Darsning maqsadi: Ta’limiy


Download 1.53 Mb.
Sana28.06.2020
Hajmi1.53 Mb.
#122137
Bog'liq
2- sinf ona tili shaxs va narsani bildirgan so'zlar


Dars mavzusi. Shaxs va narsa harakatini bildirgan so‘zlar

(188-191 -mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: shaxs va narsalaming harakatini bildirib, nima qil- di?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar bilan tanishtirish; shaxs va narsalar harakatini bildirgan so‘zlarga beriladigan so‘roq bilan shu so‘zning ma’nosini taqqoslash ko‘nikmasini oshirish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilami bir-birini hurmat qilish, do‘stona mu- nosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: shaxs va narsa harakatini bildirgan so‘zlar, ulaming to‘g‘ri talaffuzini, imlosini o‘quvchilar ongiga singdirish va so‘z boyligini boyitish.

Dars turi: yangi bilim, ko‘nikmalami shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, analiz-sintez, ta’limiy o‘yin, “Bumerang” metodi.

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar (testlar, kartochkalar), rasmli plakatlar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  1. Uy vazifasini tekshirish.

o‘qituvchi kirn?, nima? so‘roqlariga javob bo’lgan so’zlar yuzasidan “Tezkor savol-javob” daqiqasini o’tkazadi.

  1. Bolalar ta’lim-tapbiya oladigan o‘quv maskan. (Maktab)

  1. Maktabda о ‘qiydigan bola. (o‘quvchi)

  1. G‘o‘za ekilgan dala. (Paxtazor)

  2. Paxta yetishtiruvchi dehqon. (Paxtakor)

  3. Mevali daraxtlar ekilgan joy. (Bog‘)

  4. Bog‘ni parvarish qiladigan odam. (Bog'bon)

Namuna:

Kim?: o'quvchi...

Nima?: maktab...

O‘quvchilar bajargan ish o‘qituvchi tomonidan tekshiriladi. Kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar nimalami bil- diradi?

(Kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar kishilaming, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar narsalaming nomini bildiradi.)

Husnixat daqiqasi

Kichik “g‘” harfi kichik “g” harfining ustida so‘z tugagandan so‘ng ko‘ndalang to‘lqinsimon chiziqcha qo‘yish orqali hosil bo‘ladi;

Daftarga bir qator kichik “g‘” harfini va shu harf bilan bog‘langan ; so‘zlami yozadilar: g'oz, sog'lom, g‘alla, qog‘oz.

Dam olish daqiqasi

Quyosh charaqlab ketdi,

Olam yaraqlab ketdi.

Chiroyli yozgan edim

Shamol varaqlab ketdi.

Yangi mavzu bayoni.



Kim zukko” ta’limiy o‘yini.

o‘qituvchi o‘yin sharti bilan o‘quvchilami tanishtiradi.
o‘qituvchi so‘z aytadi, o‘quvchilar ular ichidan shaxs va
narsaning harakatini bildirgan sa‘zlarga bitta chapak, shaxs
va narsaning nomini bildirgan so‘zlarga ikkita chapak cha-
ladilar.


Demak, tilimizda shaxs va narsani bildirgan so‘zlardan tashqari, harakatni bildirgan so‘zlar ham qo‘llanilar ekan. Bu so‘zlar shaxs va narsani bildirgan so'zlardan so‘rog‘i, ma’nosi bilan farq qiladi.

Darslikdagi qoidani o‘qituvchi о ‘qib beradi, keyin o‘quvchilar- ga o‘qitadi.

Shaxs va narsalaming harakatini bildirgan so‘zlar nima qildi?, nima qilyapti?, nima, qiladi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Nima qil­di? - yozdi, uchdi; nima qilyapti? - yozyapti, uchyapti; nima qila­di? - yozadi, uchadi.

Darslik bilan ishlash.

o‘qituvchi 188-mashqni bajarishda “Qish” fasli tasvirlangan rasmni doskaga ilib qo‘yadi, rasm yuzasidan savol-javob o‘tkazadi.

  • Rasmda qaysi fasl tasvirlangan?

  • Qish faslida ob-havo qanday bo‘ladi?

  • Bolalar qanday kiyim kiyishgan? Nima uchun?

  • Bolalar qishda qanday o‘yinlar o‘ynashyapti?

  • Ular bir-birlari bilan qanday munosabatda ekan?

  • Siz o‘rtoqlaringiz bilan qanday munosabatda bo‘lasiz? (o‘quvchilar har doim bir-birlarini hurmat qilishi, ahil bo‘lishlari kerak.)

O‘qituvchi 188-mashqning sharti va matnini o‘quvchilarga o‘qi- tadi.

Qor ko‘p yog‘di. Kun sovidi. Yer muzladi. Bolalar sevindilar va tepalikka yugurdilar.

Ana, Vazira Qorbobo yasayapti. Latofat chana uchyapti. Vahob konki uchyapti.

Qish ham maza!

O‘qituvchi mashq matni asosida suhbat o‘tkazadi:

Matndan shaxs va narsa nomini bildirgan so‘zlarni toping.

  • Ular qanday so‘roqlarga javob bo‘lyapti?

Bolalar bajarayotgan harakatni bildirgan so‘zlami aniqlang.

  • Shu so‘zlar qanday so‘roqlarga javob bo‘lyapti?

O‘quvchilar mashqni daftarlariga ko‘chirib yozadilar. Multimediali ilova asosida mashqni bajarish.

Ekranda 188-mashqdagi rasm beriladi.

Rasmni kuzating. Bolalarga ism qo‘yib, hikoya tuzing.
Berilgan matndan shaxs va narsani nomini bildirgan so‘z-
lami, narsa va bolalar bajarayotgan harakatni bildirgan
so‘zlami aniqlash topshirig‘i beriladi. o‘quvchilar matndagi
so‘zlar qanday so‘roqlarga javob bo‘lishiga ko‘ra jadvalni
toidiradilar.


IV. Mavzuni mustahkamlash.

189-mashqni bajarishda o‘qituvchi “Bumerang metodi”dan foy-
dalanadi. o‘qituvchi sinfdagi o‘quvchilardan biriga shaxs va nar-
saning harakatiga doir savol aytadi va koptokni beradi. o‘quvchi
“Qishda” sarlavhali hikoyadan foydalanib, harakatni bildirgan
so‘zlami topib, koptokni qaytaradi.


N am u n a:

Nima qildi?: yog‘di, sovidi, muzladi.

QISHDA

Nima qildilar?: sevindilar, yugurdilar.

Nima qilyaptP: yasayapti, uchyapti.

Nima qildP, nima qildilar?, nima qilyaptP. so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlami daftarlariga yozadilar.

190-mashq sharti o‘quvchilarga o‘qitiladi.

Loy bo ‘lib suyuladi,

Qolipda quyiladi.

Xumdon-pechda pishadi,

Mashinaga tushadi,

Ourilishga ketadi.

(G‘isht)



She’riy topishmoq ustida savol-javob o‘tkaziladi.

  • Topishmoqni topishda sizga qaysi so‘zlar yordam berdi? (Suyuladi, quyiladi, pishadi, tushadi, ketadi so‘zlari yordam berdi.)

  • Bu so‘zlar nimani bildiradi? (Bu so‘zlar narsaning harakatini bildiradi.)

  • Ular qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? (Nima qiladi? so‘rog‘iga javob boiadi.)

N a m u n a : Nima qiladi?: suyuladi, quyiladi, pishadi, tushadi, ketadi.

O‘qituvchi mashq asosida lug‘at ishi o‘tkazadi.

O‘qituvchi g‘isht, g‘ishtdan qurilgan uyning rasmini ko‘rsatib, g‘isht haqida tushuncha beradi.

G‘isht loydan yasaladi. U uylar qurishda ishlatiladi. G‘isht ikki xil bo‘ladi: xom g‘isht va pishgan g4sht. Xumdon-pechda tayyor- langani pishgan g‘isht deyiladi.

Multimediali ilova asosida mashqni bajarish.

190-mashqdagi topishmoq beriladi. Javob uchun tandir, g'isht, kulol yasagan idish(xum) rasmlari beriladi. o‘quvchi g‘isht rasmini tanlasa to‘g‘ri topgan bo‘ladi. Topishmoqning javobini toping.

Loy bo‘lib suyuladi,

Qolipda quyiladi.

Xumdon-pechda pishadi,

Mashinaga tushadi,

Qurilishga ketadi.

-Topishmoqning javobini topishda sizga qaysi so‘zlar yor­dam berdi?

- Bu so‘zlar nimani bildiradi?

-Ular qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?

Harakatni bildirgan so‘zlami topishmoq matnidan toping. Topshiriqni o‘quvchi bajarganda topishmoq matnidagi shu so‘zlarning rangi o‘zgaradi.

Tarqatmali materiallar bilan ishlash



1

Savolga javob bering. Misollar bilan tushuntiring.

Shaxs-narsa harakatini bildirgan so'zlar qanday so'roqlarga javob bo ‘ladi?

2

o‘qing. Ko'chiring. Harakatni bildirgan so‘zlaming tagiga chizing. Ularga so‘roq bering.

О‘lkamning dalalari

Quchog ‘iga tortadi.

Bag ‘rini kezgan sari

Unga mehrim ortadi.

Barot Isroil

№3

o‘qing. Nima qiladi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so'zlami yozing. Jonsiz, tinglaydi,

Qo ‘Isiz, yozadi,

Tilsiz, so ‘zlaydi.

Quloq tutib so ‘zingga,

Takrorlaydi о ‘zingga.

№4

o‘qing. Bahor tasvirini davom ettiring. Harakatni bildirgan so'zlarni ayting. Ularga so‘roq bering.

Ariq bo'ylaridan yalpiz hidi anqiydi. Devor taglarida qumursqa о‘rmalaydi. Allaqayerda kavakdami, terakzordami qurbaqa qurillaydi.

Said Ahmad

Test multimediali ilova asosida o‘tkaziladi.

  1. Darsni yakunlash va baholash.

O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. 191-mashq.

Harakatni bildirgan so‘zlami nuqtalar o’rniga qo‘yib, gaplami ko'chiring.
Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling