Mavzu: navoiyning na‘T Ĝazallariga xos xususiyatlar kirish mundarija


Download 36.48 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi36.48 Kb.
#1634616
1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU

II- BOB NAVOINING NA‘T ĜAZALLARI VA ULARGA XOS
XUSUSIYATLAR
18
XULOSA
Hamd va na’t g‘azallari talqin va tahlillaridan ulug‘ shoir iymoni komillik darajasiga yetgani ko‘rinib turibdi.
Navoiy hamd va na’tlarni shunchaki an’ana uchun yaratgan emas. Avvalo, ulug‘ mutafakkir falsafasida Olloh va payg‘ambar masalasi ayricha ahamiyatga ega. Uning dunyoqarashini aniqlashda Ollohga va payg‘ambarga munosabatini chetlab o‘tishning sira iloji yo‘q.
Lekin, afsuski, shu paytgacha shoirning hamd va na’tlariga yetarli ilmiy e’tibor bermay kelinayotgan edi. Birinchidan, bu asar yo qismlarni Navoiy shunchaki hukmron mafkura ta’sirida yozgan, degan qarash bor edi. Ikkinchidan, ko‘p ommaviy nashrlarda aynan ana shu hamd va na’tlar qisqartirib tashlangan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin shoir ijodining ahamiyati ortdi. Chunki, bobokalonimizning har bir fikri, nuqtai nazari, hayot va odamzod, dunyo va oxirat haqidagi qarashi bugun o‘z qomatini qayta tiklayotgan xalqimiz uchun zarur. 'Milliy istiqlol mafkurasini endilikda ana shu ulug‘ millatdoshimiz ijodisiz tasavvur qilish ham, yaratish ham amri mahol. Shu tariqa endilikda shoir merosining
har bir satri, bayti, ishorasini ham talqinu tahlil etish davri boshlandi.
Shuni dadil aytish mumkinki, hamd va na’tlar mohiyatiga yetmasdan Alisher Navoiyning olam, odam va Olloh haqidagi qarashlari tizimini anglab olish sira mumkin emas.
Navoiy g‘azallarini tasniflarga bo‘lib o‘rganish shu asarlar mohiyatiga yetishni osonlashtiradi. Chunki har bir g‘azalning o‘z ichki badiiy-mantiqiy tizimi mavjud.
Hamd g‘azallarda shoir Olloh u dunyoyu bu dunyoni yaratuvchi buyuk zot ekanligini ta’kidlab o‘tadi.
Mana bu baytda Ollohning qudrati bilan otalar, onalar paydo bo‘lganligi aytilyapti:
Bahona ummohot o‘ldiyu obo, yo‘hsa sun’ungdin Ato birla anog‘a ne atovu ne ano paydo.
19
(«Badoe’ ul-vasat», 2-g‘azal).
«Xazoyin ul-maoniy»ning birinchi devoni — «G‘aro-
yib us-sig‘ar», ikkinchisi — «Navodir ush-shabob», uchin-chisi — «Badoe’ ul-vasat», to‘rtinchisi — «Favoyid ulkibar». Devonlardagi g‘azallarni o‘rganish davomida shuni kuzatdikki, «Favoyid ul-kibar»ning so‘nggi g‘azali faqat shu devonninggina emas, butun «Xazoyin ul-maoniy»ning oxirgi g‘azali hisoblanadi. Gap shundaki, bu g‘azal devondagi an’anaga zid ravishda joy-lashtirilgan. «Xazoyin ul-maoniy»ning so‘nggi g‘azali_na’t. Shu tariqa «Chor devon» g‘azaliyoti Olloh hamdi bilan boshlanib, payg‘ambar na’ti bilan tugallanadi.
Endi mana shu «Favoyid ul-kibar»ning so‘nggi g‘azalidan o‘qiymiz:
Sening madoyihi na’tingda, yo Rosululloh, Tamom bo‘ldi Navoiy takallumi poki.
(«Favoyid ul-kibar», 650-g‘azal).
Bu baytda shoir bevosita rasulullohga murojaat qilgan bo‘lib, sening madhingda na’t aytib, Navoiyning pok so‘zi tamom bo‘ldi, deydi. Shundan xulosa qilish mumkinki, bu g‘azalni Navoiy ana shu «Xazoyin ul-maoniy»ning so‘nggi g‘azali tarzida joylashtirish maqsadi bilan m a x s u s yozgan. Bu fikrimizni navbat-dagi bayt to‘la quvvatlaydi: Bu to‘rt daftarida hamdu na’t aro xalali,
Gar etmish o‘lsa ayon tab’u kilki beboki. («Favoyid ul-kibar», 650-g‘azal). Bu baytning mazmuni shuki, to‘rt daftar deganda shoir «Xazoyin ul-maoniy»ning to‘rt devonini ko‘zda tutgan.
«G‘aroyib us-sig‘ar» devonidagi bir g‘azalda shoir na’t aytish ham ma’rifat ekanligini ta’kidlaydi:
Sen kimu na’tin demak, til asrag‘il ko‘p nuktadin, Ey Navoiy, ma’rifatni qilma har ne bor xarj.
20
(«G‘aroyib us-sig‘ar», 94-g‘azal).
«Favoyid ul-kibar»dagi bir g‘azalda esa shoir na’t yozish ilm talab qilishini qalamga olgan:
Chun Navoiy na’ting ayturg‘a tilar bo‘lg‘ay ilm,
Ne ajab gar. bo‘lsa bot olimlar ichra a’lame. («Favoyid ul-kibar», 575-g‘azal).
Xulosa qilib aytish mumkinki, hamd va na’t g‘azallarni Navoiy «Qur’on»i karimdagi oyatlarga tayanib yozgan.
Agar hamd g‘azallar kishilarni Olloh yagonaligiga, uning yo‘qdan bor, bordan yo‘q qiluvchi zot ekanligiga imon keltirishga da’vat etsa, na’t g‘azallar Muhammad payg‘ambardek mukammal, illatlardan xoli, komil inson bo‘lishga undaydi.
Bu g‘azallar ma’naviy dunyomizni boyitishga xizmat qiladi. Chunki iymon ham mukammallik ham ma’naviyat-ga kiradi.
21

Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling