Mavzu: "Navro’z bayrami" tabriknomasini ishlash


Download 6 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi6 Kb.
#1587844
Bog'liq
3-sinif


Shermamatov Odilbek 3-sinif
Mavzu: “Navro’z bayrami” tabriknomasini ishlash

Maqsad:


Ta’limiy: O’quvchilarning o’zbek va sharq xalqlarining milliy an’analari haqi-dagi tasavvurlarini kengaytirish va chuqurlashtirish.

Tarbiyaviy: O’quvchilami tabiatni sevish unga nisbatan mehrni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Narsalaming tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlari, o’lchov nisbatlarini to’g’ri tasvirlash ko’nikmalarini o’stirish.

Darsning jihozlanishi: Rassomlarning Navro’zga bag’ishlangan dekorativ ishlarining reproduksiyalari, bezak uchun turli materiallar, Navro’z tabriknomalari.

Darsning borishi:

Dars elementlari I II III IV V


Davomiyligi 3 5 20 10 7

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish

2.Davomatni aniqlash.

3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.


II.Yangi mavzu bayoni :
Navro’z bayrami haqida darslikdagi rasmlar va savollar asosida suhbat o’tkaziladi. O’quvchilarning javoblari tinglanadi. O’quvchilar Navro’z bayrami haqida rassomlar ishlagan asarlar bilan tanishtiriladi.
O’qituvchi o’quvchilarga “Navro’z bayrami” tabriknomasini ishlash bosqichlarini darslik orqali tushuntiradi. Namuna asosida tabriknoma doskada xomaki chizib ko’rsatiladi.
III.Amaliy mashg’ulot:
O’quvchilar mustaqil ravishda “Navro’zingiz muborak bo’lsin!” tabriknomasini ishlaydilar. O’qituvchi ularga amaliy yordam va maslahatlar berib boradi.
IV.Darsga yakun yasash:
Darsda o’tilgan materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o’quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O’quvchilarning bu ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
Download 6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling