Mavzu: Navoiyning 10ta ruboiysini yod olish va sharhlash
Tuzluk ta’rifidakim, shior qilg'ang'a sa'b ishlar osondur va kulli umur suhuyakson lat bila
Download 441.87 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqDinora Navoiy —
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaxshi xotunlar safoyi ro‘zgori quyosh nuriga misoldur va shamsning muannas ekani munga dol
- Nokas kishi bo‘lmaslikda...
- Kamol kasbiga dalolat-u nuqsonidin izhori malolat
Tuzluk ta’rifidakim, shior qilg'ang'a sa'b ishlar osondur va kulli umur suhuyakson lat bila
Tuzlukka moyil o‘lki, ishing borg'ay ilgari, Yuz mushkil o‘lsa yo‘qsa ming ollingda har zamon Yuz safha bir qalam bila kotib qilur raqam, Ming qo‘yni bir aso bila har yon surar shubon. Ushbu qit'a to'g'rilik ta'rifiga bag'ishlanadi. Unda shoir kimki hayotda to'g'rilik yo'lini tutsa, Alloh uning mushkulini har yerda oson qilib, ishlari hamisha oldinga yurishini uqtiradi. Bunda u kotibning yuz sahifani birgina qalam bilan bitishi va ming qo'yni cho'pon birgina hassa bilan olib yurishini o'z fikrining isboti tariqasida keltiradi. Yaxshi xotunlar safoyi ro‘zgori quyosh nurig'a misoldur va shamsning muannas ekani munga dol Yaxshi xotunlar safoyi zuhdidin, Olam ichra gar yorug'luq bo‘lsa fosh. Yo‘q ajab, chunkim arab alfozida, Istiloh ichra muannasdur quyosh. Ayol - tabiatning eng go'zal xilqati. Agar u o'z xulqida ezgu fazilatlarni jamlasa, uning qadri shunchalar baland bo'ladiki, u bamisoli quyosh singari butun olamni munavvar etib turadi. Ushbu qit'ada buyuk shoir ana shu haqiqatni o'ziga xos go'zal shaklda ifodalab bergan. Nokas kishi bo‘lmaslikda... Nokas-u nojins avlodin kishi bo‘lsun debon, Chekma mehnatkim, latif o‘lmas kasofat olami. Kim, kuchuk birla xo‘dukka necha qilsang tarbiyat, It bo‘lur, dog'i eshak, bo‘lmaslar aslo odami. Mazkur qit'a ham g'oyat ibratli bo'lib, unda ko'p narsa insonning o'ziga bog'liqligi aytiladi. Darhaqiqat, dunyoda shunday kimsalar ham borki, ularga odamiylik sifatlari mutlaqo begona. Siz ularni "odam" qilaman deb har qancha urinmang, foydasi yo'q. Axir kuchuk bilan xo'tikni qancha tarbiya qilsangiz ham, ular kelajakda faqat it va eshak bo'ladi xolos-ku! Kamol kasbiga dalolat-u nuqsonidin izhori malolat Kamol et kasbkim, olam uyidin Mavzu: “Munojot” asarini sharhlash “Munojot” asari va uning o’ziga xosligi. “Munojot” asarinng badiiy qimmati. “Munojot” asari sharhi. Navoiyning “Munojot” asari Ogoh Sirri Lavandning 1965-68 yillar mobaynida nashr ettirgan “Alisher Navoiy” nomli 4 jildli kitobning oxirgi jildida e’lon qilingan edi. “Munojot” muqaddima va 3 qism: “Hamd”, “Na’t” va “Munojot”dan iborat. “Hamd” va “Na’t”dagi fikrlar Navoiy dostonlari avvalidagi hamd va na’tlardagi qaydlar bilan mutlaqo hamohang bo’lib, Ollohning buyukligi, azaliy va abadiyligi, yagonalik sifatlari, Muhammad payg’ambarning ta’rifini beradi. “Munojot” qismi esa bevosita Allohga murojaat tarzida bitilgan. Muallif undan afv iltijo qilib, o’zini gunohkor, Ollohning karamli ekanini ta’kidlaydi. Modomiki, deydi Navoiy har qanday mavjudot, uning sifatlari, har bir jonzod, uning fe’l atvori, sa’y-harakatlari Olloh tomonidan qismat etilgan ekan, “taqdir qilganingni qilurg’a ne ixtiyor, qilmasmen demakka kimning haddi bor”. “Munojot”dagi “Ilohi, emdi hamkim, barchadan kechmak xayolin qilurmen, o’zlugum bilan kecha olmon yaqin qilurmen. Ilohi, andoqqi, bu balolarga solding, qutqor va andoqkim, bu ibtilolarga kiyurding chiqor” –deya iltijo qilishi shoirning yuqorida yodga olingan tushkun kayfiyatidan darak beradi, Shu bilan birga hammadan voz kechish mumkin va oson, lekin “o’zlugi” dan kechish mutlaqo mumkin emas, bu aniq. Binobarin, “o’zluk”ni muqaddas saqlamoqqa, uni tahlika va loqaydliklardan xalos etmoqqa intilish nihoyatda zarur, degan shoirning yuksak e’tiqodini yuzaga chiqaradi. Diqqatga sazovori yana shuki, Navoiy iltijolari zaminida uni ijodiyoti bo’ylab bosh xat bo’lib o’tgan davr, muhitga yo’naltirilgan armon va o’kinchli mulohazalarini uqsa bo’adi. Shoir iltijolarining bir necha o’rinda nafs-u havo mayli, hirsu riyo kabilardan saqlanishda madadkorlik qilishni o’tinishi fikrimiz dalilidir, Shuningdek, taqvo, zuhd, ibodat singari barcha el uchun zarur bo’lgan farzlarni bajarishda tavfiq tilaydi: “Ilohi, toatqa tavfiq bersang riyodan asra va ibodatqa yo’l ko’rguzsang xatodin asra”, -deb yozadi. Bu hol XV asr farzandi, tasavvuf ta’limotiga daxldor ijodkor uchun tabiiydir, albatta. Navoiyning qator iltijolari uning didaktik qarashlari bilan bog’liqdir: “Ilohi ashyolar mazallatidin asra va bediyonatlar tuhmatidin asra. Ilohi johil suhbatig’a poband etma va arozil qashmatig’a hojatmand etma”. Bu iltijolar “Mahbub ul-qulub” dagi shoirning didaktik o’gitlari, bir qator “tanbeh”laridagi hikmatli pandlari bilan hamohangdir. Navoiy “Ilohi, zamirimga xudpisandlig’ni yovurma va xotirimni el naf’i aybjo’lig’ig’a tutma”,-deya iltijo qilar ekan, u o’z umri oxiriga qadar ilg’or insonparvarlik zaminida g’oyat mustahkan turganligidan dalolat beradi. Xulosa tarzida aytish kerakki, Navoiyning “Munojot” asari shoir kulliyoti uchun yozilgan so’zboshi emas, balki hayoti oxirida e’tiqodlari mustahkam, imoni komil, ijodda g’oyaviy niyatlari yuksak, hayoti va orzu-umidlari pok va xolisligiga ishonsa-da, yana bir bor Ollohdan notinch ruhiyatiga osudalik tilab, avlodlarini ma’naviy kamolotga, e’tiqodiy ustivorlikka, o’zligini qadrlash va uni muhofaza etishga chorlash maqsadida yozilgan, o’tmishga emas, kelajakka qaratilgan dil so’zlaridir. Mavzu: Nasoyim-ul muhabbat asaridagi hikoyatlarni sharhlash Nasoyim-ul muhabbat asari haqida. Nasoyim-ul muhabbat asaridagi hikoyatlar sharhi. Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» asari ilk bor arabiy, forsiy matnlar, ularning tarjimalari va izohlari bilan toʻliq holda nashr etilmoqda. Asar muqaddima va 770 ta shayx (35 tasi avliyo ayollar)iing hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan. Ilgarngi nashrida (1968) atigi 153 ta shayxlar haqida ma’lumot berilib, ayrim diniy va tasavvufiy atamalar ma’lum sabablarga koʻra tushirilib qoldirilgan edi. Asarda biz tahlilga olgan shayxlar haqidagi hikoyatlardan Shayx Mo'min Sheroziy va Pahlavon Mahmud bilan bog'liq hikoyatda zikr qilingan onalar ismi ko'rsatilmagan. SHayx Abdulqodir Jiliy hikoyatida uning onasi, “Va onalari Ummulxayr Ahmaduljabbor Fotima binti Abu Abdulloh”, deb to'liq tanishtiriladi. Shayx Abu Abdulloh Hafif onasi Ummi Muhammadiya esa o'ttiz besh ayol shayxlar qatorida qayd qilingani sabab uning ismi aytiladi. Ma'lumki, asarda o'ttiz besh ayol shayx haqida alohida qism bo'lib, ularning har biri ismi, nasabi bilan tilga olinadi. Shayx Mo'min SHeroziy haqida hikoyat juda qisqa, chunki “Navoiy har bir tasavvuf arbobi haqida ma'lumot berar ekan, ma'lumotning lo'nda muxtasar bo'lishiga intiladi”. “Shayx ul-islom debdurki: “Ismoil Dabbos dedikim: “Haj niyati qilib borurda SHerozg'a etishdim. Bir masjidqa kirdim. Shayx Mo'minni ko'rdimki, o'lturub xirqasin yamaydur erdi. Salom qildim va o'lturdim. Mendin so'rdikim: “Ne niyating bor?” Dedim: “Haj niyatim bor”. Dedi: “Onang bor?” Dedim: “Bor!” Dedi: “YOnib onang mulozamatig'a bor!” Bu so'z menga xush kelmas erdi. Dedi: “Ne to'lg'anasen? Men ellik haj qilibmen, bosh yalang, oyoq yalang va zodu hamrohsiz. Barchasin senga berdim. Sen onang ko'ngli shodlig'in menga ber!” Hikoyatning mazmun-mundarijasida, g'oyasida ona roziligi, ona ko'ngli shodligi bilan bog'liq butun nozik masalalar yoritilgan. Navoiy kitobxonga onalar haqqi-hurmatini, rozilik darajasini hatto islomning farz amallaridan biri bo'lgan haj amali orqali topgan savobning darajasidan ham yuksakligini, jannatga boradigan yo'llar ona shodligi, ona rizosi bilan tutash ekanligini uqtirmoqda. Hikoyat kompozitsiyasida dialog usuli, ya'ni Shayx Mo'min Sheroziy va Ismoil Dabbos orasida bo'lgan suhbat-savol-javob asosiy o'rin tutadi. Aytish mumkinki, “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida bitilgan hikoyatlardagi onalar obrazi buyuk Navoiyning ideal qahramonlarining timsolidir. Chunki bu onalar obrazida umumbashariy fazilatlar, eng ilg'or diniy-dunyoviy, ma'rifiy, axloqiy-ta'limiy qarashlar mujassamlashgan. Demak, bu obrazlar hamma zamonlarda katta ijtimoiy-tarbiyaviy, ma'rifiy va estetik ahamiyatga ega bo'lib qoladi. Mavzu: “Nazm ul-javohir”dagi ruboiylaardan yod olish va sharhlash Ruboiy janri haqida. “Nazm ul- javohir” asarida ruboiy janri. “Nazm ul-javohir”dagi ruboiylar sharhi. Ruboiy (arab. — toʻrtlik) — Sharq xalqlari sheʼriyatida keng tarqalgan poetik janr. Tayin gʻoyaviybadiiy va shakliy shartlarga binoan yaratilgan 4 misradan iborat falsafiy, axloqiy, taʼlimiy yoki ishqiy mavzudagi sheʼr. R. hazaj baxrida (axram va axrab vaznlarida ) yoziladi. Navoiy. R.dagi 4 unsur 4 misrada aytilmoqchi boʻlgan fikrning toʻgʻri, badiiy yuksak, kompozitsion jihatdan pishiq boʻlishini taʼminlaydi. 1-misra —tezisda shoir aytmoqchi boʻlgan fikr oʻrtaga tashlanadi; 2-misra — antitezisda birinchisiga qarama-qarshi fikr aytiladi, birok, u tezisni isbotiga xizmat qiladi; 3-misra — moddai ruboiya 4-misrada aytilmoqchi boʻlgan xulosa uchun koʻprik vazifasini oʻtaydi; 4-misra — sintezda avvalgi 3 misradan gʻoyaviy xulosa chiqariladi, bu shoirning asosiy gʻoyasi hisoblanadi. “Nazm ul-javohir” (“Gavharlar tizmasi”) asari, asosan, tasavvuf gʻoyalari targʻibiga bagʻishlangan. Unda tasavvufdagi asosiy tushuncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli tilda talqin qilinadi. Hazrat Alisher Navoiyning “Nazm ul-javohir” asari 1968-yilda Navoiy asarlari XV jildligining XV- jildida nashr etilgan bo‘lib, uni matnshunos Porso Shamsiyev nashrga tayyorlagan. El qochsa birovdin, el yomoni bil oni, Ahvolida idbor nishoni bil oni, Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni, Olam elining yamon yamoni bil oni. Demak, koʻpchilik (“el”) bir fikr bildirar ekan, bu tasodifiy boʻlmaydi. Ular bir kishidan oʻzini olib qochsa, oʻsha odam elning yomoni boʻladi. Buning sababi esa oʻsha kishining feʼl-atvoridir (“ahvolida idbor nishoni”). Bunday odamning yomonligi faqat oʻzi uchun emas, balki barcha uchun ham zararlidir. Adib uni “ulus baloyi joni”, yaʼni “elning joniga bitgan balo” sifatida taʼriflamoqda. Tugal xulosa esa oxirgi misrada ifodalangan. Bunday odam oʻzining yoki oʻzi mansub boʻlgan elninggina emas, balki butun “olam elining yomoni”dir. Shoirning “yamon” soʻzini ikki marta qoʻllashi orqali aytmoqchi boʻlgan fikri alohida taʼkidlanyapti. Navoiy “Nazm ul-javohir” asarida so‘zga falsafiy jihatdan yondashadi va talmih vositasida insonni hayvondan ajratib turguvchi eng asosiy omil so‘z ekanligini ko‘rsatadi: “Har oyina bu javhari jonbaxsh bashar xilqati konidin va bu lului ravonbaxsh inson vujudi ummonidin zohir bo‘lmasa erdi- Iso bila markabi arosida ne tafovud va solih bila noqasi o‘rtasida ne mug‘oyarat bo‘lg‘ay erdi”. Demak, inson so‘z durlari bilan ziynatlanmas ekan, Iso payg‘ambar bilan ulovi orasida va solih payg‘ambar bilan tuyasi o‘rtasida qanday farq qoladi? (Garchi ular payg‘ambar bo‘lsalar ham). Shundan so‘ng Navoiy yuqoridagi fikrlarning poetik ta’sirini oshirish va ularning davomiyligini ta’minlash, qolaversa, umumlashma fikrni bayon etish maqsadida quyidagi ruboiyni keltiradi: So‘zdurki nishon berur o‘lukka jondin, So‘zdurki berur jong‘a xabar jonondin, Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, Mavzu: Tuyuqlardan yod olish va sharhlash Navoiy ijodida tuyuq janri. Navoiy tuyuqlaridan namunalar va ularning sharhi. Navoiy lirikasida tuyuqlarning o‘rni. Hazrat Mir Alisher Navoiy ijodiy merosida ruboiy va tuyuq janrida yaratilgan she’rlar katta o‘rin tutadi. Turkcha she’riyatgagina xos tuyuq haqida shayx Ahmad Taroziy hijriy 840 yilda (1436—1437) bitgan “Funun ul- balog‘a”(“Yetuklik ilmlari”) asarida shunday yozadi: «Bu turk shoirlarining ixtirosidur…» Yo rab, ul shahdu shakar yo labdurur, Yo magar shahdu shakar yolabdurur. Jonima payvasta novak otqali G’amza o’qin qoshig’a yolabdurur. Tuyuq mazmunini quyidagicha izohlash mumkin: «Yo rabbim, bu asalmi, shakarmi, yo labmi? Yo u sanam asal , shakar yalabdimi? Jonimga tinimsiz (payvasta) o’qlar otmoq uchun g’amza (noz-karashma) o’qini qoshiga (qoshning yoyga o’xshashligiga ishora) joylabdimi?» Tuyuqning butun tarovati «yolabdurur» so’zi ifodalagan turli ma’nolar ichiga yashiringan. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor. Har necha dardimni desam, dog‘i bor Qilcha tanga ishqing yor edi Bir sori bo‘ldi firoqing, dog‘i bor Ushbu tuyuq "dog'i" so'zining tajnisi asosiga qurilgan. Natijada tuyuqdan mana bunday talqin kelib chiqadi: "Ko‘nglimga har tarafdan boqsam, dog‘i bor, har qancha dardimni aytsam , otashi bor. Qildekkina tanamga bori ishqing yor edi, sendan ayriliqda firoqing bir taraf bo‘ldi, yana bor". Bemisl shakl va beqiyos ma'no uyg'unligi! Qadimni firoq mehnati yo qildi, Ko‘nglum g'am-u anduh o‘tig'a yoqildi. Holimni sabog'a aytib erdim, ey gul, Bilmon, sanga sharh qilmadi, yo qildi. Ushbu tuyuq "yo qildi" so'zlari tajnisiga asoslangan va ma'nosi shunday: "Tik qaddimni firoq mehnati yo qilidi (egdi), ko'nglim esa g'am-u anduh gulhanida yoqildi (yondi). Men bu holimni sabo (tong shabadasi)ga aytgan edim, ammo bilmayman , ey gul (yor), u xabarimni senga sharh qilmadimi yo qildi?" Ko’z yoshim tuproq ila gar qotila, Kelmagayman javridin, haqqo, tila. G’amzasi o’ltirdi-yu, ul bexabar, Men agar o’lsam, ne g’am ul qotila Mazkur tuyuq "qotila" so'zi tajnisiga asoslangan. Shoir unda "Yor ko'yida azob chekib to'kkan yoshlarim tuproqqa qorishsa ham, bu azoblar meni ortga qaytara olmaydi. Biroq yorimning g'amzasi mening jonimni olsa ham , ul qotilaga baribir", deya bitar ekan, bu lavha orqali oshiqning xokisorligi va ishq yo'lida sobitligi, ma'shuqaning esa jafokorligi anglashiladi. Mavzu: “Vaqfiya” sarida Navoiyning ijtimoiy faoliyati bilan bog’liq o’rinlarni sharhlash. “Vaqfiya” asari haqida. Asarda Navoiyning ijtimoiy faoliyati bilan bog’liq o’rinlar sharhi. Alisher Navoiyning eng muhim asarlaridan biri «Vaqfiya» bo‘lib, bu asarni shoir 1481-1482-yillarda yaratgan. Bir qarashda, shoir va buyuk davlat arbobining o‘zi qurgan imoratlariga vaqfi, ya’ni rasmiy hujjatidek ko‘rinsa ham, aslida unda Sulton Husayn Boyqaro davri davlat tizimi, Alisher Navoiyning bu davlatni boshqarishdagi o‘rni, uning tarjimai holi, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy qarashlari katta bilimdonlik va aniqlik bilan yoritilgan. Shuning uchun ham navoiyshunoslikda bu asarga Alisher Navoiy nasrining ajoyib namunasi sifatida qaraladi. “Vaqfiya” hamd, na’t va Sulton Husayn Boyqaro madhini o’z ichiga olgani holda muqaddima bilan boshlanadi. Asarning asosiy qismini shartli ravishda ikki qismga bo’lish mumkin. Navoiyning Sulton Husayn Boyqaro saroyidagi davlat arbobo sifatidagi faoliyati aks etgan o’rinlar. Navoiyning hayriya ishlari va vaqf qildirgan mulk yerlari, vaqfiya joylardagi idora usuli, xizmat uchun belgilangan lavozimlar, maosh, o’rnatilgan tartib-qoidalar bayoni. Ruboiy: To hirsu havas xirmani barbod o‘lmas: To nafsu havo qasri baraftod o‘lmas. To zulmu sitam jonig‘a bedod o‘lmas, El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas. Ruboiy: Eldin manga garchi g‘ayri zahmat yo‘q edi, Ayb ermas, agar muzd ila minnat yo‘q edi. El berdilar, ammo manga rag‘bat yo‘q edi, Shah davlatidin bularg‘a hojat yo‘q edi. Ruboiy: Olam ishidin meni ma’lul et, yo rab, Faqr emgagi tortarg‘a hamul et, yo rab. Bu ishki, sening rizong uchun qilmishmen, Ham ayni rizo bila qabul et, yo rab. Ruboiy: Yuz shukrki, buq’alar mukammal bo‘ldi, Vaqfi bu hududkim, mufassal bo‘ldi. Sekkiz yuz ediyu sekson olti ta’rix Vaqfiyasi ul kunki, musajjal bo‘ldi Download 441.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling