O‘quvchi uchun yo‘riqnoma
Sizningcha, sherga quyon yoqarmidi? Bu haqda ertakda nima deyiladi?
Download 442.74 Kb.
|
PISA TEST O\'QISH 4 SINF
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Ertak davomida quyonning his-tuyg‘ulari qanday o‘zgargan
- 11. Ushbu ertakning asosiy g‘oyasi nima
- TUPIKLAR TUNLARI
8. Sizningcha, sherga quyon yoqarmidi? Bu haqda ertakda nima deyiladi?
_________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ 9. Ertak davomida quyonning his-tuyg‘ulari qanday o‘zgargan? Ertak boshida quyon ___________________________ni his qildi. Chunki __________________________________________________________________ ____________________________________________________ ____________________. Ertak oxirida quyon ____________________________ni his qildi. Chunki ________ __________________________________________________________________________________________________________________________________________________ . 10. Siz sher va quyon haqida ularning ertakda tasvirlangan harakatlaridan bilib oldingiz. Sherning fe’l-atvori quyonning xatti-harakatlaridan qanday farq qilganini aytib bering. Buni tasdiqlovchi har birining harakatlaridan misollar keltiring. ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 11. Ushbu ertakning asosiy g‘oyasi nima? A) Muammodan qoching B) Vahima qo‘zg‘ashdan oldin dalillarni tekshiring C) Hatto yaxshi ko‘rinadigan sherlarga ham ishonmaslik kerak D) Quyonlar – tezkor hayvonlardir TUPIKLAR TUNLARI Bryus Makmilan Har yili sabzi rang tumshuqli qora-oq qushlar Islandiyaning Xeymey oroliga uchib kelishadi. Bu qushlarni “tupiklar” deb atashadi. Yorqin tumshuqlari va beso‘naqay harakatlari tufayli ularni yana “dengiz masxarabozlari” deb ham atashadi. Yo‘g‘on tanasi va qisqa qanotlari tufayli tupiklarga parvoz qilish va qo‘nish qiyin kechadi. nna Xeymey orolida yashaydi. U har kuni osmonga qaraydi. Bu yil birinchi tupikni ko‘rish uchun baland qoya ustida turib, dengizga qaramoqda. U islandchada “tupik” degan ma’noni anglatuvchi “landi” so‘zini shivirladi. Tez orada ular butun osmonda paydo bo‘ladi – hamma yoqda tupiklar, tupiklar. Ular dengizga, Anna yashaydigan orolga va hech kim yashamaydigan eng yaqin orollarga tuxum qo‘yib, jo‘jalarini ochish uchun qishlashdan qaytishadi. “Dengiz masxarabozlari” xuddi shu uyalarga qaytishadi. Bu ular qirg‘oqqa chiqadigan yagona vaqt. Anna va uning do‘st lari qoyalarga ko‘tarilib, qush larni tomosha qilishmoqda. Ular qanday qilib tupiklar bir-birlarini tumshuqlari bi lan urishlarini ko‘rishadi: taq, taq, taq. Yaqinda har bir juftlik qoyalarga chuqur yashirilgan tuxumga g‘amxo‘rlik qiladi. Jo‘jalar tuxumdan chiqqanidan so‘ng ota-onalari ularga baliq olib kelishadi. Har bir jo‘ja yosh tupikka aylanadi. Tupiklar kechalari har bir yosh qush birinchi parvozga chiqqanida kelishadi. Tupiklar kechalarigacha hali bir necha hafta bo‘lsada, Anna ko‘proq karton qutilarni qanday tayyorlash haqida o‘ylaydi. Yoz bo‘yi katta tupiklar baliq ovlashadi va jo‘jalarini parvarish qilishadi. Avgust oyida gullar qoyalarni qoplaydi. Gullar gullaganda, Anna kutish vaqti tugaganini anglaydi. Yashirib qo‘yilgan jo‘jalar o‘sib, yosh tupiklarga aylanishadi. Anna va do‘stlarining qutilarini hamda chiroqlarini olish vaqti keldi. Bugungi kechadan boshlab va ikki hafta ichida tupiklar qishki dengizga uchishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydilar. Tun qorong‘usida tupiklar uyalarini tashlab, birinchi parvozni amalga oshiradilar. Bu – baland qoyadan qisqa parvozdir. Aksariyat qushlar dengiz yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘nishadi. Ammo ba’zi qushlarni qishloqdagi chiroqlar chalg‘itadi. Ehtimol, ular buni suvdagi oy nurining aksi deb o‘ylashar. Shunday qilib, har kecha yuzlab tupiklar qishloqqa qo‘nishadi. Ular yerning tekis yuzasidan uchib,ko‘tarila olmaydilar, shuning uchun yuguradilar, yashirinishga harakat qiladilar. Har tun Anna va uning do‘stlari suvga tusha olmagan jo‘jalarni izlaydilar. Ammo ularni qishloqdagi mushuklar va itlar ham qidirayotgan bo‘lishadi. Agar mushuklar va itlar ularni ushlab olmasa, tupiklar mashina ostiga kirib ketishlari mumkin. Bolalar adashib qolgan tupiklarni birinchi bo‘lib topishlari kerak. Kechqurun soat o‘ndan keyin Xeymey orol ining ko‘chalari bolalar bilan to‘ladi. Anna va uning do‘stl ari tupiklarni qutqarish bo‘yicha raqobatlashadilar. Yoritgichlar bilan qurollanib, ular qorong‘i joylarni yoritib, qishloq atrofida aylanib yurishadi. Anna tupikni topadi. Keyin u uning yoniga yuguradi, uni olib, ehtiyotkorlik bilan karton qutiga soladi. Ikki hafta davomida Xeymey orolidagi barcha bolalar kechasi uxlamaslik uchun ertalab uzoq vaqt uxlashadi. Ular minglab tupiklarni qutqaradilar. Har kecha Anna va uning do‘stlari qutqarilgan tupiklarni uylariga olib kelishadi. Ertasi kuni tupiklar bilan to‘lgan qutilar bilan Anna va uning do‘stlari qirg‘oqqa boradilar. Tupiklarni qo‘yib yuborish vaqti keldi. Anna birini qo‘yib yuborishga tayyorlaydi. U qanotlarini qoqa olishi uchun uni ushlab turadi. Keyin, tupikni ehtiyotkorlik bilan qo‘lida ushlab, havoda silkitadi va suv to‘lqini chizig‘idan nari tomonga qarab qo‘yib yuboradi. Tupik biroz uchadi va beshikast suvga qo‘nadi. Shunday qilib, kundan kun, tupiklar tunlari tugamaguncha, Annaning qushlari dengizga suzib ketishadi. So‘nggi yosh va katta tupiklar qishlash uchun dengizga ketayotganini ko‘rib, Anna keyingi bahorgacha ular bilan xayrlashadi. Ularga oq yo‘l tilab, ortlaridan qichqiradi: “Xayr! Xayr!” Download 442.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling