayyor mahsulotlarni, shu jumladan organik sintez va nanotexnologiyalar orqali ishlab chiqarishning yangi quvvatlari negizida xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ko‘p pog‘onali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish. Bunda, qayta ishlanmagan xomashyo (tabiiy gaz, sanoat tuzlari, paxta sellyulozasi, sirka kislotasi va boshqalar) resurslarini mamlakat hududida chuqur qayta ishlashni tashkil etish orqali ularni xomashyo sifatida eksport qilinishini bosqichma-bosqich qisqartirish;
xo‘jalik munosabatlari tizimini transformatsiya qilish — birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan kimyo sanoati korxonalari o‘rtasidagi munosabatlar sohasida davlat tomonidan aralashuvga chek qo‘yish va eskicha reja-taqsimlash tizimidan batamom voz kechish;
mulkiy munosabatlar tizimini transformatsiya qilish — sohada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga xususiy kapitalni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali kimyo korxonalarida davlat ulushini keskin kamaytirish va kimyo sanoati korxonalarini xususiylashtirish, shuningdek, korxonalar faoliyatiga davlat hokimiyati organlari aralashuvining oldini olish;
raqamli transformatsiya — moliyaviy, moddiy va kadrlarga oid resurslar harakatini boshqarish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni markirovkalash, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobini yuritish tizimlarini joriy etish uchun sohaga zamonaviy dasturiy ta’minot tizimlarini tatbiq etish;
ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi munosabatlar transformatsiyasi — innovatsiya jarayonlarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi — sohada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, mavjud va yangi barpo etiladigan ishlab chiqarish quvvatlarini yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan ta’minlash.
2. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi va konsultantlarning tavsiyalari asosida kimyo sanoatidagi islohotlarning o‘z vaqtida muvofiqlashtirilishini, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlari, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotni sotishning barcha bosqichlarida joriy etishni ta’minlashni nazarda tutuvchi “Kimyo sanoatida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. 2021-yildan boshlab, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishda asosan xususiy, shu jumladan xorijiy investorlar va texnologik sheriklarni jalb qilishni nazarda tutuvchi “Kimyo va gaz-kimyo sanoatida texnologik klasterlarni yaratish bo‘yicha ochiq hamkorlik dasturi” (keyingi o‘rinlarda — Dastur) joriy etilsin. Bunda:
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini (loyihalarini) klasterlarning tarkibida yirik texnologik majmualarga tutash hududlarda yoki bo‘sh maydonlarda tender (tanlov)lar asosida joylashtirish;
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini kimyoviy xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar negizida yaratish inobatga olinsin.
Belgilansinki, Dasturga quyidagi texnologik klasterlar kiritiladi:
“Navoiyazot” AJ, “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ, Ustyurt va Sho‘rtan gaz-kimyo majmualari hamda sintetik suyuq yoqilg‘ini ishlab chiqarish zavodining ishlab chiqarish va unga tutash hududlari;
transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari tugagandan so‘ng, jamiyatlarning vakolatli boshqaruv organlari qarorlari asosida “Farg‘onaazot” AJ va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish va unga tutash hududlari.
4. Kimyo sanoatini yanada rivojlantirish, uglevodorodlar va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash orqali sohani diversifikatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish obyektlarini yaratish hamda ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulot turlarini kengaytirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va amalga oshirish muddatlari jadallashtiriladigan investitsiya loyihalarining ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
umumiy qiymati 1 176 mln AQSh dollarga teng, shundan 700 mln AQSh dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan 2021 — 2025-yillarda kimyo korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud xomashyo bazasidan samarali foydalanish orqali yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan 16 ta yangi investitsiya loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
kimyo sanoatida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud xomashyo bazasidan samarali foydalangan holda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan eksportbop, import o‘rnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. “O‘zkimyosanoat” AJ:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Dasturga kiritish uchun yangi loyihalar va takliflar tayyorlash ishlarini tizimli asosda tashkil etsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili 1-noyabrga qadar Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun salohiyatli investorlar va hamkorlarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov tayyorlanishi va o‘tkazilishini, shuningdek, Dastur doirasida joylashtiriladigan yangi loyihalar bo‘yicha takliflar berilishini ta’minlasin.
Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va tarmoqlararo kooperatsiyani tashkillashtirish, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi xususiy va xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarga ustuvorlik beriladi.
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi va konsultantlarning tavsiyalari asosida respublikaning xomashyo resurslari salohiyati va infratuzilmasini rivojlantirish ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lagan holda, 2035-yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Mazkur dasturni ishlab chiqishda klasterlar (texnologik zanjirlar) tamoyili bo‘yicha bazaviy yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini asosan xomashyoni qazib olish va (yoki) dastlabki ishlov berish korxonalari atrofida barpo etish va joylashtirish nazarda tutilsin. Bunda, yakuniy tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvatlari, investorlarning tashabbus-istaklaridan kelib chiqqan holda, respublikaning istalgan hududida tashkil etilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilsin.
7. “O‘zkimyosanoat” AJ, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi:
bir oy muddatda Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish (keyingi o‘rinlarda — ilmiy klaster) konsepsiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
xalqaro ekspertlar va kompaniyalarni, istisno tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish asosida jalb qilgan holda, 2021-yil 1-sentabrga qadar, bosqichma-bosqich, ilmiy klasterning moddiy-texnik bazasini (akademik binolar, laboratoriya inshootlari, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun turar-joylar, zarur materiallar, asbob-uskunalar va inventarlar) barpo etish bo‘yicha loyihaviy yechimlarni, shuningdek, ta’lim yo‘nalishlari va o‘quv dasturlarini kimyo sanoatini uzoq muddatli rivojlantirishning ilg‘or xalqaro tendensiyalari bilan uzviy bog‘liqlikda ishlab chiqsin.
8. Ilmiy klasterni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruhga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:
loyihaviy takliflarni va ilmiy klaster hududida quriladigan obyektlar, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari ro‘yxatini ko‘rib chiqib, uning moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
obyektlarda qurilish jarayonlarini nazorat qilish va yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish;
qurilishning o‘z vaqtida moliyalashtirilishi va ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlash ustidan nazoratni tashkil etish.
9. Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi Xalqaro moliya korporatsiyasini jalb qilgan holda uch oy muddatda “Farg‘onaazot” AJ ustav kapitalidagi davlat va “O‘zkimyosanoat” AJning yirik ulushini hamda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi “O‘zkimyosanoat” AJning yirik ulushini 2021-yil 1-noyabrga qadar savdoga chiqarish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanishini ta’minlasin.
15. “O‘zkimyosanoat” AJ Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2024-yilga qadar, bosqichma-bosqich, “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini, moliyaviy, xo‘jalik va tashkiliy faoliyatni boshqarish va monitoring qilish, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish, yetkazib berish va ulardan foydalanishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etsin.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zkimyosanoat” AJ talabiga ko‘ra, kimyo sanoati korxonalarining yuqori tezlikdagi ma’lumot uzatish tarmoqlariga ulanishini ta’minlasin.
16. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari G.K. Saidova — kimyo sanoatida transformatsiya jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishni hamda bu borada muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishga;
moliya vazirining birinchi o‘rinbosari O.Z. Nasritdinxojayev — kimyo sanoati korxonalarini transformatsiya qilish dasturi, operatsion samaradorlik va zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda mineral o‘g‘itlarni sotishda bozor mexanizmlarini keng joriy etishga;
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari B.K. Abdinazarov — respublikaning xomashyo resurslari salohiyati va infratuzilmani rivojlantirish ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lagan holda, 2035-yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirishga;
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Sh.A. Vafayev — kimyo va gaz-kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan, birinchi navbatda, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida salohiyatli investorlarni va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etishga;
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.T. Mirzamahmudov — kimyo sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, bazaviy yarim tayyor va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish orqali sohaning eksport salohiyatini kengaytirish va import hajmini keskin qisqartirish, tarmoq korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishga shaxsan mas’ul va javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.
"NAVOIYAZOT" AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistondagi yirik kimyo sanoati korxonasi. "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Navoiy shahrida joylashgan. Korxonada ishlab chiqariladigan asosiy mahsulot turlari: mineral oʻgʻitlar, nitron tolasi, sirka kislotasi, tiomochevina, xlor va xlor mahsulotlari, kaustik soda. Bundan tashqari, 70 dan ortiq turdagi mahsulotlar, organik va noorganik kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mineral oʻgʻitlar, turli xil organik sintez mahsulotlari va akril tolasi (nitron) ishlab chiqarish maqsadlarida tabiiy gazni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona sifatida qurilgan. Tabiiy gaz, havo, kaustik soda, osh tuzi va boshqa asosiy ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi.
3-d 1964-yilda Navoiy kimyo kombinati nomi bilan ishga tushirildi. Shu yili kuchsiz azot kislotasi ishlab chiqarish boʻyicha korxonada 1-agregat foydalanishga topshirildi. 1965-yildan ammiak korxona toʻliq hajmda ishlashga oʻtdi.
Xom ashyodan kompleks foydalanish natijasida korxonada nitron — "sunʼiy jun" tolasi ishlab chikaruvchi zavod kurilib, 1971-yilda ilk mahsulot olindi. Shundan beri toʻqimachilik, yengil va boshqa sanoat uchun oʻta muhim hisoblangan "sunʼiy jun" ishlab chikariladi. 1965— 75 yillarda ammiak va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishning 1—2—3navbatlari ishga tushirildi. 2001-yilda Germaniyaning "Lurgi Xemnits GmBX" firmasining ishtirokida qurilgan va eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan xlor, oʻyuvchi soda, xlor kislotasi va natriy gipo-xlorit ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Birlashmada xlorni qayta ishlab polivinilxloridga aylantirgan holda kaustik soda ishlab chiqarish boʻyicha 2-navbat sexini qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
"N." a.j. mahsulotlari Rossiya, Eron, Tojikiston, Ukraina, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, AQSH, Bolgariya davlatlariga eksport qilinadi. Navoiy kimyo kombinata 1975-yilda "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasiga, 2002-yilda "Navoiyazot" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Korxonada 11 mingga yaqin muhandis-texnik xodimlar va ishchilar mehnat qiladi (2003).
Rixsivoy Yoqubov.
Atsetilen-rangsiz gaz bo'lib, toza holda efir hidiga ega; -83,8°C temperaturada (0,102 MPa bosimda) kondensatsiyalanadi. Atsetilenning havo bilan 2,0-8,1% aralashmasi; kislorod bilan 2,8-78% aralashmasi portlash xavfiga ega. Atsetilen parchalanish natijasida katta miqorda issiqlik ajraladi:
; -∆H°298= 226,7kDj/mol
Ushbu parchalanish kislorodsiz muhitda kerakli initsiatorlar ishtirokida sodir bo'ladi. 0,2MPa bosimda sodir bo'ladigan parchalanish uncha xavfli bo'lmaydi. Yuqori bosimdagi parchalanish reaksiyasi 1000 m/s tezlikdagi detonatsiya to'lqinida portlash bilan sodir bo'ladi. Portlashni oldini olish uchun reaksiyani 0,2 MPa bosim ostida olib boriladi. Bosim ostida ishlash vaqtida atsetilen azot bilan suyultiriladi. Atsetilenni siqish uchun maxsus atsetilen kompressorlari qo'llaniladi.
Atsetilenni yana bir muhim texnik xossalaridan biri, uning boshqa uglevodorod gazlariga nisbatan yaxshi erish xususiyati hisoblanadi. Masalan, 20°C haroratda 1 hajm suvda 1 hajmga yaqin atsetilen eriydi,
60 °C da esa 0,37 hajm eriydi. Atmosfera bosimi va 20 C da atsetilenning eruvchanligi quyidagicha,%: metanolda-11,2; atsetonda-23, dimetilformamidda-32; N-metilpirrolidonda-37. Atsetilenni olish va boshqa gazlar aralashmasidan ajratishda atsetilenning eruvchanligi muhim ahamiyatga ega.
Download 24.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling