Mavzu: Neft gaz sanoatida investitsiya faoliyati
Download 185 Kb.
|
Diyorbek Neft Gaz sanoatida investitsiya faoliyati
Mavzu: Neft gaz sanoatida investitsiya faoliyati Reja: Kirish Asosiy qism 1. Neft gaz sanoatida investitsiya faoliyatining mohiyati va axamiyati 2. Uzbekneftegaz va neft gaz sanoatida jahon tajribasi asosida investorlarni jalb qilish 3. Neft gaz sanoatida olib borilayotgan islohotlarni takomillashtirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar: Kirish
(Prezident Shavkat Mirziyoyev) Har bir kelgan mehmonlarimizga (investorlarga qarata) ishlaringizning kelajagini ta’minlash uchun sharoit yaratishga men ham, hukumat ham kafolat bermoqchiman. Sizlar bilan muloqot qilib, ko‘p narsani o‘zgartirib, qonunlarni mustahkamlab, korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashib, birgalikda manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz. Sizlarning mamlakatimizdagi muvaffaqiyatingizni ta’minlash O‘zbekiston prezidenti va Hukumati tomonidan kafolatlanadi. Biz professional ta’lim tizimini ilhor xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, shuningdek, zamon talablaridan kelib chiqib, iqtisodiyotimiz ehtiyoji uchun IT va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladik. Maqsadimiz iqtisodiyotimizning drayver tarmoqlarini yetuk va malakali mutaxassislar bilan to‘liq ta’minlash. Alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston bugungi kunda iqtisodiy resurslar bilan birga katta insoniy salohiyatga, shu bilan birga zamonaviy bilim va chet tillarini puxta o‘zlashtirgan yangi avlod kadrlariga ega. Bu yangi avlod kadrlar bizning eng katta boyligimiz hisoblanadi Investitsiya bilan shug‘ullanuvchi kadrlar yetishmaydi. Investorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mavjud infratuzilmani rivojlantirish zarur. Shu bois bu soha bo‘yicha hali yana ko‘p ishlashimiz, izlanishimiz kerak. Tashqaridan investitsiya kirmasa, mamlakat rivojlanmaydi. Biz, birinchi navbatda, ilgari investorlarning O‘zbekiston bozoriga kirishi va erkin faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilgan barcha omillarni bartaraf etib, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yarata boshladik (O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev) Respublikada neft-gaz sanoatida 5 milliard dollar bolgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish orni yaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi. Bu orqali 25 mingga yaqin aholi bandligi ta'minlanadi. Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz, Kitob va Yakkabog tumanlarida 15 ming gektar uzumzorlar, Kitob, Shahrisabz va Yakkabog tumanlarida 3 ming gektar intensiv bog, Kitobda 2 ming gektar yangi anorzor, Qamashi, Chiroqchi, Yakkabog, Dehqonobod tumanlarida 4 ming gektar pista plantatsiyalari barpo etiladi. Bularning hisobiga 30 mingta yangi ish orni yaratiladi. Koson va Qamashi tumanlarida 10 ming gektar lalmi maydonda poliz yetishtirish hisobiga 12 mingdan ortiq aholi bandligi ta'minlanadi. Mirishkor, Qamashi, Kasbi, Koson, Qarshi va Muborakda 2 ming gektarda zamonaviy issiqxonalar ishga tushirilib, 25 mingdan ortiq ish orinlari yaratiladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali investitsiya va eksport salohiyatini yangi bosqichga olib chiqiladi. Kelgusi besh yilda sanoat tarmoqlarida qariyb 10 milliard dollar bolgan 2 mingdan ziyod katta-kichik loyihalar amalga oshiriladi va 150 mingta yangi ish orinlari yaratiladi. Mamlakatimizda neft-gaz va energetika sohasining asosiy tayanchi bolib, kelgusi yillarda ularni rivojlanish iqtisodiy dasturimizda muhim orin egallaydi. Bu borada neft-gaz sanoatida 5 milliard dollar bolgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda 7 mingga yaqin ish orni yaratiladi. Energetika sohasida kelgusi besh yilda umumiy qiymati 1,3 milliard dollarlik jami quvvati 1 ming 250 Mega-Vatt bolgan loyihalar amalga oshiriladi. Umuman, Energetika vazirligi huzurida yirik tarmoq loyihalari uchun infratuzilma barpo etish maqsadida maxsus jamgarma tashkil etilib, unga 200 million dollar mablag ajratiladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. 2021 yilda neft-gaz sohasi modernizatsiyasi va rivojlanishiga yonaltiriladigan investitsiyalar hajmi 2019 yilga nisbatan 8 foizga oshib, 2.798 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu davlat rahbarining yangi qarorida aks etdi. Kapital kiritmalari strukturasida chet el investitsiyalari va kreditlari 2.104 mlrd dollarni, Ozbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi mablaglari 216.3 mln dollarni, Ozbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgarmasi kreditlari 303.5 mln dollarni, mahalliy banklar kreditlari 172.4 mln dollarni tashkil qiladi. Xususan, Rossiyaning Lukoyl kompaniyasi joriy yilda Ozbekistondagi umumiy qiymati 8 mlrd dollar bolgan ikki loyihaga 879 mln dollar yonaltiradi. Xitoyning CNPC konserni Markaziy Osiyo-Xitoy gaz quvurining Ozbekiston uchastkasi tortinchi liniyasini qurishga 800 mln dollar ajratadi. Ozbekneftgaz Qashqadaryodagi ikki konni jihozlash ishini yakuniga yetkazishga 294 mln dollar yonaltiradi, shuningdek, Muborak gazni qayta ishlash zavodi modernizatsiyasiga 437.4 mln dollar ajratadi. Download 185 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling