Mavzu: Neft, neft mahsulotlari fizik xususiyatlari. Reja
Download 58.44 Kb.
|
2- маруза
2-MA’RUZAMavzu: Neft, neft mahsulotlari fizik xususiyatlari. Reja: Neft va neft mahsulotlarining asosiy xossalari. Neft mahsulotining issiqlikdan kengayishi. Neft mahsulotlarining yong‘indan xavfliligi bo‘yicha klassifikatsiyasi. Neft, gaz va neft mahsulotlarining asosiy fizik-texnik xossalariga: zichlik, qovushqoqlik, o‘z-o‘zidan alanga olish harorati, elektrlanish, mahsulotlarning zararli xususiyatlari, kritik harorat va kritik bosim, to‘yingan bug‘ bosimi, portlash, yong‘indan xavflilik va boshqalar kiradi. Bu xossalarni bilish neft-gaz va neft mahsulotlarini tashish va saqlashdagi texnologik jarayonlarni to‘g‘ri tashkil qilishni taqozo etadi. Quyida ularning mazmuni bilan tanishib chiqamiz: Neft qo‘ng‘ir rangli yonuvchan suyuqlik bo‘lib, uning tarkibi S5:S36 gacha bo‘lgan turli sinf uglevodorod birikmalari hamda kislorod, azot, oltingugurt birikmalari aralashmasidan tashkil topgan. Neftning kimyoviy tarkibi qazib olinayotgan konlarga bog‘liq bo‘lib, tarkibidagi moddalarning o‘rtacha qiymatlari quyidagicha (foizda): uglerod 84–85; vodorod 12–14; kislorod 0,1–1,3; azot 0,02–1,7; oltingugurt 0,01–5,5. Neft, gaz va neft mahsulotlarining asosiy fizik-texnik xossalari: zichlik; qovushqoqlik; portlovchanlik; o‘z-o‘zidan alanga olish harorati; elektrlanish; bug‘lanuvchanlik; Neftning eng muhim xossalaridan biri uning zichligi hisoblanadi. Zichlik - hajm birligidagi modda (neft, neft mahsuloti, gaz)ning massasi tushuniladi. Neftning zichligi uning tarkibiga kiruvchi komponentlar: smola, asfalten va unda erigan gazlar miqdoriga bog‘liq bo‘lgan holda 0,75 kg/m3 dan 0,99 kg/m3 gacha o‘zgaradi. Neft zichligi uni qizdirish yoki tarkibida gazning erishi natijasida kamayadi. Qatlam neftning zichligi yuzaga chiqqan neft zichligidan kichik bo‘ladi. Neftning zichligini aniqlashda quyidagilardan foydalaniladi: areometr densimetr piknometr vestfal tarozisi Zichlikni aniqlash formulasi: bunda: m - massa, kg; V – hajm, Ziсhlik temperaturaga bog`liq bo`lib, odatda, temperatura ortishi bilan kamayadi. Bu o`zgarish neft mahsulotlari uchun quyidagi munosabat orqali ifodalanadi: t – temperatura, (birligi ), - hajmiy kengayish temperatura koeffitsienti; - suyuqlikning 20°C dagi ziсhligi, (birligi ). Suvning ziсhligi bu qonundan mustasno bo`lib, uning ziсhligi eng katta qiymatga 4°C (aniqrog‘i 3,98°C) da ega bo`ladi. Uning issiqligi bundan oshsa ham, kamaysa ham ziсhligi kamayib boradi. Mahsulotlarni tashish va saqlash jarayonida neft va neft mahsulotlarining zichligi quyidagi birliklarda aniqlanadi: Download 58.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling