O‘quvchi uchun yo‘riqnoma


Download 442.74 Kb.
bet1/7
Sana28.03.2023
Hajmi442.74 Kb.
#1304858
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PISA TEST O\'QISH 4 SINF




O‘QUVCHI UCHUN YO‘RIQNOMA
Hurmatli o‘quvchi! Bu vazifani bajarishingiz uchun hikoyalarni o‘qib
chiqishingiz va o‘qiganlaringiz bo‘yicha savollarga javob berishingiz lozim
bo‘ladi. Ayrim savollar sizga osonroq va ayrimlari qiyinroq tuyulishi mumkin.
Barcha savollarga, shuningdek, osonlari kabi qiyinlariga ham javob berishga
harakat qilib ko‘ring.
Topshiriqlarni bajarishda har xil shakldagi savollarga javob berishingizga
to‘g‘ri keladi. Ba’zi savollarga 4 ta javob varianti keltirilgan.
Masalan:
Haftada necha kun bor?
A. 2 kun
B. 4 kun
C. 7 kun
D. 10 kun
Agar javobingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, unda javobingizni o‘chiring,
to‘g‘ri bo‘lgan javobni belgilang va keyingi savolga o‘ting.
Ba’zi topshiriqlarni bajarayotganingizda javoblaringizni savol tagida
ajratilgan maxsus joyga yozishingiz kerak bo‘ladi.
Masalan:
Tarixiy hikoyada keltirilgan voqealar yilning qaysi faslida sodir bo‘lgan?
Daftar ikki qismdan iborat. Har bir qismni bajarish uchun 40 daqiqa
ajratilgan. Ular orasida tanaffus ham bor.
Hamma savollarga imkon qadar yaxshi javob berishga harakat qiling.
Agar qaysidir savolga javob bera olmasangiz, keyingi savolga o‘ting.

Quyon zilzila haqida ogohlantiradi
Rozalind Kervin
Bor ekan-u, yo‘q ekan, bir paytlar doim nimadir haqida qayg‘uradigan quyon bo‘lgan ekan. “Ey xudoyim! – deya u kun bo‘yi g‘o‘ldirarkan.
Bechoragina men, bechora”.
Hammasidan ham u zilzila bo‘lishidan qo‘rqardi. “Agar shunday bo‘lsa, men bilan nima sodir bo‘ladi?” – derdi u o‘ziga.
Bir kuni ertalab katta olma to‘satdan daraxtdan yerga tushib ketganda u juda xavotirga tushdi. PAQ! – butun yerni larzaga keltirdi tushgan olma. Quyon sakrab tushdi. “Zilzila!”– qichqirdi u.
Shu zahoti u qarindoshlarini ogohlantirish uchun dala bo‘ylab yugurib ketdi.
Zilzila! Qochinglar! O‘zingizni qutqaring!”
Hamma quyonlar dalalar va o‘tloqlarni tashlab, aqlini yo‘qotganday yugurib ketishdi. Ular tekisliklar, o‘rmonlar, daryolar va tepaliklardan yugurib, yo‘lda duch kelgan qarindoshlarini zilzila haqida ogohlantirishdi.
Zilzila! Yuguring! O‘zingizni qutqaring!”
Barcha quyonlar aqlini yo‘qotganday daryolarni, tekisliklarni, adirlarni va o‘rmonlarni ortda qoldirib, barchaning orqasidan yugurib ketishdi.


Ular tog‘larga chiqishganda, o‘n ming quyonning oyoq tovushi musaffo osmon ostida chaqmoq kabi yangray boshladi.
Ko‘p o‘tmay ular eng yuqori cho‘qqiga chiqishdi. Birinchi quyon zilzila yaqinlashmadimikan deb orqasiga qaradi, lekin u faqatgina yugurib kelayotgan quyonlarning katta to‘dasini ko‘rdi.
Keyin u oldinga qaradi, lekin u faqat tog‘larni, vodiylarni, yana tog‘larni va olisda moviy dengizni ko‘rdi.
U o‘shayerda og‘ir nafas olib turar ekan, qayerdandir sher paydo bo‘ldi.
Bu yerda nima bo‘lyapti? – deb so‘radi u.
Zilzila, zilzila! – deyishdi hamma quyonlar.
Zilzila? – hayron bo‘ldi sher. – Uni kim ko‘rdi? Uni kim eshitdi?
Undan so‘rang, undan so‘rang! – deb baqirishdi barcha quyonlar birinchi turgan quyonga ishora qilib. Sher quyon tomonga o‘girildi.
Kechirasiz, janob, – dedi quyon qo‘rqibgina. – Men dahshatli shovqinni eshitganimda uyda tinchgina o‘tirgan edim, yer larzaga keldi va bu zilzila ekanligini angladim. Boshqalarni ogohlantirish uchun imkon qadar tez yugurdim va ular qutulib qolishga ulgurishdi.
Sher quyonga teran, dono nigoh bilan qaradi.
Birodar, quloq sol, menga bu dahshatli ofat qayerda sodir bo‘lganini ko‘rsatishga jasorating yetadimi?
Rosti, quyon unchalik jasur emas edi, lekin u sherga ishonishi mumkinligini his qildi.
U sherni tog‘lar va tepaliklar etaklaridan, daryolar, tekisliklar, o‘rmonlar va dashtlar bo‘ylab olib o‘tdi, ular nihoyat uning uyiga kelishdi.
Mana shu yerda zilzilani eshitdim. Sher atrofga diqqat bilan qaradi va daraxtdan shunday shovqin bilan qulab tushgan ulkan olmani ko‘rdi.
Olmani oldi, qoyaga ko‘tarildi va olmani yerga tashladi. PAQ!
Quyon sakrab tushdi: “Zilzila! Tezroq qoching – bu yana sodir bo‘ldi!”
Ammo to‘satdan u sherning kulayotganini ko‘rdi. Keyin u o‘zining oyoqlari ostida yotgan olmani ko‘rdi.
Voy, – pichirlabdi u, – bu zilzila emas ekan-da. To‘g‘rimi?
Yo‘q, – dedi sher, – bu zilzila emas edi va sen ham qo‘rqmasliging
kerak.
Oh, men qanchalar ahmoq ekanman! Sher muloyim jilmayib qo‘ydi:
Xavotir olma! Ba’zida barchamiz, hatto men ham, tushunmaydigan narsamizdan qo‘rqamiz. Keyin u tog‘ning tepasida uni kutib turgan o‘n ming quyonning oldiga uyga qaytishdan qo‘rqmasliklarini aytish uchun yo‘l oldi.



Download 442.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling