Mavzu: Navro‘z udumlari


Download 62.12 Kb.
Sana12.06.2020
Hajmi62.12 Kb.
#117951
Bog'liq
Dars ishlanma











Sana










Sinf

Mavzu: Navroz udumlari (Yaqin otgan zamon fellari, tuslanishi) 1- soat

Darsning ta’limiy maqsadi:

- “Navro‘z udumlari” mavzusiga oid matn, adabiy badiiy materiallar, so`z birikmalarini tinglab tushunish , to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o`rgatish.

-yangi o‘rgangan so`zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash malakasini,ularni og`zaki va yozma nutqda mustaqil qo`llay olish kabi kommunikativ kompetensiyasining elementlarini shakllantirish;

- egallagan nutqiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish;

- vaqtni ifodalash va raqamlarning yozilishiga oid grammatik bilimlarini shakllantirish;

- savodxonlik ustida ishlash.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni tabiatni asrashga o‘rgatish. Vatanimizning gullab-yashnashi uchun o`z xissalarini qo‘shishlarini tarbiyalash, tabiatni sevishga o`rgatish kabi milliy va umummadaniy kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

-bilim olishga qiziqtirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini orttirish, ijodiy yondashishni shakllantirish;

-o‘tilgan grammatik mavzuni yozma va og‘zaki nutqda qo‘llashga o‘rgatib borish;

-o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, lug‘at boyligini oshirish;

-mustaqil fikrlashga o‘rgatish kabi o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasining elementlarini shakllantirish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi.

Darsning jihozlanishi: kitoblar, rasmlar, tarqatma materiallar.

Dars rejasi:

Tashkiliy qism – 2 daqiqa

Uy vazifasini so`rash –13 daqiqa

Yangi bilim beruvchi- 15 daqiqa

Mustahkamlash- 10 daqiqa

O‘quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish – 5 daqiqa

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsadi va borishi bilan tanishtirish.

Uyga berilgan vazifani tekshirish: Grammatik o‘tilgan mavzularni takrorlash.

1-topshiriq. Guruhlarga bo‘lining va tayanch so‘zlar ishtirokida suratlarni tasvirlab bering.

Tayanch so‘zlar: chavandozlar, bug‘doy, lolazor, bulutlar, qizlar, milliy liboslar.

Yangi bilim beruvchi dars: O‘qituvchi tomonidan yaqin o‘tgan zamon fe’llari tushuntirib beriladi.

-di qo‘shimchаsi bilаn yasаlgаn fе’llаr hаrаkаthоlаtning o‘tgаn zаmоndа аniq bаjаrilgаnini bildirib kеlаdi.

Birlik ko‘plik

I shaxs di(m) di(k)

II shaxs O‘qi di(ng) di(ngiz)

III shaxs di di(-lar)

O`tilgan mavzu yuzasidan mustahkamlash:

Yaqin o‘tgan zamon qo‘shimchalarini qatnashtirib gaplar tuzing.

Mashq va topshiriqlar bajarish:

2-mаshq. Bеrilgаn fе’llаrdаn o‘tgаn zаmоndа аniq bаjаrilgаn hаrаkаt shаklini hоsil qiling vа tuslаng. O‘ylаmоq, tаyyorlаmоq, bаjаrmоq, yozmоq, tushunmоq.

3-mаshq. Маtnlаrni o‘qing. Gаplаrdаgi bo‘lishli fе’llаrni bo‘lishsiz shаkldа, bo‘lishsiz fе’llаrni esа bo‘lishli shаkldа yozing. Аzizа dаrsgа yaхshi tаyyorlаnib kеldi, shuning uchun sаvоllаrgа yaхshi jаvоb bеrdi. O‘qituvchimiz yaхshi bаhо qo‘ydilаr. Dаdаsi undаn hаfа bo‘lmаdi. Оdiljоn kеchqurun kоmpyutеrdа o‘yin o‘ynаdi. Uy vаzifаlаrini tаyyorlаmаdi. O‘qituvchimizning sаvоllаrigа yaхshi jаvоb bеrmаdi vа yaхshi bаhо оlmаdi. Dаdаsi hаm uni mаqtаmаdi.

O`quvchilar bilimini baholash:Darsdagi faolliklariga ko`ra baholash.

Uyga vazifa: Adabiy o‘qish ruknidagi lug‘atlarni yod olish. Berilgan savollarga javob yozing.

1. Navro‘z bayrami bilan bog‘liq qanday xalq o‘yinlarini bilasiz?

2. Qaysi xalq o‘yinlarini sevib o‘ynaysiz?

Grammatik qoidani yod olish.



O`.I.B.D.O`._______________ Imzo: ________________










sana










Sinf

Mavzu: Navroz udumlari (Uzoq o‘tgan zamon fe’llari) 1-soat

Darsning ta’limiy maqsadi:

-“Navro‘z udumlari” mavzusiga oid matn, adabiy badiiy materiallar, so`z birikmalarini tinglab tushunish , to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o`rgatish.

-yangi o‘rgangan so`zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash malakasini,ularni og`zaki va yozma nutqda mustaqil qo`llay olish kabi kommunikativ kompetensiyasining element - larini shakllantirish;

- egallagan nutqiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish;

- vaqtni ifodalash va raqamlarning yozilishiga oid grammatik bilimlarini shakllantirish;

- savodxonlik ustida ishlash.

Darsning tarbiyaviy maqsadi:O‘quvchilarni tabiatni asrashga o‘rgatish. Vatanimizning gullab-yashnashi uchun o`z xissalarini qo‘shishlarini tarbiyalash, tabiatni sevishga o`rgatish kabi milliy va umummadaniy kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

-bilim olishga qiziqtirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini orttirish, ijodiy yondashishni shakllantirish;

-o‘tilgan grammatik mavzuni yozma va og‘zaki nutqda qo‘llashga o‘rgatib borish;

-o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, lug‘at boyligini oshirish;

-mustaqil fikrlashga o‘rgatish kabi o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasining elementlarini shakllantirish.

Darsning turi:Yangi bilim beruvchi.

Darsning jihozlanishi: Darsliklar, daftarlar, rasmlar, tarqatma materiallar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi (guruhlarda o`qitish metodi).

Dars rejasi:

Tashkiliy qism – 2 daqiqa.

Uyga vazifasini so`rash – 15daqiqa.

Yangi mavzu bayoni – 10 daqiqa.

Mashq va topshiriqlar bajarish – 15 daqiqa.

O`quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish – 3 daqiqa.



Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish. Darsga tayyorgarlik ko`zdan kechiriladi. O`quvchilar bilan o`tilganlar yuzasidan savol – javob o`tkaziladi.

Uyga vazifani so‘rash qismida lug‘atlarni, grammatik qoidani so‘rash.

Yangi darsning bayoni uzoq o‘tgan zamon fe’llari haqida ma’lumot beriladi.

Uzoq o‘tgan zamon fe’li harakatning nutq so‘zlanayotgan paytdan ancha oldin bajarilganini bildiradi. Bu zamon shakli asosga -gan qo‘shimchasi yoki uning yonidan edi to‘liqsiz fe’lini keltirish bilan hosil qilinadi.

Birlik Ko‘plik

I shaxs gan edi(m) gan edi(k)

II shaxs ayt gan edi(ng) ayt gan edi(ngiz)

III shaxs gan edi gan edi(-lar)

Mashq va topshiriqlar bajarish:

5-mashq. Fe’llarni uzoq o‘tgan zamon shakllаrida tuslang.

Eslamoq, hurmat qilmoq, suhbаtlаshmоq, gapirmоq.

6-mashq. Berilgan gaplardagi fe’llarni uzoq o‘tgan zamon shakli bilan almashtirib yozing. Namuna: Bu voqea ancha oldin sodir bo‘ldi. — Bu voqea ancha oldin sodir bo‘lgan edi. 1. O‘tgan yili bobomlar 80 yoshga to‘ldilar. 2. Bobomlar bizga o‘z xotiralarini so‘zlab berdilar. 3. Xotira va qadrlash kuni bobomni ko‘rgani do‘stlari kelishdi. 4. O‘shanda bobomdek bo‘laman deb orzu qildim. 7- mashqni bajarish.



Uyga vazifa. Grammatik qoidani o‘rganib kelish.

Navro‘z bayramini siz qanday o‘tkazasiz? so‘zlab bering.


O`.I.B.D.O`.____________________ Imzo:______________











Sana

6 Ye

6 D

6 Yo

Sinf

Mavzu: Navro‘z udumlari (Uzoq o‘tgan zamon fe’llari) 2- soat

Darsning ta’limiy maqsadi:

-“ Navro‘z udumlarimavzusiga oid matn, adabiy badiiy materiallar, so`z birikmalarini tinglab tushunish , to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o`rgatish.

-yangi o‘rgangan so`zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash malakasini,ularni og`zaki va yozma nutqda mustaqil qo`llay olish kabi kommunikativ kompetensiyasining elementlarini shakllantirish;

- egallagan nutqiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish;

- vaqtni ifodalash va raqamlarning yozilishiga oid grammatik bilimlarini shakllantirish;

- savodxonlik ustida ishlash.

Darsning tarbiyaviy maqsadi:O‘quvchilarni tabiatni asrashga o‘rgatish. Vatanimizning gullab-yashnashi uchun o`z xissalarini qo‘shishlarini tarbiyalash, tabiatni sevishga o`rgatish kabi milliy va umummadaniy kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

-bilim olishga qiziqtirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini orttirish, ijodiy yondashishni shakllantirish;

-o‘tilgan grammatik mavzuni yozma va og‘zaki nutqda qo‘llashga o‘rgatib borish;

-o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, lug‘at boyligini oshirish;

-mustaqil fikrlashga o‘rgatish kabi o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasining elementlarini shakllantirish.

Darsning turi: Mustahkamlovchi.

Darsning jihozlanishi: Darsliklar, daftarlar, rasmlar, tarqatma materiallar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi (guruhlarda o`qitish metodi).
Dars rejasi:

Tashkiliy qism – 2 daqiqa.

Uyga vazifasini so`rash – 5 daqiqa.

Mustahkamlovchi – 15 daqiqa.

Mashq va topshiriqlar bajarish – 15 daqiqa.

O`quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish – 3 daqiqa.



Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish. Darsga tayyorgarlik ko`zdan kechiriladi. O`quvchilar bilan o`tilganlar yuzasidan savol – javob o`tkaziladi.

Uyga vazifani so‘rash: Grammatik o‘tilgan ma’lumotlar savol- javob qilinadi.

Mustahkamlovchi dars bayoni: Grammatika bilan yana bir bor o‘quvchilarni tanishtirish va misollar keltirish.

Uzoq o‘tgan zamon fe’li harakatning nutq so‘zlanayotgan paytdan ancha oldin bajarilganini bildiradi. Bu zamon shakli asosga -gan qo‘shimchasi yoki uning yonidan edi to‘liqsiz fe’lini keltirish bilan hosil qilinadi.

Mashq va topshiriqlar bajarish:

“Navro‘z bayrami” matnidan uzoq o‘tgan zamon fe’llarini topish va matnda so‘zlarning o‘qilishiga e’tibor qaratish.



Uyga vazifa. Grammatik qoidalarni takrorlab kelish.Uzoq o‘tgan zamon fe’llariga oid 12 ta gap tuzib kelish.
O`.I.B.D.O`.____________________ Imzo: _________________











sana










Sinf

Mavzu: Navro‘z udumlari (Uzoq o‘tgan zamon fe’llarining bo‘lishsiz shakllari) 3- soat

Darsning ta’limiy maqsadi:

-“ Navro‘z udumlarimavzusiga oid matn, adabiy badiiy materiallar, so`z birikmalarini tinglab tushunish , to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o`rgatish.

-yangi o‘rgangan so`zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash malakasini,ularni og`zaki va yozma nutqda mustaqil qo`llay olish kabi kommunikativ kompetensiyasining elementlarini shakllantirish;

- egallagan nutqiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish;

- vaqtni ifodalash va raqamlarning yozilishiga oid grammatik bilimlarini shakllantirish;

- savodxonlik ustida ishlash.

Darsning tarbiyaviy maqsadi:O‘quvchilarni tabiatni asrashga o‘rgatish. Vatanimizning gullab-yashnashi uchun o`z xissalarini qo‘shishlarini tarbiyalash, tabiatni sevishga o`rgatish kabi milliy va umummadaniy kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

-bilim olishga qiziqtirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini orttirish, ijodiy yondashishni shakllantirish;

-o‘tilgan grammatik mavzuni yozma va og‘zaki nutqda qo‘llashga o‘rgatib borish;

-o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, lug‘at boyligini oshirish;

-mustaqil fikrlashga o‘rgatish kabi o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasining elementlarini shakllantirish.

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.

Darsning jihozlanishi: Darsliklar, daftarlar, rasmlar, tarqatma materiallar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi (guruhlarda o`qitish metodi).
Dars rejasi:

Tashkiliy qism – 2 daqiqa.

Uyga vazifasini so`rash – 5 daqiqa.

Yangi mavzu bayoni – 15 daqiqa.

Mashq va topshiriqlar bajarish – 10 daqiqa.

O`quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish – 3 daqiqa.



Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish. Davomat aniqlanadi. Darsga tayyorgarlik ko`zdan kechiriladi.

Uyga vazifani so‘rash: uzoq o‘tgan zamon fe’llariga oid 12 ta gap tekshiriladi va grammatik qoida savol- javob asosida so‘raladi.

Yangi mavzuning bayoni: Grammatika bilan o‘quvchilarni tanishtirish va misollar_keltirish.

Uzoq o‘tgan zamon fe’lining bo‘lishsiz shakli -ma qo‘shimchasini yoki emаs to‘liqsiz fе’lini qo‘shish orqali hosil qilinadi.

Masalan: Biz bu voqealarni eshitmaganmiz. Biz bu voqealarni eshitmagan edik.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: 8-mаshq. Маtnni o‘qing va matn tarkibidagi uzoq o‘tgan zamon, yaqin o‘tgan zamon fe’llarini aniqlash, matnning mazmunini so‘zlab berish.

Mashq va topshiriqlar bajarish:

9-mashq. Fe’llarni uzoq o‘tgan zamon fe’lining bo‘lishsiz shaklida qo‘llang.

ko‘rmoq, bormoq, gaplashmoq, bo‘lmoq.
10-mаshq. Nuqtаlаr o‘rnigа uzоq o‘tgаn zаmоn fе’llаrining bo‘li shli vа bo‘lishsiz shаkllаridаn mоsini qo‘yib, gаplаrni ko‘chiring. 1. «Меn hеch qаchоn hаyotimdа оtаmgа ...», dеya хоtirlаydi bоbоm. 2. Nаvro‘z bаyrаmi kuni qаriyalаr hоlidаn ... . 3. Оnаm yopgаn ko‘k sоmsаning tа’mini hаli hаm ..., dеydilаr buvim. 4. Biz dоimо kitоbgа ..., uni o‘qishdаn ..., dеydilаr ustоzimiz. 5. Меn bu vоqеаni o‘z ko‘zim bilаn ... .

Foydalanish uchun: bаqirmоq, хаbаr оlmоq, esdаn chiqаrmоq, mеhr qo‘ymоq, chаrchаmоq, ko‘rmоq.



Uyga vazifa: O‘quvchilar mustaqil ravishda o‘zlarining hikoyalarini tuzish va hikoyada o‘tgan zamonning barcha shakllaridan foydalanish.Grammatik qoidani takrorlash.

O`.I.B.D.O`.______________ _________











sana










sinf

Mavzu: Navro‘z udumlari (Uzoq o‘tgan zamon fe’llarining bo‘lishsiz shakllari) 4- soat

Darsning ta’limiy maqsadi:

-“ Navro‘z udumlarimavzusiga oid matn, adabiy badiiy materiallar, so`z birikmalarini tinglab tushunish , to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o`rgatish.

-yangi o‘rgangan so`zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash malakasini,ularni og`zaki va yozma nutqda mustaqil qo`llay olish kabi kommunikativ kompetensiyasining elementlarini shakllantirish;

- egallagan nutqiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish;

- vaqtni ifodalash va raqamlarning yozilishiga oid grammatik bilimlarini shakllantirish;

- savodxonlik ustida ishlash.

Darsning tarbiyaviy maqsadi:O‘quvchilarni tabiatni asrashga o‘rgatish. Vatanimizning gullab-yashnashi uchun o`z xissalarini qo‘shishlarini tarbiyalash, tabiatni sevishga o`rgatish kabi milliy va umummadaniy kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

-bilim olishga qiziqtirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini orttirish, ijodiy yondashishni shakllantirish;

-o‘tilgan grammatik mavzuni yozma va og‘zaki nutqda qo‘llashga o‘rgatib borish;

-o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, lug‘at boyligini oshirish;

-mustaqil fikrlashga o‘rgatish kabi o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasining elementlarini shakllantirish.

Darsning turi: Mustahkamlovchi.

Darsning jihozlanishi: Darsliklar, daftarlar, rasmlar, tarqatma materiallar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi (guruhlarda o`qitish metodi).
Dars rejasi:

Tashkiliy qism – 2 daqiqa.

Uyga vazifasini so`rash – 5 daqiqa.

Mustahkamlovchi – 15 daqiqa.

Mashq va topshiriqlar bajarish – 10 daqiqa.

O`quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish – 3 daqiqa.



Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Darsni tashkil qilish. Davomat aniqlanadi. Darsga tayyorgarlik ko`zdan kechiriladi.

Uyga vazifani so‘rash: Mustaqil tuzib kelingan hikoyalarni tekshirish va o‘tilgan mavzu yuzasidan grammatik qoidani takrorlash.

Mustahkamlovchi: Grammatika qismini o‘quvchilarning o‘zlaridan so‘rash va misollar_keltirish.

Mashq va topshiriqlar bajarish:

Ko‘rgazmali qurollar bilan ishlash orqali mavzuni mustahkamlash va qiziqarli mavzuga oid o‘yinlar o‘ynash. Matluba Qosimova “Uyg‘onish” hikoyasini o‘qish va mazmunini birgalikda tahlil qilish.



Uyga vazifa: Erkin Vohidov “O‘zbegim” qasidasini yod olish.

O‘.I.B.D.O`.______________ _________




















sana



















sinf

NI-9.Test. (1-dars)

Xatolar ustida ishlash.(2-dars).

Darsning ta’limiy maqsad

–O`tilgan mavzular asosida yozma va o`gzaki nutqiy ko`nikmalarni shakllantirish.

–O`z nutqlarida ma’lum gaplarni mustaqil ravishda qo`llashga o`rgatish.

- Fikrini og`zaki va yozma tarzda aniq va tu shunarli bayon qila olish orqali kommunikativ kompetensiyani shakllantirish.



Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarning bilim olishga bo`lgan ishtiyoqini oshirish. O‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. Hayotda o‘z o‘rnini topish uchun harakat qilish kerakligini o ‘quvchilar ongiga singdirish, kirishimlilik,o`zaro munosabatlarda muomala madaniyatiga ega bo`lish orqali ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

-Yozma va og‘zaki nutqda egallagan bilimlarini hayotda qo`llay olishga o`rgatish.

-O‘quvchilarning bilim olishga bo`lgan ishtiyoqini oshirish.

– lug`at boyligini oshirish.



Mustaqil fikrlashga o‘rgatish kabi o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish.

Darsning turi: nazorat darsi

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:Darsni tashkil qilish.O‘quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish. Darsning borishi bilan tanishtirish.O‘quvchilarni darsning mavzusi va maqsadi bilan tanishtirish.

O‘quvchilar o‘tilgan Grammatik mavzulardan tuzilgan 20 ta savolga mo‘ljallangan test topshiriqlarini bajaradilar va o‘zlarining bilimlarini tekshirib ko‘radilar.

Test topshiriqlari uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. So‘ng o‘zlariga baho berganidan so‘ng yig‘ib olinadi. O‘z – o‘zini baholash uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.

Qolgan 20 daqiqada uy vazifasi tekshiriladi va baholanadi(2 min.).


Uyga vazifa: O‘tilgan grammatik mavzularni takrorlab kelish


O‘.I.B.D.O`.


Download 62.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling