Mavzu: navoiyning na‘T Ĝazallariga xos xususiyatlar kirish mundarija


Download 36.48 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi36.48 Kb.
#1634616
  1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU


MAVZU: NAVOIYNING NA‘T ĜAZALLARIGA XOS XUSUSIYATLAR
KIRISH
MUNDARIJA
I-BOB NAVOIY ĜAZALLARI MAVZULARI HAQIDA
II- BOB NAVOINING NA‘T ĜAZALLARI VA ULARGA XOS XUSUSIYATLAR
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RÒŸXATI
1

KIRISH
«Qur’on»i karimning «Sharh» deb nomlangan 94-surasi, 4-oyatida bevosita payg‘ambarimiz — Muhammad alayhissalomga xitob qiliiib:'«Va Biz sizning zikringizni (ya’ni martabangizni) baland qilib qo‘ydik», — deyiladi. Tarjimon Alouddin Mansur bu oyatga shunday izoh beradi: «Darhaqiqat, har bir mo‘min-musulmon qayerda Olloh taoloning nomini yod etib, U zotni ulug‘lasa, albatta, U zot bilan birga payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning nomlarini ham zikr qilib, u kishiga salovot va salom aytadiki, bu martabai oliy payg‘ambarimizdan o‘zga hech kimga nasib etgan emas»-Ana shu Olloh nomini tilga olish barobarida pay-g‘ambarg‘a ham salovatu salom yo‘llash qo‘liga qalam ushlagan har bir musulmon muallif uchun shart edi.
‘Alisher Navoiy asarlari lug‘atida na’tga shunday ta’rif berilgan: «Na’t — payg‘ambarni madh etish, yaxshi sifatlarini aytib maqtash»*
> Musulmon xalqlari adabiyotlarida deyarli barcha asarlar Olloh hamdi va Muhammad na’ti bilan bosh-lanadi.,
'«Xazoyin ul-maoniy»dan shoirning jami qirqqa yaqin na’t g‘azali joy olgan Ularning har birida yangi-yangi — o‘zaro o‘xshashi yo‘q badiiy tasvirlar yaratiladi. ,Shoir na’tlarida rasulullohni odamzodning sarvari — eng buyuk zot sifatida ta’rifu tavsif etadi.*
' Navoiyning na’t g‘azallarini o‘qir ekanmiz, ularning ayrimlari maqta’sida shoir bu na’t ekanligini ta’kidlab o‘tadi;
Sen kimu na’tin demak, til asrag‘il ko‘p nuktadin, En Navoiy, ma’rifatni qilma har ne bor xarj.
(«G‘aroyib us-sig‘ar», 94-g‘azal). Igirdi rishtai na’ting Navoiy, ko‘z uchi birla, Agar boqsang, muti’ o‘lg‘ay anga nassoj ila sarroj.,
(«Favoyid ul-kibar», 92-g‘azal). Tong emastur, gar navo bo‘stonida topqay maqom, Chun Navoiy o‘zni na’ting ko‘yida qildi muqim.
2
(«Badoe’ ul-vasat», 393-g‘azal). Navoiy, nabiy na’tidin jam’ qilg‘il, Parishon esa xotiri harzagarding.
(«Favoyid ul-kibar», 338-g‘azal). To aning birla bo‘lg‘ay, Navoiy, Na’tu hamding bayoniga doston saro.
(«Badoe’ ul-vasat», 7-g‘azal). Chun Navoiy na’ting ayturg‘a tilar bo‘lg‘ay ilm, Ne ajab gar bo‘lsa bot olimlar pchra a’lame.
(«Favoyid ul-kibar», 575-g‘azal). Yetur anga karaming bahridin payopay farz,—■ Ki na’ting ichra durafshonlig‘ etsu idroki.1
1 1. Hotamov N., Sarimsoqov B., Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha –o‘zbekcha izohli lug‘ati, -T.: O‘qituvchi, 1979, 16-b.
3
I-BOB NAVOIY ĜAZALLARI MAVZULARI HAQIDA
Hazrat Navoiy na’t g‘azallarida payg‘ambarimiz-ning sifatlari, xususiyatlari, shafoatlari, mo‘jizalarni, nurlarini vasf etadi,
^ Shoir na’tlarini o‘qigan kishi, eng komil inson —bu Muhammad payg‘ambar ekanligini bilib oladi.. «Cho‘lpon» nashriyotida chop etilgan «Ilohiy mo‘jizalar » kitobida «Eng buyuk inson» degan bir fasl bor.Undan bilib olamizki, amerikalik olim Mayk Xart «Tarixda 100 buyuk odam» nomli kitob chop etgan. Unda aytilishicha, bu olim insoniyat tarixida hozirgacha ma’lum buyuk zotlarning qobiliyatlari, kurashlari, amal-lari, tadqiqot va muvaffaqiyatlari haqida gap ma’lumotlarni kompyuter sohifasiga kiritadi. Kiyin inkor etib bo‘lmaydigan matematik yo‘l bilan ularning eng qudratlisini aniqlaydi. Eng oxirgi natijani olish uchun tugmachani bosganda, kutilmagan va o‘ta hayajonli natija kelib chiqadi. Kompyuterda yer yuzidagi Shu vaqtgacha yashab o‘tganlar ichidagi eng buyuk nomi yoziladi: «Hazrat Muhammad sallollohi alayhi vasallam!»
Olamni ham, odamni ham Olloh yaratgan, lekin bundan maksad komil insonni bunyod etish edi. Komil inson — Muhammad payg‘ambar.*
Shuning uchun ham shoirlar bu ulug‘ zot ta’rifida she’r bitishni o‘zlariga sharaf bilganlar.
^Mazmuniga ko‘ra, na’tlarni, shartli ravishda, ikkiga bo‘lish mumkin:

  1. Vasf na’tlar.

  2. Me’rojnoma na’tlar.

2.1. Vasf na’tlar

Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling