Mavzu: Navoiyning 10ta ruboiysini yod olish va sharhlash


Download 441.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana25.07.2023
Hajmi441.87 Kb.
#1662357
  1   2
Bog'liq
Dinora Navoiy —



Mavzu: Navoiyning 10ta ruboiysini yod olish va sharhlash 

Navoiy ijodida ruboiy janri. 

Navoiy ruboiylari mavzusi. 

Ruboiylar sharhi. 
Navoiy ijodida – “Xazoyin ul-maʼoniy”da sheʼriy janrlarning 16 ta xili mavjud. Ularning orasida eng barakalilaridan biri 
ruboiy ekanligini mutaxassislar koʻp marta taʼkidlashgan. 
“Nazm ul-javohir” (“Gavharlar tizmasi”) asari, asosan, tasavvuf gʻoyalari targʻibiga bagʻishlangan. Unda tasavvufdagi 
asosiy tushuncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli tilda talqin qilinadi. Masalan, “Roʻa aboka yuroʻuka” 
(“Otangga rioyat qil – bolangdan qaytadi”) hadisi uchun quyidagi ruboiy keltirilgan: 
Farzand ato qulligʻin chu odat qilgʻay, 
Ul odat ila kasbi saodat qilgʻay, 
Har kimki atogʻa koʻp rioyat qilgʻay, 
Oʻgʻlidin anga bu ish siroyat qilgʻay. 
Adib otaga xizmat qilishning sharofatini birinchi ikki misrada koʻrsatib bermoqda. Keyingi misrada esa yana shu fikrga 
qaytilgandek koʻrinadi, ammo endi natijada ayirma bor. Har kim ekkanini oʻradi, deganlaridek, otaga qilingan hurmat va 
ehtirom, albatta, qaytadi, ammo uni qaytaruvchi odam mutlaqo boshqa boʻladi. Mana shu boshqa odam esa keyingi avlod 
vakili – otasiga yaxshi munosabatda boʻlgan oʻgʻilning farzandlaridir. 
Adib sheʼriyatining mavzu qamrovi nihoyatda keng. Ularda falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy fikr va mulohazalar 
yuksak badiiylik bilan ifoda etilgan. 
Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas emish, 
El anga shafiq-u mehribon boʻlmas emish. 
Oltun qafas 
ichra gar qizil gul bitsa

Bulbulgʻa tikandek oshiyon boʻlmas emish. 
Navoiyning vatan va vatanparvarlik haqidagi sheʼrlari faqat oʻsha davr kishisining kechinmalari sifatidagina emas, balki 
bugungi avlod, xususan, yoshlar uchun ham ibrat va namuna maktabi boʻlishi tabiiydir. 
Navoiy ruboiylari tuygʻular va fikrlarning yetukligi, tabiiyligi, favqulodda goʻzal va taʼsirchanligi, soʻz maʼnolarining 
kamalakdek tovlanishi bilan ajralib turadi. 
Koʻz bila qoshing yaxshi, qabogʻing yaxshi, 
Yuz bila soʻzing yaxshi, dudogʻing yaxshi, 
Eng 
bila menging yaxshi
, saqogʻing yaxshi. 
Bir-bir ne deyin, boshdin ayogʻing yaxshi. 
Mazkur ruboiy turkiy tilning ichki imkoniyatlarini, har qanday hol va holatning, narsa va predmetning, hodisaning 
tasvirini ona tilida yaratib bera olish imkoniyatini yaqqol koʻrsatib berishi bilan ham eʼtiborga molik. Unda maʼshuqa 
portretini chizib koʻrsatish asosiy maqsad sifatida namoyon boʻlgan. 
Dastlab yuzning yuqori qismidagi uzvlar koʻz, qosh va qaboq qalamga olinadi. Ularning barchasi yor uchun mos va 
munosib. Bu hukm “yaxshi” soʻzi orqali ravshanlashadi. Bu soʻzning misra oxirida kelishi uning gapdagi vazifasi kesim 
ekanligini koʻrsatib turibdi. Odatda, gapdagi hukmning asosiy mazmun va mohiyati kesimda oʻz ifodasini topadi. 
Zohid, senga - hur, 
manga - jonona kerak
 
Jannat - sanga bo‘lsun, manga - mayxona kerak 
Mayxona aro soqiyu paymona kerak
Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak. 
Jondin seni ko‘p sevarmen, 
ey umri aziz
 
Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz 
Har neniki sevmak ondin ortuq bulmas 
Ondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz. 


Mavzu: “Arbain”dagi qit’alardan yod olish va sharhlash

Qit’a janri Navoiy lirikasida. 

“Arbain” asaridagi qit’alar haqida. 

“Arbain” asaridagi qit’alar sharhi. 
Qitʼa Navoiy lirikasida alohida mavqega ega boʻlgan janrlardan biridir. U shakliga koʻra gʻazalga yaqin 
turadi. Undan faqat dastlabki bayt qofiyasining erkinligi bilan farqlanadi. Uning qofiyalanish tartibi a: a, 
d: a, e: a, f: a,… koʻrinishida boʻladi. Odatda, qitʼaning eng kichik shakli ikki baytdan iborat boʻladi. 
Qitʼaga aniq chegara qoʻyilmagan. U koʻproq falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-maʼnaviy masalalarni 
tilga olishi bilan ajralib turadi.

Download 441.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling